Ingeneriyasi


BIOLOGIK FAOL MODDALAR SINTEZ



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/154
Sana31.12.2021
Hajmi1,78 Mb.
#198853
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   154
Bog'liq
fermentlar-inzhenerijasi

 
BIOLOGIK FAOL MODDALAR SINTEZ 
QILUVCHI MIKROORGANIZMLARNI AJRATISH USULLARI 
 
Mikroblar dunyosi keng va xilma-xildir. Ularga prokariotlar – bakteriyalar, 
aktinomitsetlar  (shu‟lali  zamburug„lar),  rikketsiylar  va  qisman  eukariotlar  – 
achitqi  zamburug„lari,  ipsimon  zamburug„lar,  eng  sodda  jonivorlar  va  suv 
o„tlari kiradi. Ularni umumlashtirib turgan xususiyatlari – kichikligi bo„lib, ular 
faqat mikroskop ostida yaqqol ko„rinadilar. 
Hozirgacha 
mikroorganizmlarning 
100 
mingdan 
ko„proq  turlari 
aniqlangan. Aniqlanmaganlari ham shundan ko„proq bo„lsa ajab emas. Shuncha 
ko„p  mikroorganizmlardan  keraklisini  qanday  tanlab  olish  mumkin,  qanday 
qilib vitaminlar, oqsil moddalari, antibiotiklar, dekstrin, qo„yingki, bizga kerakli 
bo„lgan  moddalarni  ishlab  chiqarish  imkoniyatiga  ega  bo„lganlarini  tanlab 
olishimiz mumkin? 
Bu savollarga javob olish uchun eng avvalo mikroorganizmlarni ajratishni 
to„g„ri  yo„lga  qo„yish  zarur.  O„ziga  xos  joylardan,  ya‟ni  yog„  parchalovchi 
ferment  sintez  qiladigan  mikroorganizmlarni  –  yog„  zavod  tuproqlaridan; 
uglevodorod  oksidlovchilarni  –  benzin  quyish  shaxobchalari  tuproqlaridan, 
vinochilikda  qo„l  keladigan  achitqilarni  –  tok  o„simligidan,  kislorodsiz 
sharoitda  sellyuloza  parchalovchi  va  metan  hosil  qiluvchilarni  –  yirik  shoxli 
hayvonlarni    og„iz  bo„shlig„idan  va  h.k.  qidirmoq  va  ajratmoq  darkor.Ajratib 
olingan  tajriba  nusxalari  maxsus  tarkibga  ega  bo„lgan  suyuq  ozuqa  muhitiga 
o„tkaziladi.  Bu  ozuqa  muhiti-  elektiv  ozuqa  muhiti  deb  ataladi.  Bu  muhit 
tarkibi  va sharoitini tanlab, o„zgartirish natijasida maxsus biotexnologik sharoit 
uchun  zarur  bo„lgan  mikroorganizmlar  ajratib  olinadi.  Tanlov  omillariga  eng 


 
23 
avvalo,  energiya  manbai,  uglerod,  azot  manbalari,  rN,  harorat,  bosim  va 
boshqalar  kiradi.  Masalan,  amilaza  fermenti  ishlab  chiqarish  muammosini 
echish uchun yagona uglerod manbai qilib kraxmal; proteaza fermenti uchun – 
oqsil  moddalar;  sellyulaza  fermenti  uchun  sellyuloza  saqlovchi  moddalardan 
foydalaniladi. Shu tarzda mikroorganizm to„plamlari olinadi. 
Keyingi  bosqich  –  toza  kulturani  (shtamm  yoki  mikroorganizm  deb  atash 
mumkin)  ajratish.  Buning  uchun  quyuq  ozuqa  muhiti  ishlatilib,  uni  yuzasiga, 
oldingi  bosqichdan  olingan  mikroorganizmlar  to„plami  ekiladi.  Petri 
likobchasiga  ekilgan  mikroorganizmlar  alohida-alohida  to„plamlar  hosil  qilib 
o„sib  chiqadilar.  Alohida  unib  chiqqan  to„plamlar,  qayta  ekish  natijasida  toza 
produtsent  (ma‟lum  fiziologik  faol  modda  (FFM)  sintez  qiluvchi  mikroblar) 
kulturasi  ajratib  olinadi.  Ko„pchilik  hollarda  bu  kultura  bir  turga  mansub 
mikroorganizmlardan iborat bo„ladi. 
Mikroorganizmlar  tanlashning  ikkinchi  yo„li  –  mikroorganizmlar 
to„plamida  (kolleksiyasi)  mavjud  kulturalar  orasidan  tanlab  olish.  Bu  holda 
mikroorganizmlarni  fiziologiyasi  va  biokimyosini  o„rganish  asosida  amalga 
oshiriladi. 
Masalan,  antibiotiklar  hosil  qiluvchilarni  aktinomitsetlar  orasidan; 
gidrolitik  fermentlar  sintez  qiluvchilarni  gramm  musbat  bakteriyalar  orasidan; 
etanol  hosil  qiluvchilarni  esa  achitqi  zamburug„lar  orasidan  axtarmoq  lozim 
bo„ladi va h.k. 
Ajratib  olingan  mikroorganizmlarni  maqsadli  moddalar  (fermentlar, 
antibiotiklar,  vitaminlar  va  h.k.)  sintez  qilish  xususiyatlari  asosiy  ko„rsatkich 
bo„lib  xizmat  qilsada,  zamonaviy  biotexnologiya  produtsentlarga  bir  qator 
qo„shimcha talablar qo„yadi. Eng avvalo, bu talablar quyidagilardan iborat: 
  o„sish tezligining yuqoriligi;  
  arzon ozuqa muhitida o„sish qobiliyati;  
  boshqa mikroorganizmlar bilan zararlanishdan saqlanish xususiyati; 


 
24 
  fagga chidamliligi va h.k. 
Darhaqiqat,  bu  ko„rsatkichlar  maqsadli  moddalarni  tannarxining  pastroq 
bo„lishi uchun xizmat qiladi. 
Bir  hujayralilar,  ko„p  hujayralik  hayvonlarga  nisbatan  sintez  qilish 
jarayonining  balandligi  bilan  farq  qiladi.  Masalan,  yuqorida  ta‟kidlanganidek, 
og„irligi  500  kg  keladigan  buqa  bir  sutkada  atigi  0,5  kg  oqsil  sintez  qiladi. 
Shuncha  miqdordagi  oqsilni  bir  sutkada  5  g  achitqi  zamburug„i  sintez  qilishi 
mumkin. 
Bunday tezlikda ko„payish imkoniyati barcha mikroorganizmlarga ham xos 
emas.  Masalan,  oligotrof  mikroorganizmlar  juda  ham  sekin  ko„payishadi.  Bu 
guruhga  kiruvchi  mikroorganizmlar  kam  tekshirilgan  bo„lsada,  ularni  har  xil 
fiziologik  faol  moddalar    hosil  qilish  xususiyati  juda  katta  qiziqish 
uyg„otmoqda. Shuning uchun ham mikroorganizmlarning o„sishi, ko„payishi va 
rivojlanishiga  ta‟sir  etuvchi  omillarni  o„rganish  ham  nazariy,  ham  amaliy 
ahamiyat kasb etadi. 
Biotexnologiya  nuqtai  nazaridan  fotosintez  qiluvchi  mikroorganizmlar 
alohida e‟tiborga loyiq. Ular o„zlarining hayot sharoitlarida quyosh energiyasini 
yutib,  hujayra  uchun  zarur  bo„lgan  bir  qator  moddalar  sintez  qiladilar  va  bu 
jarayonda  karbonat  angidridni  qaytarish  va  suvni  oksidlash  (sianobakteriyalar 
va  ba‟zi  bir  eukariotlar),  havodagi  azotni  yutish  (prokariotlar)  imkoniyatlariga 
egalar.  Boshqacha  qilib  aytganda,  eng  arzon  energiya  va  uglerod  manbai, 
qaytarish ekvivalentlari va azot hisobidan hayot kechirishlari mumkin. 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish