―ILM-FAN VA TA‘LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR‖ MAVZUSIDAGI 4-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI 30 - SENTABR 2020 - YIL ―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 269
www.academiascience.uz
bo`ladi. Mikromoliyalash
yani
-- mikromoliyaviy xizmatlar ko‗rsatuvchi
tashkilotlarning qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan oshmaydigan summada
mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish, shuningdek mikromoliyaviy xizmatlar
ko‗rsatish to‗g‗risidagi shartnomaga (bundan buyon matnda shartnoma deb yuritiladi)
muvofiq boshqa xizmatlar ko‗rsatish borasidagi faoliyatga nisbatan aytiladi.
17
Mikromoliyalash xizmatlari – kredit shartnomaga ko`ra, yig‗indisi qonunda
belgilangan miqdoridan oshmagan mikrokredit yoki mikrolizing taqdim qilish
bo‗yicha bank xizmati hisoblanadi. Mikrokredit - O‗zbekiston Respublikasida
o‗rnatilgan eng kam ish xaqining 1000 (bir ming) baravari miqdoridan oshmaydigan
summada filial tomonidan qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish
shartlari asosada beriladigan pul mablag‗laridir. Mikroqarz banklar va mikrokredit
tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxs bo‗lgan qarz oluvchiga eng kam ish haqining
yuz baravari miqdoridan oshmaydigan summada to‗lovlilik, muddatlilik va qaytarish
shartlari asosida beriladigan pul mablag‗laridir. Mikrolizing - mikromoliyaviy
xizmatlar ko‗rsatuvchi filial tomonidan lizing oluvchining topshirig‗iga binoan
uchinchi tarafdan mol-mulk olish hamda uni egalik qilish va foydalanish uchun lizing
oluvchiga shartnomada belgilangan shartlar asosida haq evaziga berish nazarda
tutiladigan xizmatdir. Mikrolizing tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun
lizing to‗g‗risidagi qonun hujjatlariga muvofiq eng kam ish haqining 2 000 baravari
miqdoridan oshmaydigan summada beriladi. Mikrokreditlar muayyan mehnat turi
bilan shug‗ullanish istagida bo‗lgan aholiga imtiyozli shartlar asosida beriladi.
Mikrokredit miqdori — eng kam ish haqining 100 baravarigacha. Muddati — 3
yilgacha. Foizi — yillik 7 foiz. Ushbu maqolada buni ham keltirishimiz mumkinki
xorijiy davlatlardan Rossiya davlati qonunchiligidagi bank operatsiyalari va
mikromoliyalash hamda O`zbekistondagi bank operatsiyalari va mikromoliyalashni
o`ziga xos jihatlarini yoritib o`tsak. Rossiya davlatida bank operatsiyalari quyidagi
mezonlarga muvofiq tasniflanishi mumkin:
1. funktsional maqsadlar uchun-bank faoliyati tarkibida muhim ahamiyatga ega
bo'lgan hisob-kitob, depozit, kredit, naqd pul, valyuta, birja (qimmatli qog'ozlar bilan
operatsiyalar), ko'chmas mulk operatsiyalari va boshqalar.
2. bank faoliyati tuzilmasidagi ahamiyatlilik darajasi qarab- asosiy — hisob-
kitob, kassa, kredit, depozit va boshqalar) va tegishli (bankni moliya instituti sifatida
rivojlantirishni ta'minlaydigan operatsiyalar)ga bo`linadi.
18
Qizigi shundaki Rossiya davlati bank operatsiyalari ham O`zbekistonni bank
operatsiyalari ham birdek bank tog`risidagi qonun bilan tartibga solinadi va ularni
17
O`zbekiston Respublikasining qonuni, ―Mikromoliyalash to`g`risidagi‖
18
РОССИЙСКАЯ ФЕДЕРАЦИЯ, ―ФЕДЕРАЛЬНЫЙ ЗАКОНО банках и банковской деятельности‖