§ Barqaror birikmalar
Ikki va undan ortiq so‘zlarning o‘zaro barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutq jarayoniga tayyor holda olib kiriluvchi, til egalari xotirasida imkoniyat sifatida mavjud bo‘lgan til birliklari barqaror birikmalar deyiladi.
Og‘zi ochilib qolmoq birikmasi nutq jarayoniga qadar ham tayyor holda barqaror birikma sifatida mavjud va mazmunan bir leksema hayron bo‘lmoq leksemasiga teng keladi. Yoki Dehqon bo‘lsang, kuz hayda, Kuz haydamasang, yuz hayda maqoli ham barqaror birikma sifatida tilimizga tayyor holda olib kiriladi.
Barqaror birikmalarning belgilari:
nutq jarayoniga qadar tilda mavjud
ma’no butunligiga ega
tuzilishi va tarkibi barqaror
Barqaror birikmalarni o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi paremiologiya, shunday birikmalarning lug‘atini tuzish muammolarini esa paremiografiya bo‘limi o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |