Haqiqiy buxgalteriya. Har oyda bir marta ro‘yxatga ohsh bilan shug‘ullanuvchi buxgalter tezkor hisob olib boruvchi ishchi bilan jarayonlarni ro‘yxatga oluvcbj jurnalni to‘ldiradi va buxgalteriya yozuvini (pravodka) tuzadi.
Uslubiy mustaqillik. Har bir firma va korxona buxgalteriya hisobini tashkil qilish uslubini o‘z xususiyatlarini inobatga olgan holda belgilaydi. Qancha firma, korxona bo'lsa, shuncha hisobni tashkil qilish uslublari mavjud. Har bir xizmatchi yoki rahbar o‘ziga ma’qul hisob tizimini kiritish huquqiga ega.
Psixologik iqlim. Rahbarning xodimiga ishonmaslik turi. Bunda hisobning asosiy vazifasi ishchilar o‘z manfaatlarini korxona manfaa-tidan ustun qo‘yishining oldini olishdir. Bu buxgalteriya xodimlari va ishclular majburiyatlarining to‘g‘ri taqsimlanishidan kelib chiqadi. Buxgalter rahbar roziligisiz amaldagi hisob tizimiga boshqa usulni kiritish yoki o‘zgartirish huquqiga ega emas.1
Hozirda buxgalteriya hisobi asosan quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Xo‘jalik hisobi tarmoqlari korxona, tashkilot va muassasalarda sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlarini kuzatib borish.
Kuzatish orqali olingan ma’lumotlarni miqdoriy ko‘rsatmalarda ifodalash.
Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatlarini kuzatish natijalarini maxsus hujjatlarda qayd etish.
Maxsus hujjatlarda aks ettirilgan ma’lumotlarni umumlashtirish va guruhlashtirish, xo‘jalik jarayonlari ustidan nazorat o‘rnatish hamda ularga ta’sir etish.
Buxgalteriya hisobining yuqoridagi funksiyalari ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlar va umuman butun xo‘jalikning iqtisodiy jihat-dan asoslangan joriy hamda kelgusidagi reja ko‘rsatkichlarini tuzishda, ular bajarilishi ustidan nazorat olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Buxgalteriya hisobi oldida 3 ta asosiy vazifa turadi:
1. Korxonaboshqaruvini mablag‘lar vauning tashkil topish manbalari
to‘g‘risidagi ma’lumotlar bMan o‘z vaqtida ta’minlash.
Korxona buxgalteriya hisobida bu vazifa quyidagicha izohlanadi:
mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish rejasi bajarilishi, rejada belgilangan mahsulotlar nomenklaturasini, turini, sifatini kuzatish, nazorat qilish, reja bajarihshining o‘sish omillarini aniqlash;
mahsulotlar tannarxini kalkulatsiya qilish, tannarxni tobora ka-maytirish omillarini topish;
korxonalar rentabellik darajalari bajarilishini nazorat qilish;
biznes-moliya rejasi bajarilishini nazorat qihsh.
Do'stlaringiz bilan baham: |