Bunda inflyasiya tovarlarning bahosi tarkibida eksport qiluvchi mamlakatdan import qiluvchi mamlakatga kirib keladi. Natijada, tovarlarni import qiluvchi mamlakatning milliy daromadining bir qismi eksport qiluvchi mamlakatning foydasiga qayta taqsimlanadi. 1985 yilda AQSh va Yaponiya o‘rtasida yuzaga kelgan savdo urushining asosiy sabablaridan biri inflyasiya darajalari o‘rtasidagi farq edi. Chunki, o‘sha davrda inflyasiya darajasi AQShda Yaponiyaga nisbatan baland edi. Shunda Yaponiya 19 mlrd. dollar miqdoridagi tovarlarni AQShdan import qilishdan bosh tortgan edi.