1.Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi sifatida.
Tarbiya amaliyotida, asosan, inson mehnat faoliyatida qo‘llaydigan harakatlarini ko‘proq mashq qiladi. Jismoniy mashqning rivojlanishida diniy marosimlar, bayramlardagi o‘yinlar, raqslar, harbiy faoliyatdagi, sanoatdagi ongli ravishda bajariladigan ixtiyoriy harakatlar vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Jismoniy mashqlar tabiatini tabiiy qonunlar I.M. Sechenov va I.P. Pavlovning ilmiy dunyo qarashlarida ochib berilgan. Ixtiyoriy harakat Sechenovning fikricha, ong va aql bilan boshqariladi hamda biror maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Pavlov esa harakatlarni fiziologik mexanizmini ochib,harakatlar bosh miya pustloq qismining to‘plash xususiyati bilan bog‘liqligini birinchi, ikkinchi signal sistemasi, shartli hamda shartsiz reflekslarning aktiv ishtirokida vujudga kelishligini ilmiy isbotladi.
Jismoniy mashqlar xillarining ko‘payishiga insonning mehnat faoliyati ham ta’sir ko‘rsatdi. Ma’lumki, mehnat jismoniy kuch, chidamlilik, tezkorlik, chaqqonlik-dek insonning jismi (harakat) sifatlarining ma’lum darajadagi tayyorgarligi, uning rivojlanganligini talab qiladi. Jismoniy mashqlar, jismoniy tarbiya qonuniyatlariga muvofiq ravishda foydalaniladigan siljish harakatlari insonni jismoniy tarbiyalashning o‘ziga xos vositasidir.
Har qanday harakatni jismoniy mashq deb atash mumkin emas. Faqat jismoniy tarbiya vazifalarini echishga qaratilgan va uning qonunlariga bo‘ysungan harakatlar jismoniy mashqlarni tashkil etadi.
“Jismoniy” so‘zi aqliy tarbiyadan farqli ravishda bajariladigan ishning xususiyatini aks ettiradi, sirtdan qaraganda, makon va zamonda inson tanasi va uning qismlari o‘zgarishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Haqiqatan ham, jismoniy mashq – bu iroda aktidir, u ong vazifalaridan iborat bo‘lib, umuman insonga ta’sir ko‘rsatadi.
“Mashq” so‘zi insonning jismoniy va ruhiy xususiyatlariga ta’sir o‘tkazish maqsadi bilan harakatlarni takrorlashga yo‘naltirilganligi va bu harakatni bajarish usullarining mukammallashtirilishini bildiradi.
Jismoniy mashqlar - kishi ning jismoniy taraqqiyot darajasini oshirish uchun maxsus tanlangan harakatlar. Jismoniy mashqlar muntazam va izchil bajariladigan jismoniy tarbiyaning asosini tashkil etadi. Jismoniy tarbiya amaliyotida tarkib topgan Jismoniy mashqlar (odamning mehnat, turmush, harbiy faoliyatidan olingan harakat va amallar asosida — yugurish, sakrash, irgʻitish, tosh koʻtarish, suvda suzish va b.) gimnastika, yengil atletika, ogʻir atletika, harakatli va sport oʻyinlari, sport turizmi va h.k.ni keltirib chiqardi. Ilmiy asosda tanlangan Jismoniy mashqlar barcha harakat organlarining faoliyatini yaxshilaydi, mehnat qobiliyatini oshiradi. Jismoniy mashqlar turlari toʻgʻri va aniq tasnif qilinishni taqozo etadi. Shunda ulardan koʻzlangan samaraga erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |