Sihatgoh-
Silliq dalachoy-
Silos-
Silovsin-(Lynx lynx) — mushuksimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon. Tanasining uzunligi 82—109 sm, dumi 20—40 sm, vazni 8—19 (baʼzan 32) kg ga teng . Quloqlarida bir tutam uzun tuklardan iborat shokilasi bor. Moʻynasi qalin va yumshoq, malla yoki qizgʻishsariq, baʼzan xoldor bo`ladi. Silovsin Yevrosiyo, Amerika oʻrmonlarida, baʼzan oʻrmon choʻllarida tarqalgan. Oʻzbekiston janubidagi togʻlarning oʻrta va yuqori qismida uchraydi. Asosan, tunda faol hayot kechiradi. Silovsin may — iyunda bolalaydi. Bolalar 2—3 yilda to`liq voyaga yetadi. U Quyon, sichqon kabi kemiruvchilar, qushlar, tuyoqlilar bilan oziqlanadi. Hozirda silovsinning soni uzluksiz kamayib borayapti. "Yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlarining xalqarosavdosi toʻgʻrisida"gi Konvensiya (SGGE5)ning 1ilovasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |