Ikkinchidan,
mulkchilik huquqlari nazariyasi asoschilari
mulkchilik munosabatlarini resurslarning cheklanganligi, nis-
batan kamyobligi muammosidan keltirib chiqaradilar: «Qan-
daydir kamyoblik, cheklanganlik shart-sharoitisiz mulkchilik
to ‘g‘risida so‘z yuritish m a’noga ega emas».4
T o ‘g‘ri, bunday yondashuv yuqorida nomlari tilga olingan
iqtisodchilarning kashfiyotlari hisoblanmaydi; bu yondashuv
dastlab 1871 yilda avstriyalik iqtisodchi K.Menger tom onidan
«Siyosiy iqtisodning qaror topishi» kitobida asoslab berilgan
edi. Mulkchilik, deb yozgan edi K.Menger, ehtiyojlarga nis-
batan miqdori kam boMgan ne’matlarning mavjudligi sharo
itida vujudga keladi. Shuning uchun mulkchilik munosabatlari
«ehtiyojlar hamda ularni qondirish imkoniyati doirasidagi
ne’matlar miqdori o ‘rtasidagi nomuvofiqlik»5 muammosini hal
eta oladigan yagona munosabat hisoblanadi.
Bunday nomuvofiqlik shunga olib keladiki, mulkchilik
munosabatlarining markaziy holati boMib ularning rad etuvchi
tavsifi maydonga tushadi. Mulkchilik munosabatlari - bu
moddiy va nomoddiy resurslarga erishishni rad etish tizimidir.
Resurslarga erishishda rad etish holatining mavjud emasligi,
ya’ni ularga erishishning erkinligi, bu resurslar hech kimniki
emasligi yoki barchaga baravar tegishli ekanligini anglatadi.
Bunday resurslar mulkchilik obyekti bo ‘la olmaydi. Ulardan
3 P. Xcync. Ekonom ichcskiy obraz m ishleniya. S. 325.
4 P.O . T oum anoff. T heory o f m arket failure — “ K uklos", 1984, v. 37, № 4.
5 K. M enger. O snovaniya politicheskoy ekonom ii. Avstriyskaya shkola poli-
ticheskoy ck'onomii. М.: I992. S. 79.
103
www.ziyouz.com kutubxonasi
foydalanish bo'yicha kishilar o ‘rtasida iqtisodiy, bozor mu-
nosabatlari paydo boMmaydi.
Mulkchilik huquqlari nazariyasi mualliflarining nuqtai
nazariga ko‘ra, resurslarga erkin erishishdan boshqalarning rad
etilishi resurslarga bo‘lgan mulkchilik huquqlarini tasniflashni
anglatadi.
Tasniflashning m a’no va maqsadi mulkchilik huquqini
haqiqatan ham mulkni yuqoriroq baholovchi, uning qadriga
etuvchi, undan nisbatan ko'proq foyda oluvchi kishilar to-
monidan egallanishi uchun sharoit yaratishdan iborat.
«Agar m a’lum xatti-harakatlarni sodir etish uchun huqu-
qlarni sotish va sotib olish mumkin boMganda edi, - deb yo-
zadi R.Kouz, - ularni pirovardida eng yuqori baholovchi ki
shilar tom onidan sotib olingan bo‘lar edi. Bu jarayonda huqu-
qlar
shunday
tarzda
sotib
olingan,
taqsimlangan
va
uyg‘unlashtirilgan bo‘ladiki, ular asosida yo‘lga qo‘yilgan
faoliyat eng yuqori bpzor qiymatiga ega boMgan daromad
keltiradi».6
Shunday qilib, tasniflash, ya’ni mulkchilik huquqlarini aniq bel-
gilashning asosiy vazifasi xo‘jalik yurituvchi subyektlar xulq-atvorini
shunday o‘zgartirishdan iboratki, natijada ular o‘ta samarali qarorlar
qabul qiladilar. Chunki mulk bo‘yicha faoliyatning barcha ijobiy va
salbiy natijalari pirovardida mulkdor zimmasiga borib taqaladi.
Shunga ko‘ra, u mulk yuzasidan qarorlar. qabul qilish chog‘ida bu
natijalaming to‘liq hisobga olinishidan manfaatdordir. Mulkchilik
huquqlari qanchalik aniq bo‘lsa, xo‘jalik yurituvchi subyektning
qaroridan boshqa birovlarga tegishi mumkin bo‘lgan foyda yoki zi-
yonni hisobga olishga rag‘bat shu qadar kuchli bo‘ladi. Aynan
shuning uchun mulkchilik huquqlarini ayirboshlash jarayonida u
yoki bu ne’matlar ularning qadrini eng yuqori tarzda baholagan
iqtisodiy agentlaiga beriladi. Shu orqali resurslarning samarali
taqsimlanishiga erishiladi, chunki ayirboshlash jarayonida resurslar
nisbatan unumsiz foydalanishdan unumli foydalanishga, kam qadr-
lovchi shaxslandan ko‘proq qadrlovchi shaxslaiga o ‘tadi.
6 R. Kouz. Firma, rinok i pravo. М.: 1993. S. 14.
104
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |