Ishningbajarilishi.3 ta probirka olib, birinchisiga 1 ml 1% li tuxum oqsili, ikkinchisiga 1 ml 0,1 % li tirozin, uchinchisiga 0,1 % li 1 ml fenol eritmasidan solib, 5 tomchidan Millon reaktividan tomizib, ohista qizdiriladi. Oqsilli probirkada avval cho’kma hosil bo’ladi. Uchala probirkadagi aralashma sekin-asta qizil rangga kiradi.
6-Laboratoriya mashg’uloti. Oltingugurt tutuvchi aminokislatalar uchun reksiya
1- t a j r i b a. Fol reaksiyasi.
Fol reaksiyasi yordamida oqsillar molekulasi tarkibida kuchsiz borlangan oltingugurt bo’lgan aminokislotalar sistein va sistinni aniqlashga imkon beradi. Metionin oltingugurt bilan kuchli boglanganligi uchun bu reaksiyani bermaydi.
Oqsil eritmasiga ishqor qo’shib qizdirilganda oltingugurt osongina ajralib, natriy sulfid hosil qiladi. Aralashmaga natriy plyumbit yoki qo’rg’oshin asqyetat qo’shilsa, qora rangli qo’rg’oshin sulfid cho’kmasi hosil bo’ladi. Reaksiya quyidagicha ketadi:
Qora rangning ravshanlik darajasi eritmadagi oqsilning konsentraqiyasiga hamda oqsil molekulasidagi sistein va sistinning miqdoriga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |