I bob shaxsni rivojlantirish, tarbiyaiash va shakilantirish


I BOB SHAXSNI RIVOJLANTIRISH, TARBIYAIASH VA SHAKILANTIRISH



Download 164,5 Kb.
bet2/10
Sana01.03.2023
Hajmi164,5 Kb.
#915514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
SHAXS KAMOLOTINI RIVOJLANTIRISHDA MUSIQA TARBIYASINING ROLI

I BOB SHAXSNI RIVOJLANTIRISH, TARBIYAIASH VA SHAKILANTIRISH.
1.1 Musiqiy fazilatlar va qobiliyatlarni shakllantirishda irsiyatning, muhim
tasiri va tarbiyaning roli.
Respublikamiz jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o‘rin egallagan. Uni saqlab turish uchun ma’naviy salohiyat bilan iqtisodiy qudratimizni XXI asr ilmiy-texnika tarraqiyoti talablariga javob beradigan tarzda rivojlantirishimiz zarur. Turli sohaga mansub bo‘lgan kadrlarni tayyorlash va ularning kasbiy mahoratini oshirish ta’lim jarayonining asosiy maqsadidir. Buning uchun ayniqsa yoshlarimiz dunyoqarashini, madaniyati va ma’naviyatini, kasbiy bilim va insoniy fazilatlarini jahon andozalari darajasiga ko‘tarish talab etiladi. Bunday murakkab ijtimoiy vazifani amalga oshirishda ilm-fan va amaliy faoliyatlar ichida, ilmiy asosga suyangan “Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari” fani ham yetakchi o‘rin egallaydi.
1997-yil 29-avgust O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining II chaqiriq IX sessiyasida “Ta’lim to‘g‘risida‘‘gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” respublikamizda yangicha ta’lim tizimini bunyod etib, kelgusida bu sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan istiqbolli vazifalarni belgilab bergan. Shular sirasiga, zamonaviy ilm-fanning shu kunda erishilgan yutuqlari bilan birga hududimiz o‘qituvchi va pedagoglarining kasbiy kompententlik darajasidan kelib chiqib, jahondagi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan unumli foydalangan holda, hududimizga mos bilim berish nazariya va usullarni yaratish maqsad qilib qo‘yilgan. Chunki xalqimizning kelajagi ko‘p jihatdan o‘qituvchiga unung salohiyatiga, kasbiy tayyorgarligiga, yosh avlodga ta’lim va tarbiya berish faoliyatiga bog‘liq. Yosh avlodni bilimli, madaniyatli, ma’naviyatli, odobli, e’tiqodli, barkamol inson qilib voyaga yetkazish, o‘qituvchi zimmasiga asosiy vazifa qilib qo‘yilgan.
Shuningdek, bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogika, psixologiya, ma’naviyat, milliy istiqlol g‘oyasi, informatika, yangi pedagogik texnologiya, musiqa san’atiga oid fanlarni o‘qitish imkoniyatlari yanada kengaytirilgan. Zamonaviy talab va metodlar asosida, umumkasbiy fanlar bo‘yicha dastur hamda o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar yaratilgan. Uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimi, yosh avlodni sog‘lom va barkamol inson bo‘lib voyaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Buni amalga oshirish uchun o‘quv mashg‘ulotlari va dars jarayonini olib borish qobiliyatini o‘qituvchilar o‘zlarida paydo qilishlari uchun ta’lim nazariyasi bilan birga o‘qitishning zamonaviy usullarini egallab, ularni pedagogik amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasini hosil qilishlari zarur.
O‘qituvchi “Pedagogik texnologiya” jarayonining asl mohiyatiga har bir mashg‘ulotning loyihasini tuza olishi va bu loyihalardan pedagogik amaliyotda mohirona foydalana olishlari kerak. Shu bilan birga o‘z ma’naviyati ustida tinmay ishlash ko‘nikmasini hosil qilish kerak. Yevropa va Sharq kompozitorlarining mumtoz asarlari bilan tanishib, “Musiqa madaniyati” darslarini sifatli va samarali olib borish uchun intilishi lozim. “Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari” fani pedagogika fani sifatida, tajribada sinalgan ishlarni barcha qismlarini umumlashtirib, amaliyotda samarali natijalar bergan musiqa o‘qitish metodlarini taqdim etadi. Metodika fani asosan, pedagogika, psixologiya, estetika va san’atshunoslikning tadqiqot natijalariga asoslanadi.
U musiqa o‘qitishning qonun-qoidalarini ta’riflab, kelajakda yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda qo‘llanadigan zamonaviy texnologiyalar va metodlarni belgilab beradi. Metodika fani ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchining o‘quvchilar bilan ishlash uslublari mazmunini anglatadi. “Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari” fani birdaniga shakllangan fan emas, balki o‘z tarixiy taraqqiyot yo‘liga ega bo‘lgan fan.
O‘zbekistonda metodika fani shakllanishiga buyuk mutafakkirlar, olimlar, ilg‘or tajribali o‘qituvchilar, metodistlar, mahalliy olimlarning tadqiqot ishlari, izlanishlari, tajriba-sinov ishlari, risolalari, fikrlari, o‘quv dasturlari va darsliklarini yaratib o‘z hissalarini qo‘shganlar.
Bularga misol qilib, Buyuk mutafakkirlardan Alisher Navoiy, Abu Nasr al-Forobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abdulla Avloniy, olimlardan: Ikrom Akbarov, 7 Ilyos Akbarov, To‘ra Husanov, Aliftina Vasileva, Yelena Kenzer, Lutfulla Qo‘ldosh, Ye. Gudkova Qo‘ldosh Mamirov, Darvin Omonullayev, Oqilxon Ibragimov, Soibjon Begmatov; kompozitorlardan Shermat Yormatov, Fattox Nazarov, Doni Zokirov, Nadim Norxo‘jayev, Rustam Abdullayev, Habibullo Rahimov, Dilorom Omonullayeva, Avaz Mansurov; metodistlardan Hamidulla Nurmatov, Emma Shainskay, Dildora Karimova, Gulnora Sharipovalar o‘z hissalarini qo‘shganlar.
“Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari” kursining fan sifatida maqsadi talabalarni bo‘lajak musiqa o‘qituvchisi amaliy faoliyatiga tayyorlash, ularni metodik bilim va mahorat bilan qurollantirish. Bu maqsadga erishish uchun amaliy mashg‘ulotlar mobaynida ijodiy mehnat qilish talab etiladi. Ma’lumki maktabda o‘quvchilarning yosh psixologik-fiziologik xususiyatlariga qarab, musiqa o‘qitish nazariyasi va metodikasi qo‘llanadi. Bu yerda ta’lim usuli, o‘quv materiallarining dasturi ta’lim tamoyillari, o‘quv tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari muhim ahamiyat kasb etadi.
“Metodika” so‘zi grekcha so‘z bo‘lib, “tadqiqot yo‘li”, “bilish usuli” degan ma’noni anglatadi. Musiqa o‘qitish metodlari deganda, maktab o‘quvchilarining bilim, ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirishda qo‘llangan ish uslublari tushuniladi. “Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari” kursining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
– ta’lim tizimida shaxs madaniyati to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish;
– ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalarga, qo‘yilayotgan talablarni o‘rganish;
– dars ishlanmalarini tayyorlashda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish;
– metodik ishlanmalar, ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallar tayyorlash, kompyuter, slayd, disklar, magnit tasmalardan foydalana bilish;
– har bir sinf o‘quvchilarini yoshiga mos ravishda musiqa o‘qitish metodlari va usullarini tanlab qo‘llash;
– kelajak avlodning musiqiy madaniyati va ma’naviyatini musiqa vositasi orqali shakllantirish;
– sinfdan va maktabdan tashqari musiqiy tarbiya ishlarini tashkil etish uslublarini o‘rganish va shakllantirish;
– pedagogik amaliyotda tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish;
– taniqli kompozitor, shoirlar, ijodkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, tanlovlarda ishtirok etib, o‘quvchilarning ma’naviy tarbiyasini shakllantirish;
– xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimini o‘rganish;
– o‘qituvchi va talaba o‘rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil etish;
– berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarib, amaliy mashg‘ulotlar, seminarlarga puxta tayyorlanish;
– tavsiya etilgan adabiyotlar bilan mustaqil ishlash;
– talabalarni mustaqil fikrlash, izlanish, tahlil qilish, xulosa chiqarishga o‘rgatish; – talabalarni mustaqil ish jarayonida ijodiy faolligini oshirish;
– amaliy mashg‘ulotlar ma’ruzalarning mantiqiy davomi bo‘lib, o‘zlashtirgan bilimlarini mustahkamlaydi.
“Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari” fani umumkasbiy fan hisoblanib, pedagogika, psixolgiya, maktab repertuari praktikumi, nutq madaniyati, musiqa tarixi, yakka kuylash, dirijorlik, musiqa asbobi, solfedjio, xor, musiqa nazariyasi, bolalar adabiyoti, pedagogik mahorat, ona tili, adabiyot, tabiat kabi fanlar bilan chambarchas bog‘liq.
Ushbu musiqiy nazariy fanlar, bo‘lajak o‘qituvchilarga musiqa san’atini bolalarga samarali yetkazish yo‘llarini o‘rgatadi. Bu fan o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllanishiga, musiqiy fanlarni puxta egallashiga ko‘mak beradi. Bu esa bo‘lajak o‘qituvchilarni musiqiy san’at sirlarini o‘quvchilarga samarali yetkazish yo‘llarini o‘rgatadi.
Ma’lum bir faoliyat turiga bo’lgan qobiliyat. Nerv sistemasining
(tizim)analizatorlari sezgirligi, kuchi,nerv jarayonlarining harakatlanganligi, muvozanatlashganligi kabi omillar asosida rivojlanadi. Masalan: bir sinfda o’qiyotgan ikkita o’quvchiga o’qituvchi bir xil asar sh’erni etyudini beradi. Lekin o’quvchilardan biri etyudni bir xaftadan keyinroq, yana biri darhol chaqqon, tez o’lashtira boshlaydi. Boshqa o’quvchi esa bu ishni bir oy o’tganda ham bajara olmaydi va ko’p xatolar qiladi. Muvaffaqiyatga erishishdagi bu farqni xoxlagan bir pedagog ana shunday holatlarda o’quvchilardagi qobiliyatlar darajasiga bog’laydi.
Tug’ma qobiliyatlarning irsiy berilishi, masalan: tibbiyot ilmida va unga muvofiq pedagogikada ham alohida ahamiyat kasb etadi. Masalan, ichkilikbozlikka berilgan ayrim oilalardagi bolalarda ba’zi bir irsiy ko’chib o’tadigan ruxiy kasalliklarga chalinish xollari uchraydi. Sog’lom kishilar farzandlarida aqliy faoliyat darajasi va sifati yuqori bo’lishi kuzatiladi. Jismoniy va ruxiy sog’lom bo’lgan kishilarda ma’lumotlilik hamda bilish jarayonlarining rivojlanishi ko’p jihatdan ular qanday sharoitda o’qitilayotganligi yoki qanday sharoitga qo’yilganligi bilan belgilanadi.
Bizning talim-tarbiya tizimimiz hamma o’quvchilar uchun bir xil imkoniyatlar yaratadi. Shu bilan birga har bir kishida mavjud bo’lgan iqtidor, qobiliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratiladi, o’quvchilarga ularning individual o’ziga xosliklarini hisobga olgan xolda tabaqalashtirilgan xolda yondashuvni inkor etmaydi. Qobiliyatlar namoyon b’lishi uchun esa uning egasi ko’p mehnat qilishiga to’g’ri keladi .
Xalqimizda «Qush uyasida ko’rganini qiladi» degan maqol bor. Har bir bola birinchi tarbiyani o’z ota-onasidan, oila a’zolaridan, o’z atrofidagi yaqin kishilardan oladi. Oiladagi ijobiy muhit, oila a’zolarining o’zaro munosabatlari, bir-biriga bo’lgan hurmat va e’tibor, mehribonlik, o’zaro yordam va ularning musiqaga bo’lgan munosabatlarini bolalarda dastlabki tushuncha va ko’nikmalarining rivojlanib borishida asosiy o’rin tutadi. Bolalar shaxsi uning faoliyati jarayonida tarkib topdi. Zotan, o’quvchining faoliyati juda maroqii, o’ziga xos go’zal va shakl jihatidan rang-barangdir. Bu xil fazilatlar bolalarga xos bo’lgan doimiy extiyojga aylangandagina ulardagi faollik yanada ortadi. Maroqli va ma’naviy zavq beruvchi ana shu go’zal tuyg’u bolalar va o’quvchilarning ayniqsa, nafosat tarbiyasiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Binobarin, bolada namoyon bo’ladigan ilmiy badiiy-estetik tarbiya muhim ma’naviy go’zallikka puxta, zamin hozirlaydi.
Bolalar yoshlik xususiyatlarini e’tiborga olib uni ilk yoshidan tashkil qilish va yo’naltirish - pedagog vazifasidir. Aks xolda bola rivojlanishida orqada qolish seziladi. Misol uchun bolalarni ilk yoshida musiqaviy tovushlarning balandligi bo’yicha ajratib borishga o’rgatilmasa u yetti yoshida bu vazifa-larni uddalay olmaydi.
Musiqaviy rivojlanishning muhim xususiyatlari quyidagilardir:
-eshitish sezgisi, musiqaviy eshitish qobiliyati;
-har xil xarakterdagi musiqalarga emotsional munosabatning sifati va darajasi;
Qo’shiq kuylashda, musiqaviy ritmik harakatlar bajarishda oddiy ko’nikmalar hosil qilish.

Download 164,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish