Doiraviy diagrammalar. Doiraviy diagrammalar yordamida berilgan ma’lumotlarni o’qish, solishtirish va taqdim etish.
Qiziqarli va mantiqiy masalalar. O’rganilgan mavzular asosida qiziqarli va mantiqiy (muammoli) topshiriqlar.
V bo‘lim. FAZOVIY SHAKLLAR. KATTALIKLAR
(15 soat)
Ko‘pyoq. To‘g‘ri burchakli parallelepiped. Ko‘pyoq elementlari – uchlari, yoqlari va qirralari. To‘g‘ri burchakli parallelepiped – ko‘pyoqning turi. Chizmada to‘g‘ri burchakli parallelepipedning tasviri va yoyilmasi.
Kub va uning elementlari. Kubning elementlari - uchlari, yoqlari va qirralari. Kubning yoyilmasi. Kubiklardan to‘g‘ri burchakli parallelepiped yig‘ish, hajmlarni kublar bilan to’ldirish.
Tasvirlarda ko‘ringan va yashiringan elementlarni aniqlash. Tasvirlarda ko‘ringan va yashiringan elementlarni aniqlash. Chizmada parallelepiped, kubning elementlarni sanash va bo‘yash. Tekslik va fazodagi grafik tasvirlar (2D, 3D).
Do'stlaringiz bilan baham: |