Ii боб Кимёда даврий қонун ва Д. И. Менделеевнинг элементлар


Fosfor davriy sistemadagi o’rni, atom tuzilishi, xossalari



Download 1,78 Mb.
bet19/46
Sana21.02.2022
Hajmi1,78 Mb.
#11890
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46
Fosfor davriy sistemadagi o’rni, atom tuzilishi, xossalari.

Fosforning er po’stlog’idagi umumiy miqdori 0,08 % ni tashkil etadi. Fosfor tabiatda faqat birikmalar holida uchraydi: ulardan eng muhimi kaltsiy fosfat – apatit mineralidir. Apatitning juda ko’p turlari ma`lum, ulardan eng ko’p tarqalgani ftorapatit 3Sa3(PO4) 2. SaF2. Chuqindi tog jinslari- fosforitlar apatitning turlaridan tarkib topgan. Fosfor oqsil moddalar tarkibidagi turli xil birikmalar holida bo’ladi. Miya tuqimalarida fosforning miqdori 0,38 %, muskullarda- 0,27 % bo’ladi.
Dunyoda apatitlarning eng boy qatlamlari Kola yarim orolida, joylashgan. Fosforitlar Ural, Volga bo’yi, Sibir, Qozog’iston, Estoniya, Belorussiya va boshqa joylarda keng tarqalgan. Shimoliy Afrikada, Suriya va Amerikada fosforitlarning katta konlari bor.
Fosfor o’simliklarning hayotida juda muhim bo’lgani uchun tuproqda etarli miqdorda fosfor birikmalari doimo bo’lishi zarur.
Fizik xossalari. Fosfor elementida metallmas xossalari azotga nisbatan kam ekanligi uning oddiy moddalari xossalarida ko’rinadi. Masalan, fosfor azotdan farq qilib, bir necha allotropik shakl o’zgarishlar hosil qiladi: oq fosfor, qizil fosfor va boshqalar.
Oq fosfor – rangsiz va juda zaharli modda. Fosfor bug’larini kondensatlash bilan olinadi. Suvda erimaydi, lekin uglerod sulfidda yaxshi eriydi. Uzoq vaqt ohista qizdirilganda oq fosfor qizil fosforga aylanadi.
Qizil fosfor- qizil – qo’ng’ir rangli kukun, zaharli emas. Suvda va uglerod sulfidda erimaydi. Qizil fosfor bir necha allotropik shakl o’zgarishlar aralashmasidan iboratliligi aniqlangan, ular bir-biridan rangi (to’q qizildan gunafsha ranggacha) va boshqa ba`zi xossalari bilan farq qiladi. Qizil fosforning xossalari ko’p jihatdan uning olinish sharoitlariga bog’liq.
Qora fosfor - tashqi ko’rinishidan grafitga o’xshaydi, ushlab ko’rilganda yog’lidek tuyuladi, yarim o’tkazgich xossalari bor. Oq fosforni juda katta bosim ostida uzoq vaqt qizdirish
Qizil va qora fosfor qattiq qizdirilganda haydaladi.
Tabiiy fosfor bitta barqaror izotop 3115 R dan tarkib topgan. Sun’iy radioaktiv izotopi 3215 P
( yarim yemirilish davri 14,3 kun) keng ko’lamda ishlatiladi.
Fosforning allotropic shakl o’zgarishlarining xossalari ularning tuzilishi bilan tushintiriladi. Oq fosforning tuzilishi ancha mufassal o’rganilgan. U molekulyar kristall panjaraga ega. Uning molekulalari to’rt atomli ( P4- tetrafosfor) va uch qirrali muntazam piramida shaklida bo’ladi.




Fosfor har qaysi atomi piramidaning uchlaridan birida bo’lib, boshqa uchta atom bilan uchta b- bog’lanish orqali bog’langan. Molekulyar panjarali barcha moddalar kabi oq fosfor ham oson suyuqlanadi va uchuvchan bo’ladi. U organic erituvchilarda yaxshi eriydi. Oq fosfordan farq qilib, qizil va qora fosfor atomli kristall panjarali bo’ladi. Shu sababli ular deyarli barcha erituvchilarda erimaydi, uchuvchan, zaharli emas.
Kimyoviy xossalari. Kimyoviy xossalari jihatidan oq fosfor qizil fosfordan katta farq qiladi. Masalan, oq fosfor havoda oson oksidlanadi va o’z- o’zidan alangalanib ketadi, shu sababli u suv ostida saqlanadi. Qizil fosfor havoda alangalanib ketmaydi, lekin 2400 C dan yuqori darajada qizdirilganda alangalanadi. Oq fosfor oksidlanganida qorong’ida shu’lanadi- alanagalanadi.
Fosfor suyuq va erigan holatda, shuningdek, 80C dan past temperaturadagi bug’laridan P4 molekulalaridan iborat bo’ladi. 8000C dan yuqori darajada qizdirilganda molekulalar dissotsilanadi: P4= 2 P2 P2.
Molekulalar 20000C dan yuqori temperaturada atomlarga ajraladi: P2= 2P. Fosfor atomlari
P2 , P4 molekulalar va polimer moddalar hosil qilib birlashish mumkin.
Fosfor ko’pchilik oddiy moddalar- kislorod, galogenlar oltingugurt va ba’zi metallar bilan birikadi, bunda oksidlovchilik va qaytaruvchilik xossalarini namoyon qiladi. Masalan:
2P+ 3S= P2 S3 2P+ 3Ca=Ca3P2

0 +3 2 0 +2 3
Р - 3е = Р Са - 2е = Са
0 -2 0 -3
S+ 2e= S 3 P+ 3e=P 2
Bu reaksiyalar qizil fosforga qaraganda oq fosfor bilan oson boradi. Fosforning metallar bilan hosil qilgan birikmalari fosfidlar deyiladi: ular suv ta’sirida oson parchalanib, fosfin PH3- sarimsoq hidi keladigan juda zaharli moddani hosil qiladi:
Ca3 P2+ 6H2O= 3Ca (OH)2 + 2PH3
NH3 kabi fosfin ham juda kuchli kislotalarni biriktirib olish reaksiyalariga kiradi.
PH3 + HI = PH4I
2. Fosforning olinishi,ishlatilishi, fosfat kislotalar, tuzlari.
Olinishi va ishlatilishi. Fosfor apatitlar yoki
fosforitlardan olinadi. Buning uchun ular ko’mir (koks) va qum bilan aralashtiriladi va elektr pechda 15000C da qizdiriladi:
+5 0 0 +2
3Ca3 (PO4)2 + 10C + 6 Sio2= 6CaSiO3+ P4+10CO
Bu reaksiyada fosfor bug’lari quyuqlashadi va suvli yig’gichda tutib qolinadi.
Qizil fosfor gugurt ishlab chiqarishda ishlatiladi. Qizil fosfor, surma (III) sulfid, temir surigi ( kvars aralashgan tabiiy temir (III) oksid) va yelimdan aralashma tayyorlanadi, bu aralashma gugurt qutisining yon sirtlariga surtiladi. Gugurt kallagi, asosan, bertoli tuzi, maydalangan shisha , oltingugurt va va elimdan tarkib topgan bo’ladi. Gugurt kallagi gugurt qutisining yon sirtiga ishqalanganda qizil fosfor alangalanadi.
Fosfor gugurt ishlab chiqarishdagina emas, balki harbiy ishda ham ishlatiladi. Fosfor yonganda quyuq oq tutun hosil bo’ladi, shu sababdan, “ tutun parda” hosil qilish uchun mo’ljallangan artilleriya snaryadlari, aviobombalar va boshqalar oq fosfor bilan to’ldiriladi. Fosforning ko’pgina miqdori turli fosforli organik birikmalar ishlab chiqarish uchun ketadi. Bular jumlasiga hasharotlarni qirish uchun ishlatiladigan foydali vositalar kiradi.
Oq fosfor ko’p ishlatilmaydi. Undan, odatda, tutun pardalar hosil qilishda foydalaniladi. Qora fosfor juda kamdan- kam hollarda ishlatiladi.
Fosfor(III) xlorid PCI3 suyuqlantirilgan fosfor ustidan xlor o’tkazilganda hosil bo’ladi. Bu modda 760C da qaynaydigan suyuqlikdir.
PCI3 ga suv ta’sir etilganda, u batamom gidrolizlanib, vodorod xlorid va fosfit kislota hosil qiladi:
PCI3+ 3H2O= H3 PO3 + 3HCI
Fosfor oksidlari. Fosfor bir necha oksidlar hosil qiladi. Ulardan eng muhimlari P4 O6 va P4 O10. Ko’pincha ularning formulalari soddalashtirilgan holda P2O3 va P2 O5 tarzida yoziladi ( oksidlarning indekslari 2 ga bo’lingan).
Fosfor ( III) oksid P4 O6 – mumsimon kristall massa, 22,50C da suyuqlanadi. Fosforni kislorod yetishmaydigan sharoitda yondirish bilan olinadi. Kuchli qayratuvchi. Juda zaharli.
Fosfor (V) oksid P2 H10 – oq gigroskopik kukun. Fosforni mo’l havo yoki kislorodda yondirish orqali olinadi. U suv bilan juda shiddatli birikadi.
Fosfat kislotalar. Fosfat angidrid temperaturaga qarab, har xil miqdordagi suvni biriktirib olib, meta-, piro- va orto- fosfat kislotalar hosil qilishi mumkin.
P2 O5 + H2O = 2HPO3 ( metafosfat kislota)
P2 O5 + 2H2O = H4 P2 O7 (prifosfat kislota)
P2 O5+ 3H2O = 2H3PO4 ( ortofosfat kislota)
Fosfat angidrid sovuq suvda eritilsa, metafosfat kislota hosil bo’ladi, uning eng sodda formulasi: HPO3 metafosfat kislota molekulalarining haqiqiy tarkibi esa (HPO 3) x formula bilan ifodalanadi, bu erda x= 3, 4, 5, 6 va hokazo. Metafosfat kislotaning eritmasi bog’latilganda, u suvda oson eriydigan, shishasimon massa holida ajralib chiqadi.
Metafosfat kislota nihoyatda zaharli. Metafosfat kislota tuzlari suvni yumshatishda ishlatiladi. Agar metafosfat kislotaning eritmasi qaynatilsa, unga suv molekulalari birikadi va uch negizli ortofosfat kislota H3 PO4 hosil bo’ladi.
(HPO 3) x + x H2O= x H3 PO4
Ortofosfat kislota H3 PO4 42, 350C da suyuqlanadigan rangsiz, tiniq krisstallar hosil qiladi, suvda juda yaxshi eriydi, zaharli emas, 2150 С gacha qizdirilsa, uning har ikki molеkulasida bir molеkula suv ajralib chiqadi va suvda eriydigan, shishasimon massa holida to`rt nеgizli pirofosfat kislata hosil bo`ladi:
2H3PO4=H4P2O7+H2O
Yuqorida tilga olingan uchala kislotadan eng ahamiyatlisi ortofosfat kislotadir, fosfat kislota dеgan, odatda, ortofosfat nazarda tutiladi.
Ortofosfat kislota mеtofosfat kislotaning eritmasini qaynatish bilangina emas, qizil fosforni nitrat kislotada oksidlash bilan ham olinishi mumkin:
0 +v +v +II
3P+5HNO3+2H2O=3H3PO4+5NO
Sanoatda fosfat kislota ikki usul:
Ekstraksya va tеrmik usul bilan olinadi.
Birinchi usulga ko`ra, maydalangan kalsiy fosfatga sulfat kislota bilan ishlov bеriladi.
Ca3(PO4)2+3H2SO4=2H3PO4+3CaSO4
CaSO4 Cho`kmaga tushadi, kislota esa eritmada qoladi. Kislota bilan birga eritmaga ko`pchilik qo`shimchalar-tеmir, alyuminiy sulfatlari va boshqalar ham o`tadi. Bunday kislota o`g`it ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Ikkinchi usulga ko`ra, dastlab fosfor olinadi. So`ngra uni P2O10 oksidga qadar oksidlanadi va bu oksidni suv bilan biriktirib, sof kislota (konsеntratsiyasi 80%gacha) olinadi.
Fosfat kislataning tuzlari. Fosfat kislota uch asosli kislota bo`lgani uchun uch xil tuz-fosfat hosil qiladi.
1. Fosfatlar-fosfat kislotadagi vodorodning hamma atomlari o`rnini boshqa atomlar olgan, masalanK3PO4 -Kaliy fosfat, (NH4)3PO4-ammoniy fosfat
2. Gidrofosfatlar-kislotadagi ikki vodorod atomining o`rnini boshqa atomlar olgan, masalan: K2HPO4 -kaliy gidrofosfat, (NH4)2HPO4-ammoniy gidrofosfat
3. Digidrofosfatlar-kislotadagi bitta vodorod atomining o`rnini boshqa atom olgan, masalan: KH2PO4 -kaliy digidrofosfat, NH4H2PO4-ammoniy gidrofosfat
Ishqoriy mеtallarning va ammoniyning barcha fosfatlari suvda eriydi. Fosfat kislataning kalsiyli tuzlaridan suvda faqat kalsiy digidrofosfat Ca(H2PO4)2 eriydi. Kalsiy gidrofosfat CaHPO4 va kalsiy fosfat Ca3(PO4)2 organik kislotalarda eriydi.
3.Mineral o’g’itlar. Tarkibida o’simliklar uchun zaruriy oziq elementlari bo’ladigan moddalar asosan, tuzlar, mineral o’g’itlar deyiladi. Ular yuqori va barqaror hosil olish maqsadida tuproq unumdorligini oshirish uchun tuproqqa qo’shiladi.
O’g’itlar asosan: makro va mikro o’g’itlarga, oddiy murakkab aralash o’g’itlarga va azotli, fosforli, kaliyli o’g’itlarga bo’linadi.
Makro va mikro o’g’itlar. O’simliklarning o’sib rivojlanishi uchun zarur bo’lgan asosiy kimyoviy elementlar quyidagilardir. ( ular10 ta):
C, O, H, N, P, K, Ca, Mg, Fe, S. O’simliklarning mineral oziqlanishi uchun zaruriy elementlardan N, P, K va bazi boshqalari o’simliklarga ko’p miqdorlarda kerak bo’ladi. Shu sababli ular makro elementlar deyiladi, terkibida shu elementlar bor o’g’itlar esa makro o’g’itlar yoki odatdagi o’g’itlar deyiladi.
Yuqorida aytib o’tilgan 10 element bilan birga juda oz miqdorlarda ( Mikro miqdorlarda) B, Co, Cu, Mn, Zn, Mo, I kabi kimyoviy elementlar ham zarur. Ular mikro elementlar tarkibida shunday elementlar bor o’g’itlar esa mikro o’g’itlar deyiladi. Hozir mikro o’g’itlarsiz ish yurutib bo’lmaydi chunki, ulardan foydalanish qishloq xo’jaligida qo’shimcha imkoniyatlar yaratadi.
Oddiy o’g’itlar tarkibida bitta oziqa elementi bo’ladi. Masalan, Natriyli silitra tarkibida azot, kaliy xlorid tarkibida kaliy bor.
Murakkab o’g’itlarning bir xil zarrachalari tarkibida ikkita va undan ko’p oziq elementi bo’ladi. Masalan: Kaliyli silitra tarkibida kaliy bilan azot, nitrofoskada- azot fosfor hamda kaliy bo’ladi.
Aralash o’g’itlar turli o’gitlarning – oddiy, murakkab o’g’itlarning mexanik aralashmasidan iborat bo’ladi. Ular ko’pincha o’g’it aralashmalari deyiladi.
Azot o’g’itlar tarkibida, ilgari ta’kidlab o’tilganidek bog’langan azot bo’ladi. Bular selitralar ( natriy, kaliy, ammoniy va kalsiy nitratlari) , ammoniy tuzlari, suyuq ammiak, ammiakli suv, mochevina Co ( NH2) 2 (qoramollar ozig’iga ham qo’shib beriladi, tarkibida ko’p- 47% azot bo’ladi) . Hozirgi vaqtda bu o’g’itlardan eng ko’p ishlatiladigani ammiakli selitra, yani ammoniy nitratdir. U bir- biriga qovushib qolmasligi uchun donador holda ishlab chiqariladi.
Fosforli o’g’itlar- bular fosfat kislotaning kalsiyli va ammoniyli tuzlardir. Ular ishlab chiqariladigan barcha mineral o’g’itlarning yarmini tashkil etadi. Eng ko’p tarqalgan fosfatli o’g’itlar quyidagilardir.
Fosforit talqoni, fosforitlarni mayda tuyish yo’li bilan olinadi. Uning tarkibida kam eriydigan tuz, Ca3 ( PO4) 2 borligi sababli o’simliklar faqat kislotali tuproqlarda - podzol va torfli tuproqlardagina o’zlashtirishi mumkin. Mayin to’yilganligi , shuningdek uni tuproqqa kislotali o’g’itlar, masalan, ( NH4)2SO4 yoki go’ng bilan birga solish o’zlashtirilishini osonlashtiriladi.
Oddiy supеrfosfat, apatit va fosforitlarga sulfat kislota bilan ishlov bеrish orqali olinadi. ishlov bеrishdan maqsad - o`simliklar har qanday tuproqda yaxshi o`zlashtiriladigan eruvchan tuz olishdir Ca3(PO)4+2H2SO4=Ca(H2PO4)2+2CaSO4 Donador o`g`itlarning kukunsimon o`g`itlarga nisbatan ancha afzalliklari bor. Ularni saqlash oson, o`g`itni sеyalkalari yordamida turoqqa solish qulay, lеkin asosiysi-u ko`pchilik turoqda hosilni ancha oshiradi.
Qo`sh supеrfosfat-tarkibi Ca(H2PO4)2bo`lgan kontsеntrlangan fosforli o`g`it. Oddiy supеrfosfatga nisbatan taqqoslanganda tarkibida ballast-CaSO4yoqligi jixatdan afzal qo`sh
supеrfosfat ikki bosqichda olinadi. Dastlab fosfat kislota olinadi. So`ngra apatit yoki fosforit fosfat kislotaning suvdagi eritmasi bilan ishlanadi. Boshlang’ich moddalarning ko`p
miqdori quyidagi tеnglamaga muvofiq olinadi:
Ca3(PO4)2+4H3PO4=3Ca(H2PO4)2
Prеttsipitat- tarkibi CaHPO4*2H2O bo`lgan kontsеntrlangan fosforli o`g`it.
Suvda kam eriydi, lеkin organik kislotalarda yaxshi eriydi. Fosfat kislotani kalsiy gidrooksid eritmasi bilan nеytrallash orqali olinadi:
H3PO4+Ca(OH)2=CaHPO4*2N2O
Suyak talqoni, Uy hayvonlarining suyaklarini qayta ishlab olinadi, tarkibida Ca3(PO4)2bor.
Ammofos-tarkibida fosfor va azot bo`ladigan o`g`it fosfat kislotani amiak bilan nеytrallanganda hosil bo`ladi. Odatda tarkibida
NH4H2PO4 va (NH4)2HPO4bo`ladi.
Shunday qilib fosfat kislotaning kalsiyli va ammoniyli tuzlari fosforli o`g`itlar hisoblanadi.
Kaliyli o`g`itlar ham o`simliklarning oziqlanishi uchun zarur. Tuproqda kaliy еtishmasa hosil va o`simliklarning noqulay sharoitga chidamligi sеzilarli darajada pasayadti. Shu sababli qazib olinadigan kaliy tuzlarining 90% ga yaqini kaliyli o`g`itlar sifatida qo`llaniladi. Eng muhim kaliyli o`g`itlar quyidagilardir:
1. Ishlov bеrilmagan tuzlar: Maydalangan tabiiy tuzlardan, asosan silvinit NaCI*KCI va kainit MgSO4*KCI*3H2O minеrallardan iborat .
2. Kontsеntrlangan o`g`itlar: Tabiiy kaliyli tuzlarni qayta ishlash natijasida olinadi, bular KCI va K2SO4
3. Yog`och va torf kuli: Tarkibida potash K2CO3 bo`ladi.
XIX боб.

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish