Kimyo – 2003 yil (Variant).
1. Quyidagi alomatlarning qaysilari elementlarga taalluqli?
1) fosfor to’rt atomdan tashkil topgan tetraedr shaklni hosil qiladi.
2) fosfor III davrning V guruhida joylashgan.
3) fosfor bug’ining zichligi havoga nisbatan 4,28 ga teng.
4) fosforning yadro zaryadi +15 ga teng.
5) fosforning 15 ta elektroni bor.
A) 3,4,5 B) 1,2,3 C) 1,3 D) 2,4,5
2. Quyidagi qatorlardan qaysi biri oddiy moddalardan tuzilgan.
A) mis(I) oksid, azot, suv
B) kislorod, vodorod, temir(II)xlorid
C) vodorod, qaldiroq gaz, natriy oksid
D) xlor, magniy, kaliy
3. Quyidagi jarayonlardan fizikaviy hodisani aniqlang.
1) oltingugurtni suyuqlanishi
2) oltingugurtning yonishi.
3) shisha pishirish.
4) shishani maydalash.
5) shakarning erishi.
6) shakarning ko‘mirlanishi
A) 1-2-3 B) 2-4-5 C) 1-4-5 D) 2-3-6
4. Keltirilgan moddalardan murakkablarini toping.
1) oq fosfor 2) fosfin
3) kalsiy fosfid 4) qizil fosfor
5) fosfat kislota 6) qora fosfor
A) 2-4-6 B) 1-4-6 C) 2-3-5 D) 1-2-5
5. Element tushunchasini aks ettiruvchi ifodani toping.
1) yadro zaryadi bir xil atomlar to’plami
2) mustaqil tura oladigan elektroneytral zarrachalar
3) yadrodagi protonlar soni bir xil bo’lgan atomlar to’plami
4) kimyoviy bo’linmaydigan eng kichik zarracha
5) atomlarning muayyan turi
A) 1, 3 B) 1, 3, 5 C) 1 D) 4, 5
6. Quyidagi moddalar turidan qaysinisi allotropik shakllarga xos?
A) suv, bug, muz
B) suv, tuman, shudring
C) vodorod, xlor, kislorod
D) olmos, karbin, grafit
7. Allotropik shakl o`zgarishlarga ega bo`lmagan moddani aniqlang.
A) uglerod B) fosfor
C) oltingugurt D) vodorod
8. Quyidagi ifodalarning qaysilarida kislorod molekulasi haqida so’z boradi?
1) simob(II)oksid tarkibida kislorod bor
2) havo tarkibida kislorod bor
3) gazometrda kislorod yig’ilgan
4) kislorod suvda yomon eriydi
5) suv tarkibida kislorod mavjud
A) 3, 4, 5 B) 1, 2, 4, 5 C) 1, 2, 3, 5
D) 2, 3, 4 E) 1, 4, 5
9. Allotropik shakl o`zgarishlariga ega bo`lmagan beshinchi guruh elementini aniqlang.
A) uglerod B) fosfor
C) oltingugurt D) azot
10. Qaysi element quyida berilgan hamma berilgan moddalar tarkibiga kirgan?
1) kaliy permanganat 2) kaliy manganat
3) vodorod peroksid 4) bertole tuzi
5) potash 6) kaliy nitrat
7) kaliy xromat
A) kaliy, kislorod B) marganes
C) kislorod D) kaliy
11. Uglerod elementi quyidagi qaysi moddalar tarkibiga kirmagan?
1) karbid 2) ohaktosh
3) osh tuzi 4) chili selitrasi
5) bertole tuzi 6) ichimlik sodasi
A) 1, 2, 3 B) 3, 4, 5 C) 1, 2, 5 D) 1, 2, 6
12. Tarkibida allotropik shakl o`zgarishlariga ega bo`lmagan elementli moddalar qatorini belgilang:
1) ammoniy gidroortofosfat
2) ammoniy digidrofosfat
3) ammoniy xlorid
4) silvinit
5) fosfat kislota
6) ammoniy sulfid
A) 1, 2, 5, 6 B) 3, 4
C) 1, 2, 3 D) 3, 4, 5
13. Qaysi holatlarda kimyoviy elementlar haqida so’z boradi?
1) borning yadro zaryadi +5 ga teng.
2) temir suvda erimaydi
3) soch tarkibida oltin mavjud
4) qonda temir bor
5) ko’pchilik moddalar kislorodda yonadi
A) 1,2,3 B) 2,3,4 C) 2,4,5 D) 1,3,4
14. Qaysi elementlar qatorida allotropik shakl o`zgarishlari ega bo’lgan elementlar bor.
A) kislorod, vodorod, xlor
B) kislorod, fosfor, uglerod
C) ftor, kaliy, kislorod
D) fosfor, azot, vodorod
15. Qaysi moddalarda allotropiya hodisasi mavjud?
1) uglerod 2) azot 3) xlor
4) yod 5) qalay 6) kislorod
A) 1,5,6 B) 1,5 C) 1,6 D) 3,5
16. Quyidagi holatlarning qaysilari to`g`ri?
1) fizik hodisalar kimyoviy hodisalardan farq qilib, fizik hodisalarda molekulalar saqlanib qolmaydi;
2) molekulalar atomlardan tarkib topadi,
3) kimyoviy hodisalarda molekulalar tarkibi o`zgaradi;
4) kimyoviy reaksiyaga kirishgan moddalarning massasi hosil bo`lgan moddalarning massasiga teng bo`lmaydi;
5) molekulalar orasida o`zaro tortilish va itarilish kuchlari mavjud;
6) bir turdagi atomlar boshqa turdagi atomlardan massasi va xossalari bilan farq qilmaydi
A) 1,4,6 B) 3,5,6 C) 2,3,5,6 D) 2,3,5
17. Taklif etilganlar orasidan oddiy moddalar qatoriga kiradiganlarni tanlang?
1) selluloza 2) olmos 3) karbin 4) marmar 5) malaxit 6) ozon
7) fosfin 8) fullerin
A) 1, 4, 5, 7 B) 2, 3, 6
C) 2, 3, 6, 8 D) 2, 6, 7
18. Kimyoviy elementga tegishli bo’lgan xossalarni aniqlang.
1) atom massa 2) zichlik
3) elektron qavat 4) rang
5) yadro zaryadi
6) qaynash va suyuqlanish temperaturasi
7) izotoplar 8) proton va neytronlar soni
A) 1, 3, 5, 7 B) 1, 3, 4, 7, 8 C) 1, 2, 4, 5
D) 2, 5, 6, 8 E) 1, 3, 5, 7, 8
19. Noto`g`ri ifodalarni tanlang:
1) kislorod atomi
2) sirka kislota atomi
3) malaxit atomi
4) olmos – uglerod molekulalaridan tashkil topgan
5) vodorod peroksid -vodorod va kislorod molekulalaridan tashkil topgan
6) osh tuzi natriy va xlor atomlaridan tarkib topgan
7) suv – vodorod molekulasi va kislorod atomidan tashkil topgan
A) 2, 3 ,4, 5, 7 B) 1, 4, 6
C) 1, 4, 5, 6 D) hammasi noto`gri.
20. Oddiy moddaga tegishli bo’lgan xossalarni aniqlang.
1) yadro zaryadi 2) zichlik
3) elektron qavat 4) atom massa
5) izotoplar 6) rang
7) qaynash va suyuqlanish temperaturalari
8) agregat holat
A) 1, 2, 3, 8 B) 2, 5, 7 C) 2, 6, 7
D) 1, 4, 6 E) 2, 6, 7, 8
21. Quyidagi holatlarning qaysilari oddiy moddalarga tegishli?
1) tirik organizmlar kislorod bilan nafas oladi
2) tirik organizmlarda kalsiy va uglerod bor
3) vodorod I gruppaning 1-davrida joylashgan
4) uglerod – qattiq modda.
5) uglerod ikkita elektron qobiqqa ega
A) 3, 5 B) 2, 4 C) 1, 4 D) 1, 4, 5
22. Kimyoviy elementga tegishli bo’lgan xossalarni aniqlang.
1) zichlik 2) rang
3) qaynash va suyuqlanish temperaturasi
4) izotoplar 5) agregat holat
6) elektron qobiq 7) yadro zaryadi
A) 2, 3, 7 B) 1, 2, 5 C) 4, 6, 7 D) 3, 5, 7
23. Oddiy moddalarga tegishli bo’lgan xossalarni aniqlang.
1) zichlik 2) izotoplar
3) atom massa 4) yadro zaryadi
5) modda rangi 6) elektron qobiqlar
7) suyuqlanish va qaynash temperaturalari
A) 1, 2, 7 B) 1, 2, 3 C) 1, 5, 7 D) 5, 6, 7
24. Quyidagilar orasidan oddiy moddalarni tanlang?
1) marmartosh 2) ozon 3) malaxit 4) olmos 5) sellyuloza 6) karbin 7) fosfin
A) 1, 2, 4 B) 2, 4, 6 C) 1, 4, 7 D) 3, 5, 7
25. Quyidagi jumlalarning qaysilarida kimyoviy element haqida fikr yuritilayotganligini aniqlang.
1) inson organizmida kalsiy va uglerod bor
2) tirik organizmlar kislorod bilan nafas oladi
3) vodorod davriy jadvalda 1-davr I guruhda joylashgan
4) uglerod qattiq modda.
5) uglerodda ikkita elektron qavat mavjud
A) 3, 5 B) 2, 4 C) 1, 3
D) 1, 3, 5 E) 1, 4, 5
Do'stlaringiz bilan baham: |