Birinchidan mil.avv. 3-2 asrlarda O’rta Osiyo dasht mintaqalarida hozirgi o’zbek xalqiga
xos antropologik qiyofa shakllana boshlagan. Bu esa fanda O’zbeklarga xos O’rta Osiyo ikki
daryo orolig`i irqi Volga daryosi bo’ylarida va Uralda sarmat qabilalari tarkibida shakillanib
tarqaldi degan, hamda bu irq Baykal ko’li atrofida va Mo’g`iliston cho’llarida shakillanib
tayyor holda mahalliy aholiga o’z irqini tarqatdi degan fikrni rad etadi.
So’nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijasida o’zbeklarga xos antropologik qiyofa
dastlab Sirdaryoning o’rta havzasi tumanlarida, Toshkent vohasi, Farg`ona vodiysi qisman
Xorazm va Janubiy Qozog`istonning Chimkent viloyatlarida, Yettisuv mintaqasida mil. avv. 1
ming yillik oxirida shakllana boshlaganligi aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |