Yoshlar ijod saroyi-
Yovvoyi anor- O`zbeekistonda tabiiy holda juda kam saqlanib qolgan, bo`yi 2 m ga yetadigan buta. barglari cho`ziq, uzunligi 6-8 sm, eni 7-15 mm, charmsimon bo`lib, qisqa xhoxlarda to`p-to`p, uzun shoxlarda esa qarama-qarshi joylashgan.guli qisqargan novdalarda joylashgan. Mevasi yumaloq va yirik bo`ladi. May-avgustda gullab, sentabr-oktabr oylarida mevasi pishadi. Yovvoyi anor O`zbekistonda Hisor tog`ining janubi-g`arbiy qismida, To`polon, Sangzor daryolari havzalarida va Tojikiston, Turkmaniston, Kavkazorti, turkiya, Shimoliy Eron, Afg`onistonda uchraydi. Yovvoyi anor namga talabchan bo`lib, calqin van am joylarda o`sadi. Urug`idan va ildizbachkisidan ko`payadi. Anorzorlarning buzib yuborilishi va mevalarining pala-partish yig`ib olinishi natijasida kamayib bormoqda. O`zbekiston Respublikasining “Qizil kitob” iga kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |