IV bo‘lim. ULUSHLAR. GEOMETRIK SHAKLLAR VA KATTALIKLAR
(45 soat)
Ulush tushunchasi. Butunni teng qismlarga bo‘lish. Ulushlar. Ulushlarni modellarda tasvirlash.
Ulushlarni sonlar yordamida tasvirlash. 1/2, 1/3, 1/4, 1/5, 1/6, 1/8, 1/10 ko‘rinishidagi ulushlar, ularning yozilishi va o‘qilishi. Ulushlarni taqqoslash.
Kasrlar. Ulushlardan kasrlarni hosil qilish (3/4=1/4+1/4+1/4).
Geometrik shakllarni qismlarga bo‘lish. Geometrik shakllarni qismlarga bo‘lishga doir masalalar.
Qiziqarli va mantiqiy masalalar. O’rganilgan mavzular asosida qiziqarli va mantiqiy (muammoli) topshiriqlar.
Yuz o‘lchov birliklari. Yuzi 1 m.kv (m2), 1 dm kv. (dm2), 1 cm kv. (cm2), 1 mm kv. (mm2) ga teng bo‘lgan shakllar. Berilgan perimetri yoki tomonlari bo‘yicha to‘g‘ri to‘rtburchak chizish va uning yuzini hisoblash. Yuzlarni taqqoslash.
Do'stlaringiz bilan baham: |