uzluksiz ta`lim-
malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta`limning barcha
turlarini, davlat ta`lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat
ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi;
fan-
yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi ilg‘or pedagogik va
axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi;
ishlab chiqarish-
kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va
saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash
tizimini moliya va moddiy texnika jihatidan ta`minlash jarayonining qatnashchisi
3
.
«
Ta`lim to‘g‘risida»gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida ta`lim-tarbiya
sohasidagi islohatlar va ta`limning yangi modeli amalga oshib borsa, mamlakatimizda juda
katta o‘zgarishlar sodir bo‘lishi mumkinligini yurtboshimiz quyidagicha ko‘rsatib beradi:
«Ishonchim komil: agar bu islohotni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshira olsak, tez orada
biz hayotimizda ijobiy ma`nodagi «portlash effekti» ga, ya`ni uning samarasiga
erishamiz»
Bu samara natijasida esa quyidagilar yuz berishi nazarda tutiladi:
Birinchidan, ta`lim qonuni va Milliy dasturimizda nazarda tutilgan vazifalar to‘liq amalga
oshgan taqdirda ular ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta`sir qiladi va natijada mamalakatimizda
mavjud muhit butunlay o‘zgaradi.
Ikkinchidan, ta`limning yangi modeli ishga tushgach, insonning hayotdan o‘z o‘rnini topish
jarayoni tezlashadi.
Uchinchidan, ta`limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin Shaxsning
shakllanishiga olib keladi.
To‘rtinchidan, ta`limning yangi modeli jamiyatimizning potensial kuchlarini ro‘yobga
chiqarishda katta ahamiyat kasb etadi, har bir inson o‘zining qobiliyat, iste`dodini ishga sola
oladi.
3
Bаrkаmоl аvlоd- O‘zbеkistоn tаrаqqiyotining pоydеvоri. Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi. T., «Shаrq», 1998y, 41-42 bеtlаr.
Beshinchidan, fuqarolik jamiyati qurilishi ta`minlanadi, model vositasida dunyodan munosib
o‘rin olishga, o‘zbek nomini yanada keng tarannum etishga erishiladi
4
.
Prezidentimiz I.A. Karimov ta`kidlagan «portlash effekti»ga etib borish yo‘lida uchraydigan
qiyinchiliklarni engib o‘tib borish va ularni hal etish masalalari faqat o‘qituvchi-
pedagoglarninggina vazifasi bo‘lib qolmasdan, balki jamiyatimizni to‘liq pedagoglashtirish
muammosini ijtimoiy buyurtma sifatida keltirib chiqaradi. Har bir fuqaro tarbiyashunoslik
asoslari bilan tanishishi, yangi pedagogik vosita, usul va texnologiyalar bilan ta`minlanishi
hozirgi kun talabidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |