Urganch Davlat Universiteti Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 193-guruh talabasi Ismoilova Gulchehraning “Nutq o’stirish” mavzusidan tayyorlagan mashg’ulot ishlanmasi
Urganch Davlat Universiteti Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 193-guruh talabasi Ismoilova Gulchehraning “Nutq o’stirish” mavzusidan tayyorlagan mashg’ulot ishlanmasi
Mavzu:Nutq o’stirish mashg’uloti
Maqsad:Bolalarga fasllar haqida tushuncha berish va uni mustahkamlash.
Ta’limiy maqsad:Nutqni rivojlantirish,nutq ohangi,ifodasi va ritmi ustida ishlash
Tarbiyaviy maqsad: Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoyiladigan davlat talablari asosida nutqni rivojlantirish,o’qish va savodga tayyorgarlikni amalga oshirish.Kichkintoylarning harflarni to’g’ri talaffuz qilishga,lug’at boyligini orttirishga,voqea va hodisalarga o’z fikrini bildirishga erishish
Kerakli jihozlar:
Mavzuga oid ko’rgazmali qurollar to’plami,yil fasllari tasvirlangan suratlar,Qaldirg’och,olma,chinor barglari surati,qor parchalari, Musiqdan foydalanish uchun tilivezor hamda DVD disk,
Koptok, kichkintoylarni rag’batlantirish uchun o’yinchoqlar
Mashg’ulotni tashkil etish: Bolalar bilan suhbat,Ko’rgazmalilik ,Tushuntirish, savol-javob, Rag’batlantirish,kichkintoylarni bilimlarini mustahkamlash uchun o’yin.
Tarbiyachi: Aziz bolajonlar, o’z joylaringizni egallab olgan bo’lsangiz , sehrli yo’lakchamizga birinchi jamoamizni taklif qilamiz. Har jamoa birma-bir taklif etiladi.Guruh xonasidagi devorga chizilgan suratdan foydalaniladi
Bahor fasli: Bolalarga bahor fasli haqida ma’lumotlar beriladi va jajjilarning nutqini yangi so’zlar bilan boyitiladi . Bu faslda qanday bayramlar nishonlanishi tushuntiriladi . Ular bahor fasli haqida o’rgangan she’rlaridan aytib,joylariga borib o’tiradilar .
Yoz fasli
Tarbiyachi :- “Yoz fasli” jamoasini sexrli yo’lakchaga taklif etamiz
(sexrli yo’lakchada gullar va olmalar bo’ladi. Bolalarga yoz fasli haqida ma’lumotlar beriladi va shu faslga mos bo’lgan she’rlar ayttirilib , joylariga kuzatib qo’yiladi).
Bu mashg’ulotlar orqali bolalar nutqini rivojlantiramiz .Shu mashg’ulotdan keyin tarbiyachi bolalarga fasllar haqida yanada ko’proq ma’lumotlar berib o’tadi.
Bolalar bilimlarini mustahkamlash uchun savollar
Bahor faslida eng avval qaysi qush uchib keladi?
Bahor faslidagi bayramlardan qaysi birini bilasiz?