I bob. Inflyatsiyani targetlash siyosati


I.BOB. INFLYATSIYANI TARGETLASH SIYOSATI



Download 147,2 Kb.
bet2/12
Sana20.06.2022
Hajmi147,2 Kb.
#683368
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1.INFLYATSIYANI TARGETLASH SIYOSATI.

I.BOB. INFLYATSIYANI TARGETLASH SIYOSATI,
1.1.Jahon amaliyotida namoyon bo’lishi.
Jahon amaliyoti mamlakatda olib borilayotgan pul – kredit siyosatining ko’p qirrali bo’lmasligi bir qancha kutilmagan salbiy oqibatlarga ham olib kelishi mumkinligidan dalolat beradi. Ko’plab rivojlangan mamlakatlar tajribasida ham yo’l qo’yilgan xatoliklardan biri sifatida ularning pul – kredit siyosatlarini ko’p hollarda faqatgina inflyatsiya sur’atlarini tushirishga qaratilganligida ko’rishimiz mumkin. Darhaqiqat, ushbu tarzda olib borilgan siyosat o’z samarasini berishi o’laro, mamlakatda deflyatsiya olatini yuzaga keltira boshladi. 2003 yil may oyida “Yaponiya moliyachilar va iqtisodchilar jamiyati”da so’zga chiqgan AQSh Federal Zaxira Tizimi raisi B.Bernanke o’z nutqida deflyatsiyaning o’tkir fazasini boshdan kechirayotgan mamlakatlar uchun pul – kredit siyosatining miqdoriy yo’nalishlarini (inflyatsiyani targetrlash yoki narxlarni miqdoriy aniqlash) qanchalar muhimligini ta’kidlab o’tgan edi. 1990 yillar boshlariga kelib inflyatsiyani barqarorlashtirishning an’anaviy metodlari, shu qatori pul agregatlarini targetlash metodi ham globallashuv sharoitida, shuningdek moliya sohasida ham o’zining kam samaraliligini ko’rsatdi. Mamlakatlar sekin-asta inflyatsiyani targetlash siyosatiga o’ta boshladilar. 1990 yil Yangi Zelandiya Zaxira Banki (YaZZB) ilk bor inflyatsiyani targetlash siyosatini qo’llashni boshlaganini rasman e’lon qildi. Inflyatsiyani targetrlash siyosatiga o’tishning belgisi sifatida hukumatni yoki Markaziy bankning kelajakda inflyatsiyani yoki narxlarning o’sishini bir maromda ushlab turilishini e’lon qilishini kuzatish mumkin. Shuningdek, inflyatsiyani targetlashda narxlarni “qotirib qo’yish” emas, balki ularni bir maromda o’sishini ta’minlash nazarda tutiladi. Agar inflyatsiyani targetlash siyosatini narxlarni “qotirib qo’yuvchi” yoki uning “temir qolipi” sifatida qabul qilsak, bu avvalo, mamlakatda zarur bo’lmagan hollarda ham qattiq pul – kredit siyosatini olib borishga majbur “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2014 yil 2 www.iqtisodiyot.uz qiladi. Bu esa o’z o’zidan iqtisodiyotning barcha sektoriga zanjirsimon salbiy ta’sirini ko’rsatishi mumkin. Glenn Rudebush va Karl Uolsh bergan ta’rifga ko’ra, inflyatsiyani targetlash – bu ommaga e’lon qilingan inflyatsiya maqsadli ko’rsatkichlariga erishish borasida Markaziy bank tomonidan olib boriladigan pul – kredit siyosati doirasida qaror qabul qilish uchun lozim bo’lgan modeldir.[4] Bu Markaziy bank tomonidan inflyatsiya maqsadli ko’rsatkichlariga erishish uchun qabul qilinadigan, pul – kredit organlari uni nazorat qilishga mas’ul bo’lgan operastsion instrumentdir. Inflyatsiyani targetlash siyosatini qo’llagan mamlakatlarning maqsadi bir bo’lishiga qaramasdan amaliyotda ularni qo’llashga majbur qilgan sabablar birbiridan keskin farq qilishini ko’rishimiz mumkin.
Masalan, Germaniyada inflyatsiyani targetlash siyosatiga o’tishning sababi bo’lib, qat’iy belgilangan valyuta kursidan voz kechish siyosati hizmat qilgan bo’lsa, Kanada uchun esa ushbu holat pul massasini targetlash siyosatini qo’llashdagi omadsizliklar tufayli inflyatsiyani targetlash siyosatini qo’llash joriy qilingan. Buyuk Britaniyaning inflyatsiyani targetlash siyosatiga o’tishiga turtki bo’lgan asosiy sabablardan biri bu pul massasini targetlashdagi omadsizliklar, hamda “evro zonasi”dagi ishtiroki majbur qilgan. Inflyatsiyani targetlash siyosatini qo’llaganda, inflyatsiya darajasining eng maqbul darajasi sifatida 3% va undan kam bo’lgan sur’atlar ko’rsatiladi. Lekin, shunday bo’lsada bu ko’rsatkich nol darajaga tushmasligi kerak.
Chunki, inflyatsiyani nol darajada ushlab turilishi mamlakatda deflyatsiya olatini keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan xavfni kuchaytiradi. (1-jadval) Inflyatsiyani targetlash siyosatini qo’llovchi mamlakatlar № Mamlakatlar nomi Inflyatsiyani targetlash siyosatiga o’tish sanasi Inflyatsiyani targetlash siyosatiga o’tish davrida inflyatsiya sur’atlari (%) 2011 yilga inflyatsiyani o’rtacha yillik ko’rsatkichlari 2012 yilga inflyatsiyani o’rtacha yillik ko’rsatkichlari Pul – kredit siyosatining avvalgi maqsadli ko’rsatgichi Rivojlangan mamlakatlar 1. Yangi Zelandiya 1990 3.3 2.3 4.5 Yo’q 2. Kanada 1991 8.9 1.8 2.8 Yo’q 3. Buyuk Britaniya 1992 4 3.7 4.2 Almashuv kursi 4. Avstraliya 1993 2 2.8 3.4 Yo’q 5. Shvetsiya 1993 1.8 1.4 2.5 Almashuv kursi 6. Shveytsariya 2000 1.6 0.7 0.4 Pul taklifi 7. Islandiya 2001 4.1 5.4 2.8 Almashuv kursi 8. Norvegiya 2001 3.6 2.5 1.4 Almashuv kursi “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2014 yil 3 www.iqtisodiyot.uz Rivojlanayotgan va o’tish davridagi mamlakatlar 1. Chexiya Respublikasi 1997 6.8 1.5 1.9 Almashuv kursi va pul taklifi 2. Isroil 1997 8.1 2.7 3.2 Almashuv kursi 3. Polsha 1998 10.6 2.6 4 Almashuv kursi 4. Chili 1999 3.2 1.4 3.3 Almashuv kursi 5. JAR 2000 2.6 4.1 5 Pul taklifi 6. Janubiy Korea 2001 2.9 3 4 Pul taklifi 7. Meksika 2001 9 4.2 3.5 Pul taklifi 8. Fillipin orollari 2002 4.5 3.8 5.3 Almashuv kursi va pul taklifi Manba: Jadval Roger (2010), Schmidt-Hebbel (2009), Monetary Bulletin 2007G’2 (Bank of Iceland) materiallari asosida mualliflar tomonidan tuzilgan. Inflyatsiyani maqsadli yo’nalishlarini tanlashda nazariy jihatdan olib qaraganda inflyatsiyaning nol darajasi bilan mos tushuvchi “narxlar barqarorligi” kategoriyasini aniqlash muammosi vujudga keladi. Amaliyotda iste’mol narxlari doimo oz bo’lsada (masalan, 2% ga) ko’tarilib turadi. Maqsadli yo’nalish doirasida iste’mol narxlari pasaytirish (masalan, 1% ga) ech anday ahamiyatli imkoniyatlarni bermaydi, faqatgina unga ilingan xarajatlar ajmi ko’payadi.
Targetlashning muhim omili inflyatsiyaning maqsadli yo’nalishlarining tebranish chegaralarining mavjudligidir. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shundan guvohlik beradiki, maqsadli yo’nalishlarning eng maqbul chegaralari inflyatsiya darajasini mamlakatda 1% dan oshmasligidir. Inflyatsiya sur’atlarini bunday darajada ushlab turilishiga maqbul holat ekanligiga sabab, ularda qisqa muddatli tebranishlarga dosh bera olish qobiliyatining yuqoriligidir. Inflyatsiya darajalari maqsadli yo’nalishlari chegaralarining kengayib borishi esa bozor ishtirokchilari tomonidan inflyatsiyani barqarorlashtirish siyosatini olib borishda ishonchning etishmasligi kabi salbiy holatlar bilan kuzatiladi. Inflyatsiyani targetlash vaqtinchalik chegaralari mamlakatdagi inflyatsiya sur’atlariga bog’liq bo’ladi. Avvaliga, (Yangi Zelandiya va Kanada) inflyatsiya darajalari maqsadli yo’nalishlariga erishish muddati 18 oy deb belgilangan edi. Keyinchalik, bu muddat 12-18 oyga, keyinroq inflyatsiyani targetlashning o’rta muddatli holatiga to’g’ri keluvchi 5 yillik muddatga o’zgartirilgan edi. Bugungi kunga kelib deyarli 28 ta mamlakat o’zlarining pul – kredit siyosatlarida inflyatsiyani targetlash siyosatidan foydalanib kelmoqdalar. Ulardan 8 tasi rivojlangan, qolganlari esa rivojlanayotgan hamda o’tish davridagi davlatlardir. Inflyatsiyani targetlash siyosatini olib borishda o’tgan yillardagi mamlakatning iqtisodiy holati haqidagi axborotlar va ularning tahlili juda muhim hhisoblanadi.
Chunki, ular iqtisodiymatematik modellarni qo’llagan holda muhim iqtisodiy ko’rsatkichlar “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2014 yil 4 www.iqtisodiyot.uz o’rtasidagi aniq bog’lilikni ko’rsatib berishga hizmat qiladi. Ko’rsatkichlarni talil qilish doirasi, eng avvalo, mamlakat iqtisodiyotini qanchalar keng qamrovliligiga, hamda mavsumiy tebranishlarni hisobga olmagan holda quyidagi ko’rsatkichlarga bog’liq bo’ladi: 1. Real YaIM; 2. YaIM deflyatori; 3. Iste’mol narxlar indeksi; 4. Sanoat ishlab chiqarishning hajmi; 5. Ishsizlik darajasi; ulgurji narxlar; 6. Keng qamrovli pul massasi (M2-M4); 7. Pul massasi (cheklangan doirada) (M0-M1); 8. Markaziy bank hisob (bazaviy) stavkasi; 9. Qisa va uzoq muddatli foiz stavkalari; 10.Hukumat qimmatli qog’ozlari kursi. (2-jadval) Iqtisodiy amkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) ga a’zo mamlakatlarda inflyatsiyaning o’rtacha sur’atlari Targetlash siyosatigacha Targetlash siyosatidan so’ng O’rtacha O’rtacha og’ish O’rtacha O’rtacha og’ish Inflyatsiyani targetlash siyosatini qo’llayotgan (IHTT) (10 ta) 9.21 7.22 3.22 2.03 Inflyatsiyani targetlash siyosatini qo’llamaydigan (IHTT) (16 ta) 7.72 5.09 5.22 2.73 Manba: Mualliflar tomonidan Walsh. Journal asosida tuzilgan.
Yuqoridagi ma’lumotlarga ko’ra, shuni aytish mumkinki, inflyatsiyani targetlash rejimini qo’llaydigan iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a’zo mamlakatlarda inflyatsiyani o’rtacha yillik sur’atlari 9.21 % ni tashkil qilgan bo’lsa, inflyatsiyani targetlash siyosatini qo’llay boshlaganlaridan so’ng ushbu ko’rsatkich sezilarli darajada kamayganligini, ya’ni 3.22% ni tashkil qilayotganini ko’rishimiz mumkin bo’ladi. Bu esa, o’z navbatida amaliyotga joriy qilingan rejimni naqadar samarali ekanligini ko’rsatadi. Shuningdek, tahlil natijasida inflyatsiyani targetlash rejimini qo’llamaydigan davlatlarda ham inflyatsiya yillik sur’atlari kamayib borish tendentsiyasiga ega bo’lgan. Bu ko’rsatkich 1990 yillarda 7.72% ni tashkil qilgan bo’lsa, bugungi kunda ushbu ko’rsatkich darajasi 5.22% gacha tushgan. Lekin, “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2014 yil 5 www.iqtisodiyot.uz kamayish darajasidagi farq inflyatsiyani targetlash rejimni qo’llayotgan davlatlar inflyatsiya sur’atlaridagi kabi katta emas. Inflyatsiyani targetlash o’z ichiga uch bosqichni oladi: Maqsadni tanlash va uni aniqlab olish; Maqsadga erishish uchun barcha kuch va e’tiborni olib borilayotgan siyosatga safarbar etish; Natijani nazorat qilish va unga mas’ul bo’lish. Ushbu instrumentni amaliyotga qo’llash natijasida targetlash monetar siyosatning uchta asosiy aspektiga o’z ta’sirini o’tkazadi: Chegaraviylik; Maqsadlik; Ishontiruvchanlik. Amaliyotda inflyatsion targetlash ikki asosiy xarakterga ega. Aynan mana shu ikki asosiy xarakter inflyatsiyani targetlashni bosha pul – kredit siyosati rejimlaridan ajratib turadi.
1. Markaziy bank narxlar barqarorligiga erishish borasida qaror qabul qiladi va unga amal qilishi majburiydir. Narxlar barqarorligi inflyatsiya bo’yicha ko’rsatilgan miqdoriy ko’rsatkichlarga erishish borasidagi zaruriyatga aylanib qoladi. Belgilangan yo’nalish aniq bir daraja (nuqtaviy ahamiyat) bo’lishi bilan birga yillik inflyatsiya uchun ma’lum bir oraliq ham bo’lishi mumkin. Inflyatsiya bo’yicha nuqtaviy maqsadli ko’rsatkichlarni belgilab olish pul – kredit siyosatining eng birinchi va asosiy maqsadi narxlar barqarorligi eekanligini ko’rsatadi.
2. Pul – kredit siyosatining asosiy maqsadlari bo’lib, ma’lum vaqt oralig’ida inflyatsiyani bashorat qilish hizmat qiladi. Ushbu sababga ko’ra inflyatsiyani targetlashni bazan “Inflyatsiya bashoratlarini targetlash” deb ham yuritiladi. Qisqa muddatli davrda inflyatsiya narxlar va ish haqi bo’yicha tuzilgan shartnomalarga ko’ra belgilanganligi sababli pul – kredit siyosati kutilayotgan kelajakdagi inflyatsiyaga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Yuqorida ko’rsatilgan inflyatsiyaning ikki asosiy xarakteristikasiga ko’ra nima sababdan AQSh Federal Zaxira Tizimi ham, Evropa Markaziy Banki ham inflyatsiyani targetlash rejimini to’laqonli o’z amaliyotida qo’llamasligi aniq bo’ladi. Birinchi holatda, AShQ Federal Zaxira Tizimi inflyatsiya bo’yicha miqdoriy aniqlangan maqsadlarni belgilab oladi xolos. Evropa Markaziy banki esa asosiy e’tiborini M3 pul agregatining o’sishini nazorat qilishga qaratar edi. Lekin, so’ngi yillardagi iqtisodiyotda bo’lib o’tayotgan o’zgarishlarni hisobga olgan holda ko’prqo e’tibor inflyatsiyani targntirlash rejimiga aratilmoda. IT rejimini o’llashda uni mas’uliyat jihatdan va ushbu rejimning egiluvchanligi jiatidan bir necha gurularga ajratish mumkin. “qat’iy targetlash” (strict targeting) deganda inflyatsiyani maqsadli ko’rsatkichlarini ani, ya’ni qat’iy belgilab olish tushuniladi. Bunda pul – kredit siyosatining eng asosiy va aniq maqsadi mana shu belgilangan miqdoriy ko’rsatkichlarga erishish hhisoblanadi. “Egiluvchan targetlash” (Flexible targeting) da esa miqdoriy yo’nalish ma’lum chegaralar oralig’ida “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2014 yil 6 www.iqtisodiyot.uz harakatlanadi.
Bu o’z o’rnida qancha yumshoq majburiyat hhisoblanadi. Inflyatsion targetlash rejimini klassifikastiya qilish borasida XVF iqtisodchilari Alina Karar va Mark Stounlarning bergan ta’riflari inflyatsiyani targetlash rejimiga yanada aniqlik kiritadi. Ularning klassifikastiyasiga ko’ra inflyatsiyani targetlash uchga bo’linadi: [6] To’liq inflyatsiyani targetlash rejimi (full-fledged inflation targeting) Eklektik inflyatsiyani targetlash rejimi (eclecticinflation targeting) Engillashtirilgan inflyatsiyani targetlash rejimi (inflation targeting ligt) To’liq inflyatsiyani targetlashni qo’llaydigan mamlakatlarda bozor ishtirokchilari unga juda ishonch bildiradilar. Inflyatsiya darajalari aniq belgilanadi va unga qat’iy amal qilinadi. Natijada Markaziy bank ham qo’yilgan maqsadga erishish borasida juda katta mas’uliyatga ega bo’ladi va uni amalga oshiradi. To’liq inflyatsiyani targetlash rejimini ilk bor Yangi Zelandiya qo’llay boshlagan. Bugungi kunga kelib esa, to’liq inflyatsiyani targetlash rejimini faqatgina Braziliya, Kanada, Chexiya, Norvegiya, Polsha, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Afrika kabi davlatlar qo’llashadi. Inflyatsiyani targetlash qonunlariga binoan to’liq inflyatsiyani targetlash rejimida maqsadli yo’nalish oralig’i juda ham tor bo’lib, bu ko’rsatkich 0-3% oralig’ida deb belgilangan. Eklektik inflyatsiyani targetlash rejimi inflyatsiyani ma’lum darajada past sur’atlarda ushlab turishga imkon beradi. Lekin, eklektik inflyatsiyani targetlash rejimida maqsadli darajaga erishish borasidagi aniqlik to’li inflyatsiyani targetlash rejimiga qaraganda pastroq bo’ladi. Eklektik inflyatsiyani targetlash rejimini ko’proq yuqori moliyaviy barqarorlikga ega bo’lgan mamlakatlarda qo’llash mumkin. Bu esa o’z o’rnida boshqa iqtisodiy o’sish, to’lov balansi, bandlik kabi makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni ham barqaror ushlab turishga yordam beradi. Eklektik inflyatsiyani targetlash rejimini 20 dan oshiq mamlakatlar amaliyotda qo’llamoda, ular qatoriga Indoneziya, Ruminiya, Singapur, Slovakiya, Shveytsariya, Yaponiya va boshalar. Yengillashtirilgan inflyatsiyani targetlash rejimi o’tish rejimi sifatida am o’llaniladi. Ko’p ollarda inflyatsiyani targetlash rejiminng bu turi rivojlanayotgan mamlakatlarda tuzilmaviy iqtisodiy islohotlar davrida qo’llaniladi. Engillashtirilgan inflyatsiyani targetlash rejimining afzalligi shundaki, belgilangan maqsadli yo’nalish oralig’i juda ham keng bo’ladi va unga erishish majburiy hisoblanmaydi. Markaziy bank tomonidan unga erishish borasidagi siyosati anqiligi juda ham past bo’ladi, shuningdek, unga bo’lgan ishonch darajasi ham past bo’ladi.
Nazariy jihatdan yondashganda inflyatsiyani targetlash rejimini pul – kredit siyosati doirasida qaror qabul qilish borasida qo’llaniladigan model sifatida ta’riflash maqul bo’ldi. Inflyatsion maqsadga erishish Markaziy bank pul – kredit siyosatining qonunlariga binoan ish yuritadi. Ushbu qonun “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2014 yil 7 www.iqtisodiyot.uz o’zida o’ziga xos formulani aks ettiradi, ya’ni pul – kredit siyosati indtrumenti (foiz stavkasi yoki pul agregati) ba’zan YaIM GEPini hisobga olgan holda inflyatsiyani o’zgarishiga javob qaytaradi. Eng mashhur qonunlar qatoriga “Teylor qonuni” va “Xenderson-MakKibbin qonuni” kiradi. Ushbu qonunlar instrumentlari bo’lib, foiz stavkasi hizmat qiladi. Shuningdek, “MakKallama qonuni” ham mavjud bo’lib, uning instrumenti pul bazasi hisoblanadi. Inflyatsiya bashoratlari maqsadli ko’rsatkichdan og’ishni boshlaganda Markaziy bank ham foiz stavkalarini o’zgartira boshlaydi. Bunday pul – kredit siyosatining qonuniyati G. Rudebush va L.Svensson tomonidan “Inflyatsion bashorat asosidagi qonuniyati” deb nom olgan.[5] Shu kabi qonuniyat o’z aksini Yangi Zelandiya, Kanada va Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarda topgan. Inflyatsiyani targetlash analitik model orqali izohlanadi va o’zida ikkita tarkibiy qismni ifodalaydi. Birinchi tarkibiy qism – bu mamlakat iqtisodiyotini qanday harakat qilayotgani va unga pul – kredit siyosati qanday ta’sir qilishini ko’rsatib beradi. Ikkinchi tarkibiy qism Markaziy bankning so’ngi masadlarini aks ettiradi (maqsadli funktsiya). Iqtisod submodeliga ko’ra Markaziy bank YaIMga o’z ta’sirini o’tkaza oladi, ya’ni pul – kredit siyosati instrumentlarining o’zgartirilishi (masalan, qayta moliyalash stavkasining o’zgarishi) ma’lum muddatlardan so’ng YaIMga ta’sir ko’rsata boshlaydi. YaIMning o’zgarishi esa, o’z o’rnida inflyatsiyaga ta’sir ko’rsatadi. Shunday qilib, foiz stavkalarining o’zgarishi yalpi talab va yalpi taklifni o’zgartira qoladi va ma’lum muddatdan so’ng inflyatsiyaning o’zgarishiga olib keladi. Ushbu o’tgan ma’lum muddat pul – kredti siyosatining “nazorat gorizonti” yoki “nazorat muddati” deb nomlanadi. “Nazorat gorizonti” modeli ekzogen o’zgaruvchi sifatida namoyon bo’ladi. Amaliyotda “Nazorat muddati” modeli 1-2 yilni tashkil iladi. Analitik modelning ikkinchi tarkibiy qismi Markaziy bankning maqsadli fukntsiyasidir. U ikki yo’nalishga ega. Birinchidan, Markaziy bank inflyatsiyani belgilangan ma’lum daraja atrofida barqarorlashtirishga harakat qiladi. Ikkinchidan, Markaziy bank iqtisodiy o’sishni ham belgilangan eng maksimal o’sish ko’rsatkichida atrofida barqarorlashtirishi ham mumkin. Inflyatsiyani targetlash “qat’iy rejim”dan “egiluvchan rejim”ga o’tib o’zgarib turishi ham mumkin. Oddiy analitik modelga asoslanib, Markaziy bank ma’lum hattiharakatlarga asoslanadi. Foiz satvkasi shunday darajada belgilanadiki, inflyatsion GEP va YaIM GEP darajalari iloji boricha kam bo’lishi lozim. Shuningdek, maqsadli funktsiyaga mos ravishda jamiyat yo’otishlari xam minimallashtiriladi. Foiz stavkalarining o’zgarishi ma’lum muddatdan so’ng inflyatsiyaga ta’sir ko’rsatar ekan, Markaziy bank inflyatsiyani bashorat qilishni ham inobatga olishi lozim. Markaziy bank foiz stavkalarini shunday darajada belgilaydiki, inflyatsiyani bashorat qilingan darajalari maqsadli darajalarga yaqinroq bo’lishi lozim. Bu narsa o’z o’rnida YaIM uchun ham qo’llaniladi. Inflyatsiyani bashorat ilish pul – kredit siyosatining orqali maqsadi sifatida qaralishi ham mumkin.

Download 147,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish