“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5. www.xtjurnali.zn.uz
chining ta’lim muassasasidagi asosiy ishidir. Shu sababli u ilmiy, g‘oyaviy va ommabop
bo‘lishi, bolalarning tayyorgarlik darajasi bilan bog‘lanishi lozim.
Tarbiyachi faoliyatidagi eng asosiy maqsadlardan biri kichkintoylarni maktab ta’li-
miga tayyorlashdir. Maktabga borish bola hayotidagi jiddiy o‘zgarishli davr hisoblanib,
bu kichkintoy hayotining yangi bosqichidir. Bolaning maktab ta’limiga qiyinchiliklarsiz
moslashishida tarbiyachining u bilan olib borgan faoliyati katta rol o‘ynaydi. Bu davr-
dagi qiyinchiliklarning darajasini kamaytirish uchun odatda, bola oldindan o‘qish va
sanashga o‘rgatiladi. Chunki kichkintoy maktabgacha ta’lim muassasasiga kelishi bi-
lanoq tarbiyachi uni asosiy faoliyatga, ya’ni maktab ta’limiga tayyorlab boradi. Bu esa
albatta, tarbiyachining mahoratiga bog‘liq.
Darhaqiqat, tarbiyachilar mashg‘ulotlarni tashkil etishda zamonaviy usullarni qo‘l-
lash malakasiga ega bo‘lishlari uchun malaka oshirish jarayonida zamonaviy texno-
logiyalardan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishlari lozim. agarda
malaka oshirish kurslarida zamonaviy texnologiyalardan foydalanilsa, tarbiyachilar
ta’lim jarayonining markazida turadi, har bir fikr va pedagogik tajribalarni tahlil qiladi,
eng muhimi yangilikni tanqidiy o‘rganish asosida faol ishtirokchiga aylanadi. aynan
shu jarayonni maktabgacha ta’lim muassasasi mashg‘ulotlarida amalga oshirilishi bo-
lalarni maktab ta’limiga samarali tayyorlashni kafolatlaydi.
p. Azarov fikricha, pedagogik mahorat asosi bola tarbiyasi qonuniyatlarini bilish
hisoblanadi.
Tarbiyachilarning pedagogik mahoratini oshirishda malaka oshirish davomida
ta’lim jarayonini individual ta’lim, muammoli ta’lim, hamkorlik ta’limi, modulli ta’lim, lo-
yihalash, o‘yin texnologiyalariga asoslanib tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
i.P. andriadi esa, pedagogik mahorat shaxs xususiyatlari, ma’naviy-axloqiy va in-
tellektual tayyorgarlik, jamiyat qadriyatlari va ijtimoiy-madaniy ijodkorlikka moyillik deb
ta’kidlaydi.
Tarbiyachilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish ularning shaxsiy qadriyatlari,
umummadaniy kompetensiyasini ham oshishiga olib keladi. ayniqsa, o‘yin texnologi-
yalarida turli rollarni bajarish asosida tarbiyachilarda pedagogik muammolarni hal etish
bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni to‘la anglashlari ta’minlanadi. Tarbiyachilar rollar-
ni ijro etish orqali bolalarning ichki kechinmalari, o‘y-xayollari va qiziqishlari, ota-ona
munosabatlari, bolalarda “Mеn” konsepsiyasini rivojlantirish malakalarini o‘zlashtirib
oladilar. Shuningdek, tarbiyachilarning pedagogik faoliyatda bilim, ko‘nikma va mala-
kalarni ijodiy qo‘llashi nazariy hamda amaliy tomondan tayyorligi pedagogik mahorat
asosi hisoblanadi.
Psixologik-pedagogik adabiyotlar tahlili asosida tarbiyachilarning pedagogik
mahorat asoslariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
tarbiyachilarning pedagogik madaniyati;
kasbiy kompetentligi;
pedagogik ko‘nikma va qobiliyati;
nutq madaniyati va pedagogik o‘zaro ta’siri;
o‘zini boshqara olish malakasi;
pedagogik muloqot va madaniyati;
psixologik-pedagogik bilimlari;
o‘zini-o‘zi tahlil qilishi.
Biroq ularning ichidan eng muhimi ularning ijodiy izlanishidir.
95
ijodiy izlanish zamonaviy tarbiyachining ta’lim tizimini o‘zgartiruvchi sifat bo‘lib,
ta’lim jarayonini yangilashga qiziqishini ortishidir.
Tarbiyachilarning pedagogik mahorati va kompetentligini oshirish so‘nggi yillarda
eng dolzarb muammoga aylandi. Taraqqiyot natijasida ijtimoiy tajriba doimo harakatla-
nadi, ta’lim sohasi isloh qilinadi, pedagogik tizimda ta’lim beruvchining turlicha qarash-
lari yuzaga keladi.
Malaka oshirish jarayonida tarbiyachilarning imkoniyatlarini inobatga olish, ta’lim
jarayonida barcha ishtirokchilarni birdek faollikka undash, kasbiy motivatsiyasini rivoj-
lantirishga alohida e’tibor qaratish, ularda pedagogik mahoratni oshishiga olib keladi.
Mashg‘ulotlarda tarbiyachilar oldiga aniq va natijalarni kafolatlaydigan maqsadlarni
qo‘yish, muammoli vaziyatlardan chiqish usul va vositalarini izlab topish ko‘nikmalarini
shakllantirish nazarda tutilishi lozim.
Pedagogik mahorat S.D. yakusheva fikricha, kasbiy ko‘nikma va malaka,
o‘quv-tarbiya jarayonini optimallashtirish faoliyati, bola shaxsini har tomonlama rivoj-
lan tirish san’atidir.
Tarbiyachi tomonidan pedagogik jarayonlarni samarali tashkil etilishi, bolalarni ko-
mil va yetuk bo‘lishiga maqsadli qaratilishi, ularda dunyoqarashni shakllantirish kasbiy
mahorat ko‘rinishlari misol bo‘la oladi.
Malaka oshirish kursi davrida muayyan mavzu asosida bahs-munozaralarning
tashkil etilishi tarbiyachilar faoliyatini aniq maqsadga yo‘naltiradi. Masalan: biz tavsiya
qilayotgan “Maktabgacha ta’limda zamonaviy texnologiyalar” modulida “Maktabgacha
ta’lim muassasasida tarbiyaviy jarayonni samarali tashkil etish tajribalari” mavzusini
bahs-munozara asosida o‘tkazish mumkin.
Ushbu metodni samarali kechishini ta’minlovchi muhim omillardan biri maktab-
gacha ta’lim muassasasida tarbiyaviy jarayonni tashkil etish yo‘llari borasida muay-
yan nazariy bilim va amaliy tajribaga ega bo‘lish hisoblanadi. Bahs-munozarani tashkil
etishda muammoning yechimini topish yo‘llari haqida hech qanday ma’lumot, ko‘rsat-
ma yoki tavsiyalar berilmaydi. Muammo yechimni topish tinglovchilarning zimmasida
bo‘lib, ular ana shu maqsadda mustaqil faoliyat yuritadilar. O‘qituvchi zarur vaziyat-
dagina rag‘batlantiruvchi, tinglovchilarni faollikka da’vat etuvchi fikrlarni bildirishi yoki
galdagi savolni o‘rtaga tashlashi mumkin. ana shu xususiyatiga ko‘ra bahs-munozara
metodini muayyan muammo yuzasidan nazariy yechimini topishga yo‘naltirilgan kichik
tadqiqotga qiyoslash mumkin.
Xorijda va mamlakatimizda kasbiy kompetentlikni rivojlanishiga oid bir qancha
tadqiqotlar olib borilgan jumladan, pedagogika sohasida o‘qituvchilarni kasbiy kompe-
tentligini rivojlantirishning umumiy tamoyillari yetarli darajada yoritilgan.
yuqorida keltirilgan tadqiqot ishlarini o‘rganish va tahlil qilish asosida tarbiyachi-
larning kasbiy kompetensiyasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
maktabgacha pedagogika va psixologiya fanlarini puxta bilish;
o‘z ustida ishlash;
ta’lim jarayonini rejalashtirish, baholash va qayta aloqa o‘rnata olish;
bolalarda bilishga bo‘lgan motivatsiyani shakllantirish;
axborot texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
har mashg‘ulotga yangilik kiritish;
maktabgacha ta’lim uslubiyotini mukammal bilish;
xorijiy tillardan birini bilish.
96
Do'stlaringiz bilan baham: |