Sabzavot- o`tsimon o`simlik bo`lib, uning biror sersuv qismi, masalan, sabzi, turp, sholg`onning ildizmevasi; karam va salat barglari: gulkaramning g`unchasi; pomidor, bodring, baqlajonning mevasi yangiligida yoki qayta ishlangan holda iste`mol qilinadi. Odamlar sabzavotni ovqatga juda qadimdan ishlatib keladilar. Sabzavot odam sog`lig`I uchun juda foydali. Bundan tashqari sabzavotlar kasalliklarga ham davo.
Sabzi- sabzavot ekini. Sabzi ildizmeva hosil qiladi. Sabzi 1-yili barg chiqarib, ildizmeva beradi, 2-yili gulpoya chiqarib urug` beradi. Sabzi namsevar (ayniqsa, unish, gullash va ildiz-meva tugish davrida), yorug`sevar, sovuqqa chidamli o`simlik. 80—110 kun yetilib, ildizmeva hosil qiladi. Ildizmevasi juda sersuv, naviga qarab dumaloqroq, silindrsimon, rangi sariq, oq va ba`zan qizg`ish, och qizil, uzunligi 8—17 sm, vazni 30—200 gr va undan ortiq. O`suv davrida o`toq qilinadi, yaganalanadi, qator orasi yumshatiladi, oziklantiriladi, 7—12 marta sug`oriladi. Sabzi yalpi kavlab olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |