1.1. Barkamol avlodni tarbiyalashda ta’limning o’rni
Mustaqillik yillarida O‗zbekiston xalqi iqtisodiyot va ijtimoiy sohada ulkan muvaffaqiyatlarga
erishdi. Natijada jamiyatda yangicha ma‘naviy va axloqiy qadriyatlar shakllanmoqda. Shu
asosda ta‘limning qadriyatlari muntazam to‗ldirib borilmoqda. Islohotlarning asosiy mohiyati —
shaxsga, uning huquqlari, fuqarolik erkinligi, orzu-umidlari, jamiyatdan munosib o‗rnini egallay
olishiga yo‗naltirilganligi ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatda milliy madaniy-tarixiy
va ma‘naviy merosni tiklash va rivojlantirish borasida erishilgan zalvorli yutuqlar bevosita
o‗qitish va ta‘lim jarayonining mazmuni hamda shaklini sezilarli darajada o‗zgartirib yubordi.
Bu shubhasiz, ta‘limni insonparvarlashtirish, shaxsni vatanparvarlik va bag‘rikenglik ruhida
tarbiyalashda ko‘rinadi. Prezidentimiz I.A.Karimov o‘z nutqlarida yoshlarga katta ishonch
bildirib, O‘zbekiston kelajagi yoshlar qo‘lida ekanligini ta`kidlar ekan, avvalo yoshlarni shunday
ishonchga javob bera oladigan insonlar qilib etishtirish o‘qituvchi va tarbiyachilarning,
ziyolilarning fidokorona me
nati bilan bo
liqligini nazarda tutadi.
Jamiyatimiz talab etayotgan har tomonlama etuk, komil insonni tarbiyalashda o‘qituvchining
o‘rni beqiyosdir. Ta`lim to‘g‘risidagi qonunning 5-moddasida tegishli ma`lumoti "kasb
tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan
shug‘ullanish huquqiga ega" ekanligi ta`kidlanadi. Qonun, kadrlar tayyorlash milliy dasturi va
hozirgi kunimiz talabi bo‘yicha o‘qituvchiga qo‘yilgan talablar ham ortib bormoqda.
O‘qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasb. Yaxshi o‘qituvchi bo‘lish uchun pedagogik
nazariyani egallashning o‘zigina yetarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni o‘qitish va
tarbiyalash haqida umumiy qonun qoidalar, umumlashtirilgan uslubiy g‘oyalar bayon etiladi.
Maktab hayoti-amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma-xildir. Pedagogik nazariyaga mos
kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi. Bu esa o‘qituvchidan keng bilimdonlikni, puxta amaliy
tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab etadi.
Hozirgi kun o‘qituvchisi chuqur bilimli, mutaxassislik fanini to‘liq egallagan bo‘lishi bilan
birga buyuk insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan, bolalar va kattalar bilan qiynalmasdan muomalaga
kirisha oladigan, ularning ruhiyatini, holatini tushuna oladigan haqiqiy mohir pedagog bo‘lishi
lozim.
Bunday mutaxassis pedagog-psixolog-amaliyotchi o‘qituvchi uchun kerak bo‘ladigan yuksak
pedagogik mahorat va texnika ko‘nikmalarini egallagan shaxs bo‘lishi kerak.
Mustaqil Respublikamizda ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar milliy ta`lim-
tarbiya tizimini takomillashtirishga, zamon talablari bilan uyg‘unlashtirilgan, jahon andozalari
darajasiga mos «milliy modelni» hayotga tadbiq qilishga, ma`naviyatimizni yanada
yuksaltirishga qaratilgan.
Bu esa o‘z navbatida yoshlarning bilim darajasini kengaytirishni, ma`naviy va intellektual
meroslarimizga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni talab qiladi.
Ma`lumki, bugungi kunda pedagogikani insonparvar pedagogikaga aylantirish ta`lim
sohasining muhim masalasiga aylanib qoldi. Shuning uchun ham ta`limni insonparvarlashtirish
orqali yuzaga kelgan mavjud muammolarni oqilona hal etib borish yangicha ishlashni, yangi
pedagogik tafakkurni shakllantirishni taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta`lim tizimini isloh qilish kelajakda o‘qituvchilik kasbini
egallaydigan yangi avlodni yuqori kasbiy madaniyat, ijodiy va ijtimoiy faollik, ijtimoiy-siyosiy
hayotda mustaqil qatnasha olish qobiliyatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Mazkur vazifalarni bajarishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ahamiyati o‘ta
salmoqlidir.
Mamlakatimiz rahbari I. A. Karimov ta`kidlaganidek: «mustaqillikning dastlabki yillaridanoq
butun mamlakat miqyosida ta`lim-tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o‘rgatish sohalarini isloh qilishga
nihoyatda katta zaruriyat sezila boshlandi»
1
. Yurtimizning kelajagi, uning ertangi taqdiri, ozod
va obod jamiyat qurilishiga erishishimiz ham ma`lum ma`noda shu islohatlarning natijasiga
boglik edi. «Chunki ta`lim-tarbiya- ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini
ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta`lim-tarbiya tizimini o‘zgartirmasdan turib ongni
o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib esa biz ko‘zlagan oliy maqsad-
ozod va obod jamiyat barpo etib bo‘lmaydi»
2
degan yurtboshimizning fikrlaridan ta`lim-tarbiya
islohati, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga erishish mamlakatimiz taraqqiyotini ta`minlovchi
asosiy omillardan biri ekanligini bilib olishimiz mumkin.
Ta`lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan tub islohatlarning asosiy yo‘nalishlari:
ta`lim tizimini, mazmunini isloh qilish;
ta`lim-tarbiya boshqaruvini isloh qilish;
ta`limning bozor iqtisodiyotiga asoslangan mexanizmini yaratish;
ota-ona, o‘qituvchi. O‘quvchining ta`lim jarayoniga bo‘lgan yangicha qarashlarini
shakllantirish;
va bu islohatlarning bosh harakatlantiruvchi kuchi yangi pedagogik texnologiyani
amaliyotga tadbiq etishdan iborat.
1
I.Kаrimоv. Jаmiyatimiz mаfkurаsi хаlqni-хаlq, millаtni-millаt qilishgа хizmаt etsin. «Tаfаkkur»jurnаli, 1998y, 2-sоn, 29 bеt.
2
O’shа jоydаn. 29-30 bеt.
Do'stlaringiz bilan baham: |