Ijtimoiy hodisa deyiladi. Til jamiyat a’zolari yordamida shakllantirilib, rivojlantirilib boriladi. Til birliklari



Download 451,19 Kb.
bet21/62
Sana21.01.2022
Hajmi451,19 Kb.
#397640
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   62
Bog'liq
1-kitob. FONETIKA ORFOGRAFIYA LEKSIKOLOGIYA

§ Tovush o‘zgarishlari
O‘zakka qo‘shimcha qo‘shilganda ba’zan o‘zakning tovush tarkibida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bu tovush o‘zgarishlari (fonetik hodisalar) tovush tushishi, tovush almashishi va tovush orttirilishidan iborat. Tovush o‘zgarishlari 2 xil tarzda namoyon bo‘ladi:
1. YOZUVDA AKS ETADIGAN TOVUSH O‘ZGARISHLARI

2. YOZUVDA AKS ETMAYDIGAN TOVUSH O‘ZGARISHLARI
1. YOZUVDA AKS ETADIGAN TOVUSH O‘ZGARISHLARI.
Tovush tushishi.

shahar+i= shahri yig‘i+la=yig‘la qizil+ar=qizar

ulug‘+ay= ulg‘ay past+ay=pasay qayir+il=qayril

sen+ning= sening singil+i=singlisi sariq+ay=sarg‘ay(tush., alm.)

o‘g‘il+im= o‘g‘lim ko‘ngil+i=ko‘ngli

qiyin+a= qiyna men+ni=meni

o‘yin+a= o‘yna sust+ay=susay

qorin+i=qorni bag‘ir+i=bag‘ri

shahar+i=shahri ayir+il=ayrilma
Tovush almashishi

son+a=sana sayla+v=saylov

ot+a=ata chanqa+v=chanqov

yosh+a=yasha ong+la=angla

qayna+q=qaynoq o‘qi+v=o‘quv

sovi+q=sovuq taroq+im=tarog‘im

yutuq+i=yutug‘i kiprik+im=kiprigim

sochiq+i=sochig‘i yurak+im=yuragim

tilak+i=tilagi kurak+i=kuragi

tuproq+i=tuprog‘i bilak+i=bilagi
Tovush orttirilishi

u+ga=unga shu+da=shunda obro‘+im=obro‘yim

shu+ga=shunga achi+q=achchiq parvo+im=parvoyim

bu+ga=bunga haq+im=haqqim

isi+q=issiq sasi+q=sassiq
2. YOZUVDA AKS ETMAYDIGAN TOVUSH O‘ZGARISHLARI
Assimilyatsiya (tovush moslashtirish). Bu hodisa qator kelgan nutq tovushlarining bir-biriga ta’sir qilib o‘ziga moslashtirishdir. Assimilyatsiya 2 xil:

  1. progressiv assimilyatsiya;

  2. regressiv assimilyatsiya

Progressiv assimilyatsiyada oldingi tovush keyingi tovushni o‘ziga o‘xshatadi: aytdi-aytti, otdan-ottan, ketdi-ketti, ishdan-ishtan.

Regressiv assimilyatsiyada keyingi tovush oldingi tovushni o‘ziga moslaydi: yigitcha-yigichcha, shanba-shamba, yonma-yon – yomma-yon, tuzsiz-tussiz, izsiz-issiz.
Dissimilyatsiya (tovushni noo‘xshash qilish). Bunday fonetik hodisada tovushning ta’siri natijasida noo‘xshash tovush talaffuz qilinadi. Bu hodisda ham 2 xil:

  1. progressiv dissimilyatsiya;

  2. regressiv dissimilyatsiya.

Progressiv dissimilyatsiyada oldingi tovush ta’sirida keyingi tovush noo‘xshash bo‘lib qoladi: zarur-zaril, zarar-zaral, birorta-bironta.

Regressiv dissimilyatsiyada keyingi tovushning ta’siri bilan oldingi tovushda noo‘xshashlik yuzaga keladi: pochta-poshta, maqtanchoq-maxtanchoq, uchta-ushta.

Ba’zi so‘zlarda har ikki hodisa ham (assimilyatsiya, dissimilyatsiya) baravar uchraydi: uchdi-uchti, uchdi-ushti, ichdi-ichti, ichdi-ishti.


Metateza hodisasi. Og‘zaki nutqda ba’zan yonma-yon kelgan undosh tovushlarning talaffuzda o‘rni almashishi metateza hodisasidir:

r-y: daryo-dayro h-v: ahvol-avhol

m-g‘: yomg‘ir-yog‘mir r-g: o‘rganmoq-o‘granmoq

m-l: yamlamoq-yalmamoq g‘-r: to‘g‘ramoq-to‘rg‘amoq

p-r: tuproq-turpoq n-g: o‘rganmoq-o‘granmoq

b-r: tebratmoq-terbatmoq n-m: aylanmoq-aylamnoq
Eliziya hodisasi. So‘zlardagi yozuvda aks etmaydigan tovush tushish hodisasidir. Bunda bir necha holat kuzatiladi:

  1. birinchi so‘z oxiridagi unli tushib qoladi: yoza oladi-yozoladi, bora oladi-boroladi;

  2. unli bilan boshlanuvchi ikkinchi so‘zning bosh unlisi tushib qoladi: borar ekan-borarkan, yozar ekan-yozarkan;

d) ayrim ismlarda va so‘zlarda bir yoki bir nechta harf tushib qoladi. Bu eliziyaning murakkab ko‘rinishidir: Abdusalom-Absalom, Abdujabbor-Abjabbor, olib kel-opke.
Yozuvda aks etmaydigan tovush tushishi.

So‘z boshida: yig‘ach-ag‘ach (shevada), yirik- iri (shevada).

So‘z o‘rtasida: pishiq-pshiq, kishi-kshi, bilan-blan.

So‘z oxirida:Samarqand-Samarqan, sust-sus, do‘st-do‘s, past-pas, go‘sht-go‘sh, xursand-xursan.


Yozuvda aks etmaydigan tovush orttirilishi.

So‘z boshida: stakan-istakan, spravka-ispravka.

So‘z o‘rtasida: fikr-fikir, sinf-sinif, hukm-hukum, doklad-dokolad, doir-doyir, doim-doyim.

So‘z oxirida: disk-diska, bank-banka, tank-tanka, otpusk-otpuska, blank-blanka.


IZOH: Bu kabi yozuvda aks etmaydigan tovush o‘zgarishiga uchragan so‘zlarni yozuvda qo‘llash va yozish imloviy xato hisoblanadi.

Download 451,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish