Innovation in the modern education system


FОYDАLАNILGАN АDАBIYОTLАR



Download 22,62 Mb.
bet317/350
Sana03.07.2022
Hajmi22,62 Mb.
#734473
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   350
Bog'liq
American Part 18

FОYDАLАNILGАN АDАBIYОTLАR:

1. Аbdullаyеvа Q. vа bоshqаlаr “О`qish ktоbim” 2- sinf,T. 2016 yil


2. Аzizxо`jаyеvа N.N. Pеdаgоgik tеxnоlоgiyаlаr vа pеdаgоgik mаhоrаt. Tоshkеnt. 2016.
3. Аbdullаyеvа Q., vа bоshqаlаr “Оnа tili” T., “О`qituvchi ”2014 yil.
4. Bо`ri Ziyаmuhаmmеdоv, Mаmаrаjаb Tоjiyеv. Pеdаgоgik tеxnоlоyа- zаmоnаviy о`zbеk milliy mоdеli. Tоshkеnt. 2019.
5. «Kitоbim-оftоbim» Tоshkеnt. «О`qituvchi» nаshriyоti, 2018 yil.
VATANGA BAXSHIDA UMR…


https://doi.org/10.5281/zenodo.6582627


Mirzaahmedov Miraziz
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat
o‘zbek tili va adabiyoti universiteti magistranti


Annotatsiya: Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotining yorqin vakili Ozod Sharafiddinovning faoliyati haqida fikr va mulohazalar berilgan.
Kalit so‘zlar: Vatan, adabiyot, tanqidchi, tarjimon, tanqidchilik

Vatan bizning hayotimizdagi eng katta qadriyat. Har bir farzand ulg‘aygan makonini rivoji va ravnaqi uchun kichik bo‘lsada hissa qo‘shishi, yorqin kelajagi uchun mas’uliyat hissini tuymog‘i lozim. Zero, Ona bittadir Vatan yagona. Ozod Sharafiddinov jannatmakon yurtimizning haqiqiy xalqsevar, vatanparvar farzandidir. Umri davomida “O‘lsam ayrilmasman quchoqlaringdan” degan ibora hamrohi bo‘lgan . Vatanga bo‘lgan muhabbatini uzoq yillik samarali mehnatlarida ko‘rishimiz mumkin. Mustaqillik yillarida Ozod Sharafiddinov ham adabiy tanqidchi, ham tarjimon, ham jamoat arbobi sifatida ulkan ishlarni amalga oshirdi. Vatan tuyg‘usining sehrli qudrati bilan o‘z xalqining e’tibori va e’zozini qozondi. “Kimligimdan, yosh-u qariligimdan, kasb-u korimdan qat’i nazar. Bilamanki, mensiz Vatanimning nimasidir kemtik, noto‘kis bo‘lib qoladi. Ayni chog‘da shuni ham bilamanki, Vatanim menga ko‘proq kerak. Vatan mensiz yashashi mumkin, lekin men Vatansiz yashay olmayman!” , —degan edi O.Sharafiddinov.


Taniqli adabiyotshunos, munaqqid professor Ozod Sharafiddinov adabiy bahs hamda munozaralarda o‘z fikri, o‘z talqini va tanqidiy qarashlari bor takrorlanmas shaxs. Biz ulardan Ona Vatanga sadoqat, adabiyotga cheksiz muhabbat, kasbga nisbatan fidoiylikni o‘rganishimiz kerak. Ustoz umri davomida Vatanga bo‘lgan muhabbat pokiza, oliyjanob, beminnat bo‘lmog‘i, har qanday maqtanchoqlikdan, sun’iylikdan xoli bo‘lmog‘i kerakligini ta’kidladilar. O.Sharafiddinov shunday deb aytgan edi:“ O‘zbekning dovrug‘ini eshitmagan, “O‘zbekiston” degan jannatmonand yurtning ta’rifidan xabar topmagan bir jon qolmasin. Faqat “O‘zbekman” deb gerdayganimizda, shu go‘zal yurtning ravnaqiga qo‘shgan jinday hissamiz uchun qaddimizni tik tutib gerdayib qo‘yaylik” . Yuqoridagi misralarga amal qilishimiz kerak.
Ozod Sharafiddinov biz yosh avlodga tengsiz adabiy meros qoldirgan. Turli to‘plamlardagi maqolalar, kirish so‘zlar va so‘ngso‘zlar , suhbatlar, alohida chop etilgan asarlar, tarjima asarlari ustozni nihoyatda barakali, sermahsul ijod qilganidan dalolat beradi. O.Sharafiddinov kitobxonlarni asar o‘qishga, badiiy adabiyotdan bahramand bo‘lishga da’vat qilgan. Ijodkor badiiy adabiyot orqali o‘tmish bilan birga bugungi kunimizni yaxshiroq anglab olishimizga ishongan. “Adabiyot insonga olam haqida bilim berish bilan birga, ayni choqda, uning ruhiy olamini boyitishga, uning qalbida umumbashariy ma’naviy e’tiqodlarning barg yozishiga ko‘maklashadi.” —degan edi olim.
Tanqidchilikda ellik yildan ortiq vaqt mobaynida qalam tebratgan ustoz “Tanqidchining kuchi, tanqidchining qadri uning adabiy jarayonga ta’siri bilan belgilanadi”, - deb yozgan fikrlariga amal qilganlar. Ozod Sharafiddinov ijodining cho‘qqisi “Ijodni anglash baxti” kitobidir. Unda o‘zbek adabiyotining jahon adabiy jarayonida tutgan o‘rnini va ilmiy-ma’naviy jihatlariga e’tibor qaratilgan. Ana shu kitobda Ozod Sharafiddinov adabiyot, adabiy tanqid maydoniga o‘tgan asr 50-yillarining o‘rtalarida kirib kelgani haqida aytiladi. Kirish so‘zini yozgan Umarali Normatov shunday deb aytgan edi: “O‘sha kezlar adabiy hayotda, tanqidchilik rivojida yangi bir to‘lqin boshlandi. Ozod aka ana shu to‘lqinning oldingi safida bordi, so‘z san’atidagi sog‘lom kuchlar, umidbaxsh tamoyillarning, navqiron iste’dodlarning ixtirochisi va himoyachisi sifatida tanildi. Uning “Lirika haqida mulohazalar”, “Zamon-qalb-poeziya”, “Nihollar” maqolalari she’riyatni, umuman, adabiy jarayonni yangicha anglash, idrok va talqin etishning yorqin namunalari edi. Munaqqid adabiyotimiz osmonida mitti yulduzlar – Erkin Vohidov, Abdulla Oripovlar paydo bo‘lganida –bu istiqboli porloq chin iste’dodlarni tanqidchilikda ilk bor kashf etdi, ularni yangi ijodiy parvozlarga ruhlantirdi. ” Ko‘rinib turibdiki ustoz hali el nazariga tushmagan yosh iqtidorlarga adabiyot olamida mustahkam o‘rin egallashlari uchun beminnat yordam qo‘lini uzatganlar hamda ularni kashf qilganlar. Shu o‘rinda Ozod Sharafiddinovning “Iste’dod –xalq mulki” degan iborasi mag‘rur jaranglaydi. Olim serqirra ijodkor, odil inson, xalq farzandlarini adabiyotni tushunishga o‘rgatgan buyuk ustozdir. Ozod Sharafiddinovaning faoliyatini o‘rganish bizga munaqqidning o‘ziga xos maktabi bilan yaqindan tanishish, targ‘ib qilish imkonini beradi. Vatanga muhabbat har birimizga berilgan ulug‘ ne’mat ekanligini bot-bot takrorlagan ustozimiz o‘zining haqqoniy so‘zi, iroda va matonati bilan yurtdoshlarimizga, avvalambor biz yoshlarga ibratdir.



Download 22,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish