3-DARS. MODDA VA UNING ХOSSALARI (LABORAТORIYA ISHI №1)
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga moddalarning turli-tumanligi va ularni jismlardan farqi hamda har bir moddani o‘ziga hos xossalari haqida ilmiy tushunchalar berish.
Moddalardan foydalanish uchun ularning xossalarini bilish zarurligi o‘quvchilarga tushuntiriladi.
O‘quvchilar jism, modda tushunchalarining mohiyatini aniq bilib olishlari kerak.
Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:
O‘quvchilarning botanika, fizika fanlaridan olgan bilimlari va kundalik turmushdan olgan amaliy ko‘nikmalari asosida suhbat
O‘quvchilarga bir xil moddadan iborat bo‘lgan turli jismlar va har-xil moddalardan iborat bo‘lgan turli jismlar namunalarini hamda osh tuzi, shakar, ko‘mir, oltingugurt namunalarini tarqatish.
Moddalarni ta’riflash.
Moddalarning xossalarini nima uchun bilish kerak?
Rejadagi 1-band, ya’ni o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazilgandan so‘ng doskaga oldindan chizib qo‘yilgan quyidagi jadvalni o‘quvchilar o‘zlari to‘ldirishadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |