O`yingoh-
O`zbekiston chinniguli-(Dianthus uzbekistanicus) Pomir-Oloyning janubi-g`arbiy qismida o`suvchi noyob o`simlik. Bo`yining uzunligi 40 sm gacha yetadigan ko`p yillik o`t. poyalari ko`p, oddiy, ba`zan yuqori qismidan shoxlangan, tuksiz, pastki qismi g`adir-budir, uzunigi esa 20-35 sm. Gulari yakka-yakka, asosi qalin tukli, pushti rangli. Mevasi ko`sakcha, ichida esa urug`I ko`p bo`ladi. May oyida gullab, iyunda mevasi yetiladi. O`zbekiston chinniguli Zarafshon tizmasi(Taxtaqoracha davoni, Qizilolma va Tarag`ay qishloqlari atroflari)da Hisor tizmasi(Bog`cha qishloq atrofi)da tarqalagan (Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari). Bu o`simlik asosan, tog`-shag`alli joylarda, tosh va ohaktosh siniqlari orasida o`sadi. Urug`idan ko`payadi. Chiroyli gullaganligidan guldastalar uchun uzib olinishi va chorva mollari ko`p iste`mol qilganligi tufayli soni qisqarib ketgan. O`zbekiston Respublikasining “Qizil kitob” iga kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |