I. R. Asqarov, N. Х. Тo‘хтaboyev, K. G‘. G‘opirov umumiy o‘rta maktablar 7-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun meтodik qo‘llanma



Download 1,57 Mb.
bet33/113
Sana29.08.2021
Hajmi1,57 Mb.
#159141
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   113
Bog'liq
I. R. Asqarov, N. Х. Тo‘хтaboyev, K. G‘. G‘opirov umumiy o‘rta m

17-DARS. ТARKIBNING DOIMIYLIK QONUNI. MASSANING SAQLANISH QONUNI.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga tabiatning o‘zgarmas qonunlaridan biri bo‘lgan tarkibning doimiylik qonuni, karrali nisbatlar qonuni, massaning saqlanish qonunlari haqida ilmiy tushunchalar berish.
Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:

  1. Тarkibning doimiylik qonuni.

  2. Karrali nisbatlar qonuni.

  3. Massaning saqlanish qonuni.


O‘qituvchi tomonidan berilgan “qor, ichimlik suvi, daryo yoki dengiz suvi, Farg‘ona yoki Тoshkent ma’danli suvlari, Osiyo yoki Afrika qit’alaridagi suvlar bir-biridan farqlanadimi?” savoliga ayrim o‘quvchilar “farq qiladi” deb, boshqalari “yo‘q, farq qilmaydi” deb, turlicha javob berishlari mumkin.

O‘qituvchi sof modda va aralashma haqida qisqacha eslatib, “farq qilmaydi” degan javob to‘g‘ri ekanligini isbotlab beradi.



1799 yilda fransuz olimi J.Prust tomonidan taklif etilgan tarkibning doimiylik qonuni 1809 yilda ko‘pchilik tomonidan e’tirof etildi.


  • Har qanday toza modda olinish usuli va joyidan qat’iy nazar doimiy tarkibga ega bo‘ladi.

Masalan, suv vodorod va kisloroddan tashkil topgan (sifat tarkibi). Suvda vodorodning massa ulushi 11,11% ni, kislorodning massa ulushi 88,89% ni tashkil qiladi (miqdoriy tarkib). Suvni turli usullar yordamida olish mumkin. Har qanday holatda ham toza suv bir xil tarkibga ega bo‘ladi.

Vodorod peroksid, suv kabi sifat tarkibga ega, u suvdan miqdoriy tarkibi bilan farqlanadi. Vodorod peroksidda vodorodning massa ulushi 5,89% ni, kislorodning massa ulushi 94,11% ni tashkil qiladi. Vodorod peroksid suvdan keskin farqlanuvchi xossaga ega moddadir.

J.Dalton 1803 yilda karrali nisbatlar qonunini kashf qildi.


  • Agar ikki element bir-biri bilan bir necha kimyoviy birikma hosil qilsa, bu birikmalardagi bir element massasiga to‘g‘ri keluvchi boshqa element massalari o‘zaro kichik butun sonlar nisbatida bo‘ladi.

Bu qonun elementlar birikmalar tarkibiga aniq porsiyalarda kirishini bevosita tasdiqlaydi.

Uglerod (II)-oksidi va uglerod (IV)-oksidi tarkibiy massa birliklari


Birikma

Miqdor, massa ulush

Uglerodning bir massa birligiga to‘g‘ri keladigan kislorod massa birliklari soni

C

O

CO

42,88

57,12

1,33

CO2

27,29

72,71

2,66

Doskaga quyidagi reaksiya tenglamasi yoziladi va savollar beriladi:



2H2 + O2 = 2H2O

  1. Reaksiyaga kirishayotgan moddalarni aniqlang va bu moddalarning tarkibiga kiruvchi element atomlarining umumiy sonini hisoblang. Har bir element atomlaridan nechtadan?

  2. Reaksiya natijasida hosil bo‘lgan moddani aniqlang va atomlarini sanang, reaksiyaga kirishayotgan moddalar tarkibidagi atomlar soni bilan solishtiring. Qanday xulosaga keldingiz?

Juda koplab kimyoviy reaksiyalarning amalga oshish shart-sharoitlari organilganda reaksiyaga kirishayotgan moddalar massasi reaksiya mahsulotlari massasiga miqdoran teng bolishi aniqlangan.

Bu kabi hodisalarni ulugajdodlarimiz Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqa mutafakkirlar tajribaxonalarida ogzi payvandlangan idishlarda olib borgan qizdirish ishlarida kuzatishgan.

1748 yilda rus olimi M.V.Lomonosov ham ogzi payvandlangan kolbaretortada tajriba olib borib, bu hodisani izohlashga harakat qilgan. 1772-89 yillarda fransuz olimi A.Lavuaze ham yopiq idishda olib borilgan tajribalarda umumiy massa ozgarmasligini kuzatgan va bu oziga xos yangilikyangi qonun ekanligini tushunib yetgan. Shunday qilib, tabiatning asosiy qonunlaridan biri — massaning saqlanish qonuni ochilgan.


  • Kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan moddalarning umumiy massasi reaksiya mahsulotlari umumiy massasiga teng

A.Lavuaze bu qonun asosida muhim xulosa chiqarib, reaksiyada qatnashayotgan har bir element atomi massasi reaksiya davomida o‘zgarmasligini ta’kidlagan. Bu esa kimyoviy reaksiyada bir element atomining boshqa element atomiga aylanib ketmasligini bildiradi.

O‘quvchilarning yuqorida berilgan savollarga javoblarini shu xulosalar bilan bog‘lab berish lozim.

O‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlarni quyidagi masalalarni yechish bilan mustahkamlanadi:




  1. Azotning quyidagi kislorodli birikmalari tarkibining miqdoriy nisbatlarini hisoblang: N2O: NO: NO2;

  2. 2,21 g malaxit parchalanganda 1,59 g mis (II)-oksid va 0,18 g suv hosil bo‘lgan bo‘lsa, necha g karbonat angidrid ajralib chiqadi? Javobni qanday aniqlaganingizni izohlab bering.



Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish