1.2. Son so‘z turkumi haqida umumiy ma’lumot.
Sonning nomini, narsa-buyumning son-sanog‘ini, tartibini bildirgan so‘z
turkumi son deyiladi. Son nechta? qancha? nechta? nechanchi? Kabi so‘roqlarga
javob bo‘ladi. Sonlarning morfologik xususiyatlari:
1) Sonlar metr, juft, qisim, siqim kabi hisob so‘zlar bilan qo‘llaniladi.
2) So‘z o‘zgartiruvchi so‘zlar sonning hamma turlariga qo‘shilavermaydi.
3) Boshqa so‘z turkumlaridan son yasalmaydi.
Sonning sintaktik xusuiyatlari:
1) Doim otlar bilan birga qo‘llanadi.
2) Sonlar hech qachon belgi ifodalab keladigan so‘zlarni o‘ziga tobe qilib
kelmaydi.
3) Sonlar ot oldidan kelib aniqlovchi bo‘lib kelganda, u bilan birikib yaxlit
bo‘lak vazifasini bajaradi. Masalan: Uch dugona kelyapti.
4) Son va sifat aniqlovchi bo‘lib kelganda son avval sifat esa, keyin keladi.
Masalan: ikkita chiroyli ko‘ylak
5) Sonlar gapda aniqlovchi va kesim vazifasida keladi. masalan: maqsadimiz
bitta. Beshta qalam oldi.
6) Sonlar sonning nomini bildiradi. 3, 6, 19 kabi bunday sonlar egalik
kelishik qo‘shimchalari bilan xuddi otlardek o‘zgaradi,gapning bosh va ikkinchi
darajali bo‘laklari bo‘lib keladi. Masalan: ikki o‘nbesh- bir o‘ttiz.
7) Sonlar sanaladigan buyumni sanog‘ini bildiradi bunday sonlar o‘zgarmaydi,
gapda aniqlovchi va kesim bo‘lib keladi: Masalan: men ikkita qalam oldim. O‘zi
bitta- qulog‘i to‘rtta.
Ushbu son so‘z turkumi yapon tilida ham mavjud bo‘lib, o‘zbek tilidagi son
so‘z turkumi bilan farqlanadi. Yapon tilida sanoq predmetlar va obyektlarning
turiga qarab xilma-xil bo‘ladi. Deyarli hamma sanoq so‘z yasovchi qo‘shimchalar,
13
xitoy tilidan o‘zlashtirilgan sonlar bilan birgalikda keladi. Sanoq so‘z yasovchi
qo‘shimchalar sanalayotgan predmetlarning shakli yoki sifatiga qarab belgilanadi.
Yapon tilida esa bir qator predmet va obyektga ta’aluqli bo‘lgan sanoq so‘z
yasovchi qo‘shimchalar quyidagilardan iborat : (まい,ほん,さつ,えん )
vahokozolardir.
ま い - yupqa narsalar uchun sanoq sondir. Masalan: Ko‘ylak , varaq va
hokazo.
ま ん - tuzilishi jihatidan uzunchoq bo‘lgan narsalarga nisbatan sanashda
qo‘llaniladi.Masalan: Qalam, ruchka, zontik, stakan va hokozolar.
さつ - kitob va boshqa narsalarga nisbatan ishlatiladi.
えん -pul chaqaga nisbatan qo‘llaniladi. U Yaponiyaning milliy valyutasi
hisoblanadi.
Sanalayotgan predmetlar va sanoq so‘z yasovchi qo‘shimchalari quyidagi
tarzda qo‘llaniladi.
Eslatib o‘tamiz , o‘zbek tilida sonning ma’no turlarini hosil qilish uchun
miqdor son o‘zak bo‘lib keladi. Masalan; bir (sanoq son), bir + ta = bitta (dona
son), bir + inchi = birinchi (tartib son), bir + tadan = bittadan (taqsim son), ikki +
tacha ikkitacha (chama son).
Yapon tilida esa, mevalar va qandolat mahsulotlari uchun ishlatiladigan
o‘zlarining alohida sanoq sestemasi mavjud. Bu sanoq sistemasi o‘zbek tilida dona
songa to‘g‘ri keladi. Masalan:ひとつ(bitta),ふたつ(ikkita), みっつ (uchta),
四つ (to‘rtta),いつつ (beshta)
ムラド:サンドイッチを ふた つカラーライスを いつ つ、アイスクリ
ームを よ つジュースをごはいください。
Murod: sendvich, ikkita karirais, beshta muzaaymoq , to‘rtta sharbat bering.
店員:かしこまりました。
Mijoz: tushundim.
Yapon tilida sonning ma’noviy guruhlarini hosil qilishda birgina miqdor son
o‘zak bo‘libgina qolmay balki bunga dona son ham asos bo‘ladi.
14
れい:masalan: ひとつ + ずつ=ひとつずつ(hitotsuzutsu)- bittadan
(taqsim son)
ひとつ + め=ひとつめ(hitotsume)-ikkinchisi (tartib son) に + ばん =に
ばん(niban)-ikkinchi (tartib son) さん + にいん ぐら い =さんにんぐら
い (sanningurai) uchtacha (chama son)
O‘zbek tilida dona sondan maxsus grammatik qo‘shimchalar orqali taqsim
son yoki chama son yasash mumkin. Masalan: bittadan olma, yuz donacha nihol.
Ammo dona sondan tartib son yasay olmaymiz. Bu esa yapon tilining o‘ziga xos,
xususiy farqli tomonidir.
Sonlarning yana bir xususiyati otlashishidir, gapda otning so‘rog‘iga javob
bo‘ladigan va ot kabi ko‘plik, egalik kelishik shakllari bilan kela oladigan son
otlashgan son deb ataladi. Masalan: beshga, uchni, ikkimiz.
Otlashgan sonlar xuddi otlar kabi ot kesim, to‘ldiruvchi, qaratqichli
aniqlovchi va hol vazifasida keladi . Ushbu masalalarni yapon tili misolida ko‘rib
chiqamiz.
あのうふたりはどれですか。
(anou futariva dore desuka) Ana u ikkisi kim? (ega)
さんばんめのゲストはあたしのともだちです。
(sanbanmeno gesutova atashino tomodachi desu)
Uchinchi mehmon mening do‘stimdir. (aniqlovchi)
わたしのかぞくはろくにんです。
(vatashino kazokuva rokunin desu)
Mening oilam olti kishi. (ot kesim)
学年論文のじゆうんびは三月の四日からは jめました。
(gakunen ronbunno jyunbiva sangatsuno yokka kara hajimemashta)
Bitiruv malakaviy ishimning tayyorgarligini uchunchi martda boshladim.
(payt holi)
Do'stlaringiz bilan baham: |