Iqtisod-moliya


Atrof-muhitning inson salomatligiga ta’siri



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/117
Sana16.06.2021
Hajmi0,94 Mb.
#66876
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   117
Bog'liq
valeologiya

Atrof-muhitning inson salomatligiga ta’siri
Inson hayoti tabiat bilan uyg‘unlikda kechadi degan qa rash 
yetakchi sanaladi, binobarin ro‘y beradigan tabiiy ofatlar in-
sonlar tomonidan sodir etilgan salbiy xatti-harakatlar uchun ta-
biiy kuchlar yuborgan jazo sifatida talqin etilgan. Ana shunday 
halokatlaming oldini olishda eng maqbul yo‘l - tabiatga ziyon 
yetkazmaslik, uni asrab-avaylash va boyitishdan iborat, deb ba-
holangan. Mazkur g‘oya mohiyatida sog‘lom turmush tarzining 
asosiy kategoriyalaridan biri o‘z ifodasini topadi. Darhaqiqat, 


38
tabiat, shuningdek, atrof-muhit musaffoligiga erislush kishilar 
o‘rtasida keng yoyiladigan va inson salomatligiga jiddiy xavf 
soladigan kasalliklarning kelib chiqishini oldini oladi. Turli 
yuqumli kasalliklarning kelib chiqishida muhim manba bo‘-
luvchi omillar sifatida issiq va sovuq havo, ochlik, ruhiy iztirob, 
buzilgan taomni iste’mol qilish, tozalik va atrof-muhit ozoda-
ligiga amal qilmaslik, turli zararli hasharotlar (pashsha, chivin, 
kana, sichqon, kalamush va boshqa)larning ko‘payishi va havo 
(atmosfera)ning ifloslanishi kabilar misol bo‘ladi.
Atrof-muhit ozodaligini ta’minlash kishilar salomathgini 
ta’minlovchi muhim omildir. Darhaqiqat, atrof-muhitning 
ifloslanishi turli mikroblarning ko‘payishi hamda ularning 
yashovchamigmi ta’minlovchi muhitni yuzaga keltiradi. Shu 
bois ushbu tavsiyalar orqali o‘quvchi uy-joylarni toza tutish, 
shaxsiy gigiyenaga amal qilish, aholi yashaydigan joyni unga 
ozor yetkazuvchi narsalardan tozalash, shuningdek, kishilarga 
soya beruvchi daraxtlarni kesmaslik, aksincha, daraxtlar ekish 
kabi xayrli ishlarni qilishga undovchi da’vatlarga amal qilishga 
o‘rgana boradi.
Sog‘lom turmush targ‘iboti hamda sog‘lom turmush tarzi 
to‘g‘risida olingan bilimlar, hayot davomida keng qo‘llab, 
oilada, mahallada “Sog‘lom avlod”. “Sihat-salomatlik” davlat 
dasturlarini amalga oshirishga yordam berishlari lozim va 
atrof-muhitga salbiy ta’sir qiluvchi omillarga qarshi kurashish, 
shu bilan birga, atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida 
quyidagilarni e’tiborga oiish zamr:
- yoshlarga ekologik bilimlar berish, kerakli ko‘nikma va 
malakalarni hosil qilish va ekologik madaniyatni shakllantirish;
- odam sog‘lig‘iga ta’sir etadigan omillar, ularning sog‘lig‘i-
ni o‘rganishda ekologiya bilan tibbiyotning o‘zaro bog‘liq li-
gi, odamning o‘z sog‘lig‘i uchun va atrof-muhitni muhofaza 
qilishga javobgarligi, sog‘liqning atrof-muhitga bog‘liqligi 
haqidagi bilimlar;


39
- tabiiy omillarning sog‘liqqa ta’siri, ekologik omillar va 
kasalliklarning tarqalishi;
- odamning xo‘jalik faohyatiga bog‘liq holda tabiiy 
muhitning o‘zgarishi: atrof-muhitning qisliloq xo‘jaligi va 
sanoat chiqindilari bilan ifloslanishi, transport atrof-muhitni 
ifloslantiravchi omil ekanligi;
-  tabiatni muhofaza qiluvchi jamoat tashkilotlari, ularning 
vazifaslari;
- tabiat va odob-axloq, tabiiy resurslardan cheksiz 
foydalanishning oldini olish;
-  ob-havo, iqlim va ularning gigiyenik ahamiyati, yashil 
o‘simliklaming gigiyenik ahamiyati;
- atrof-muhiining inson salomatligiga ta’siri.
Ekologiya va salomatlik mavzusida turli xil tadbirlar 
o‘tkazish, yuqorida keltirilgan vazifalarai amalga oshirish atrof-
muhitga salbiy ta’sir qiluvchi omillarga qarshi kurashish, kelajak 
avlodni sog‘lom, barkamol o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish