26-chizma. Yotiq kesmada yalpi talab va yalpi taklif muvozanatining o‘zgarishi
Yalpi talab egri chizig’i yalpi taklif egri chizig’ini yotiq kesmada kesib o‘tsa, narx darajasi milliy ishlab chiqarish muvozanatli real hajmining shakllanishiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Bunda yalpi talab miqdorining o‘sishi milliy ishlab chiqarish real hajmining oshishiga, uning kamayishi esa iqtisodiyotdagi umumiy narx darajasining o‘zgarishisiz bu hajmning kamayishiga olib keladi (26-chizma).
Тik kesmada ishchi kuchi va ishlab chiqarish quvvatlari to‘liq foydalaniladi, shu sababli yalpi talabning kengayishi faqat narx darajasiga ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni uni oshirib, milliy ishlab chiqarishning real hajmi o‘zgarishsiz qoladi (27-chizma).
P
AS
P2
P1 AD2
AD1
0 Qs Q
Do'stlaringiz bilan baham: |