Ko`rgazma-
Ko`rsichqon-(Ellobius) - kemiruvchilar turkumiga mansub hayvon. Tanasi g`o`lasimon, uzunligi 13 sm gacha, dumi 0,5—2,2 sm ga yetadi. Ko`rsichqon Yevrosiyoning cho`l va dashtlarida tarqalgan, tog`larda 4000 m gacha balandlikda uchraydi. Tuzilishi yer ostida yashashga moslashgan. Juni yumshoq va silliq. Boshi katta, quloq suprasi yo`q, ko`zi juda kichkiva va jun bilan qoplangan. Kurak tishlari og`zidan chiqib turadi (yer kazishga moslashgan). Panjalari qisqa va baquvvat. Uning uyasi uzun, murakkab va chuqur, asosiy yo`li 100 m cha, undan har tomonga uzunligi 20-50 m li qo`shimcha yo`llar ketadi. Cho`l ko`rsichqonining yozda faoliyati ancha pasayib, yerni kovlashdan to`xtaydi. Ko`rsichqon o`simliklarning yer osti qismi bilan oziqlanadi. Qishga oziq g`amlaydi. Yiliga ikki marta 3-5 tadan bolalaydi. Bitta uyada 10-15 tasi birga yashaydi. O`simlik ildizini qirqib, qishloq xo`jaligiga ziyon keltiradi. O`zbekistonda oddiy ko`rsichqon (Ellobius talpinus) tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |