Tarkatma materiallardan namunalar:
1-tarqatma material
Qiymat shakllari
Nisbiy
Ekvivalent
Oddiy , tasodifiy
1 Qop don
1 ta bolta
To’la yoki kengaytirilgan
20 metr bo’z
1 ta kostyum yoki
2 qop don
2 ta bolta
Umumiy
1 ta kostyum
2 qop don
2 ta bolta
20 kg tuz
Pul
20 metr bo’z
1 ta kostyum
2 ta bolta
5 gr oltin
Pulning kelib chiqishi haqida
yondashuvlar.
Ratsionallik
Evatsyulion
Ratsionallik yondashuv asoschilar
pulning kelib chiqishini kishilar
o’rtasida kelishuv tufayli yuz bergan.
Bu yondashuv XVIII asr oxirlarida
hukm surgan:sub’ektiv – psixologik
yondashuv.
Evalyutsion yondashuvda pul
jamiyatning ijtimoiy – iqtisodiy
taraqqiyoti mahsuli deb qaraladi.
2-tarqatma material
Pulning funktsiyalar
Pul bu –umumiy ekvivalent rolini o’ynovchi maxsus tovar.
2-tarqatma material
Hozirgi zamon pul tizimida pulning funktsiyalari
Hukumat tomonidan belgilangan har qanday tovar (xizmatga) ayirboshlash yoki qarz
to’lashga qilinadigan har qanday vosita (narsa) pul deyiladi.
Qiymat o’lchovi tovar va xizmatlarning
almashuv qiymati vositasida
hisoblanadi.Resurs xarajatlari daromad-lar
hisoblanadi.
Jahon puli. Pullar xalqaro miqiyosda
o’z milliy liboslarini echib,quyma oltin
sifatida ishlatilgan.
Pulning funktsiyalari
(metall pul)
Muomala vositasi tovar xizmatlar oldi-
sotdi qilinadi.
To’lov vositasi nasiyaga olinadi to’langan
turli xil to’lov
Jamg’arish vositasi pul muoma-ladan
chiqarilsa xozirgi to’p-lash funktsiyasi. Boylik
sifati-da pul to’planadi.
Qiymat o’lchovi. Qadr-qimmat
o’lchovi sifatida tovar va
xizmatlarning qiymati o’lchanadi
Jamg’arish vositasi 100%
likvidlikka ega boylik sifatida
saqlanadi.
Pulning funktsiyalari
(hozirgi zamon pul tizimi)
Ayriboshlash va tulov vositasi. Har qanday
tovar va xizmatlar uchun pul
to’lanadi
Javoblar:
Asosiy tayanch tushchunchalar:
1B; 2V; 3A; 4G; 5E; 6D; 7E.
Masala va mashqlar:
1)a), b), d), e) - noiqtisodiy ne’matlar
c), f), g) - iqtisodiy ne’matlar
2. Naflilik – bu tovarning insonning ehtiyojini qondirish xususiyati. Ma’naviy-axloqiy
jihatdan berilgan baholar qanday bo’lishdan qat’iy nazar uni hisobga olinmaydi.
3.Sizni mulkingiz likvidli. Lekin inflyatsiya, noaniqlik sharoitida mulkni asosiy qismini
likvidliligiga qarab saqlashning ma’nosi yo’q.
T/N
1T, 2T, 3N, 4N, 5T.
Testlar:
1d, 2a, 3b, 4a, 5c, 6d, 7a, 8e.
Muomalaga chiqarilishi shakliga
ko’ra
Ishlatilishi qanday
tarzda amalga
oshirilishiga ko’ra
Muomalada
ishlatilishi miqyosi
jihatidan
Pul turlari
Naqd pullar
Aniq shakl-
sham
oyilga e
ga bo’l
gan, q
o’ldan-
qo’lga o’tuvchi
pullar
Naqd bo’lm
agan pull
ar
pullar
Bankdagi bi
r joriy hisob
varaqdan
ikkinchisiga
kqchirib yozish orqali
harakat qilu
vchi pullar
Milliy pullar
Mam
lakatning o’z puli
Xalqaro yok
i baynalm
in
al
pullarMaxsu
s jahon puli
yo’q.
Lekin bu rolni erkin konvertir-
lanadigan p
ullar o’ynaydi
Qog’oz pulla
r
Qabul qilingan qonunga
muvofiq
yirik
pullar
Tanga pulla
r
Odatda m
uom
alada ishla
ti-
ladigan
m
ay
da
pullar
Elektron pullar
Kredit karto
ch-kalari
VII BOB. BOZOR IQTISODIYOTI VA UNING
UMUMIY TASNIFI. BOZOR IQTISODIYOTIDA
NOANIQLIK VA RISK
Kishilik jamiyatining hayoti ehtiyojlarini qondirish bilan chambarchas bog’liq.
Resurslarni cheklanganligi muammosi esa ulardan samarali foydalanishni zarur qilib qo’yadi.
Ikkinchi tomondan esa jamiyat a’zolari erkin, demokratik tamoyillarga asoslangan hayot
kechirishni istaydilar. Tarixiy tajriba shuni ko’rsatdiki, insoniyat bunday maqsadiga erishish
yo’lini aralash iqtisodiyot tizimini barpo qilish orqali topibdi.
Rivojlangan mamlakatlarning xo’jalik yuritish tajribasi buni tasdiqladi. Bozor iqtisodiyoti
imkoniyati boshqa tizimlarga nisbatan keng va afzal ekanligi sababli barcha mamlakatlar shu
yo’lni tanlashdi. Lekin bu bozor hamma dardga davo, hamma mkammolardan qutqaruvchi
degani emas. Bozorning ijobiy tomonlari bilan birga salbiy tomonlar ham xos.
Ma’lumki, aralash iqtisodiyotni bir guruh iqtisodchilar bozor iqtisodiyoti sifatida
boshqalari esa bozor iqtisodiyotining yuqori bosqichi sifatida qarashadi. Xar ikki qarashni
hisobga olgan holda bizda ko’proq bozor iqtisodiyoti atamasi ko’llaniladi.
Navbatdagi bob aynan bozor iqtisodiyotning mazmuni, bozor iqtisodiyotining rejali
iqtisodiyotdan farqlari, afzalliklari bilan bir qatorda kamchiliklarini o’rganishga qaratilgan. U
umuminsoniy iqtisodiyot, shu bilan birga noaniqlik uning yo’ldoshi ekanligini, faoliyat yuritish
risk bilan bog’liqligini tadqiq etamiz.
1-§. Bozor iqtisodiyoti va uning vujudga kelishi.
Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari
Kishilik jamiyati taraqqiyoti bozor iqtisodiyotini umuminsoniy iqtisodiyot ekanligini
ko’rsatdi.
Bozor iqtisodiyoti ko’p asrlardan buyon mavjud bo’lib, taraqqiyotning hozirgi
bosqichidagina umuminsoniy qadriyat darajasiga ko’tarildi.
Bozor iqtisodiyoti o’z rivojlanishida quyidagi bosqichlarni bosib o’tdi. Dastlabki,
«kurtak», erkin, tartibga solinuvchi, deformatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti.
1. Dastlabki, «kurtak» bozor iqtisodiyoti. Bu bosqichda bozor iqtisodiyoti endigina
shakllana boshlaydi. Bozor munosabatlari, aloqalari tasodifiy yuz berib, bir tovarni ikkinchi
tovarga
ayirboshlash tarzida yuz beradi. Lekin shu paytdanoq bozor katta rol o’ynay boshlagan. Jamiyat
a’zolarining tabaqalanishiga, u yoki bu tovarni ishlab chiqarishni rivojlantirishga ahamiyat berish
boshlangan.
2. Erkin, stixiyali rivojlanuvchi bozor iqtisodiyoti. U tarqoq, bir-biridan ajralgan,
ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar maqsadi va harakati bir-biri bilan oldindan mutlaqo
kelishilmagan faoliyatdan iborat. Albatta, erkin-stixiyali bozor iqtisodiyotining ham dastlabki
bosqichi bilan keyingi klassik bosqichi o’rtasida farq bor. Lekin, umuman olganda, klassik bozor
iqtisodiyoti qator xususiyatlari bilan ajralib turadi:
1.Bozor munosabatlari qatnashchilarining miqdori cheklanmagan, ular o’rtasida erkin
raqobat kurashi mavjud.
2.Jamiyatning barcha a’zolari xohlagan xo’jalik faoliyati bilan shug’ullanishlari mumkin.
3.Ishlab chiqarish omillarining yuqori darajada safarbarlik imkoniyati mavjudligi:
kapitalning ko’chib yurishiga to’sqinliklar yo’q.
4.Bozordagi o’zgarishlar to’g’risidagi axborotlarni olish imkoniyatining kattaligi.
5.Bir turdagi tovarlarning absolyut darajada o’xshashligi (savdo markasi yo’q).
6.Monopoliyalar yo’q, bozorga, uning faoliyatiga davlat aralashmaydi.
8.Noma’lum bozor uchun ko’r-ko’rona ravishda tovar ishlab chiqarish, ularning sotilish-
sotilmasligining noma’lumligi.
9.U o’z navbatida iqtisodiyotni qiyinchiliklarga, iqtisodiy tanglik va buhronlar, iqtisodiy
talafotlar orqali rivojlanishiga olib keladi.
10.Yakka, individual xususiy mulkning hukmron bo’lishi, mulk-ning ozchilik qo’lida
to’planishi, natijada:
a) odamlarni o’ta boy va o’ta kambag’al tabaqalarga ajralishiga olib keladi;
b) g’irrom raqobat olib borish uchun muhit yaratadi.
Erkin, stixiyali rivojlanuvchi bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarilgan tovarlar
miqdori, sifati jihatidan talabga mos kelishi yoki kelmasligi, ularga sarflangan xarajatlar
belgilangan narx bilan qoplanib, foyda ko’riladimi yoki yo’qmi bozorda aniqlanadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlanishi bilan ishlab chiqaruvchilar xaridor talabiga moslashish
yo’llarini qidiradilar.
Lekin, umuman olganda, erkin bozor bu — abstraktsiya. Xaqiqatda to’liq erkinlik yo’q,
bo’lishi mumkin ham emas. Faqat iqtisodiyot yutuqlarini anglash, mavjud yuridik qonunlarni
bilish aso-sidagina o’z faoliyatini eng ko’p foyda oladigan tarzda yo’lga qo’yish mumkin.
To’liq iqtisodiy erkinlikning bo’lishi mumkin emas, lekin iqtisodiyot rivojlanishini
taminlaydigan darajada etarli erkinlik mavjud.
3.Kishilik jamiyati uzoq tarixiy taraqqiyot natijasida erishgan iqtisodiyot — bu
tsivilizatsiyalashgan (tartibga solinadigan) bozor iqtisodiyotidir.
Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotida davlat kutilmaganda yuz beradigan tangliklarni
yumshatish uchun chora-tadbirlar belgilash orqali ta’sir ko’rsatadi. Albatta, bu chora-tadbirlar
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyat erkinligini, ijodiy mehnat va tashabbuskorlikni cheklashga
olib kelmasligi kerak.
Tsivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiyotining ham o’ziga xos belgilari bor:
1.Xususiy mulk bilan bir qatorda boshqa mulk shakllari ham mavjud bo’ladi.
2.Ishlab chiqarish bozor talabini hisobga olgan holda olib boriladi. Marketing muhim rol
o’ynaydi. Noma’lumlik kamayadi.
3.Xalol raqobat asosiy o’ringa chiqadi, uning madaniy usullari qo’llaniladi.
4.Iqtisodiyot sub’ektlari o’rtasida uzoq davrga mo’ljallangan doimiy aloqalar, o’zaro
manfaatli sherikchilik munosabatlari qaror topadi.
5.Davlat iqtisodiy hayotga aralashib, iqtisodiyotni tartiblashda qatnashishi tufayli chuqur
iqtisodiy tangliklar yuz bermaydi. Agarda ular yuz bersa ham undan tezda chiqib ketish chora-
tadbirlari belgilanadi.
6.Iqtisodiyot yuksak darajaga erishganda jamiyat boy bo’ladi, shuning uchun tadbirkorlar
faqat boy bo’lish uchun emas, balki obro’-e’tibor qozonish, hurmatga sazovor bo’lish uchun ham
harakat qiladilar.
7.Iqtisodiyot ijtimoiy yo’naltirilgan, kambag’allarga yordam berish, ommaviy
farovonlikni ta’minlashga qaratilgan bo’ladi.
8.Odamlarning iqtisodiy tabaqalanishi cheklanadi. Jamiyatda o’ziga to’q o’rta hol aholi
asosiy qatlamni tashkil qiladi.
Tsivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti sharoitida tartibga solish faqat bozorning salbiy
oqibatlarini cheklashga qaratiladi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkin, bozor iqtisodiyoti
sharoitida bozor, avvalo, o’zini-o’zi tartibga soladi, undan tashqari, davlat ham iqtisodiyotni
tartibga solishga ta’sir ko’rsatadi.
Bozorni boshqarishda iqtisodiy, tashkiliy-ma’muriy va nihoyat, ijtimoiy-pxisologik
usullar qo’llaniladi.
Faqat, iqtisodchi V. Leontev ko’rsatganidek, eng muhimi bozorni o’zini-o’zi boshqarish
bilan davlat tomonidan tartibga solishning optimal darajasini topishdir. Xozirgacha bu talabga
ideal darajada javob beradigan davlat yo’q.
Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning haddan tashqari aralashuvi bozor
iqtisodiyotining deformatsiyalashuviga olib keladi.
4.Deformatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti. Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan
totalitar, markaziy rejalashtiriladigan tizim deformatsiyalashgan bozor iqtisodiyotiga eng yorqin
misol bo’la oladi. U o’zining quyidagi jihatlari:
1.Turli mulk shakllariga asoslangan bozor sub’ektlarining yo’qligi.
2.Resurslarni taqsimlash haddan tashqari markazlashtirilib, tijorat faoliyatida
mustaqillikning yo’qligi.
3.Ishlab chiqarishda monopoliyalarning hukmronligi.
4.Talab va taklif muvozanatining buzilishi, uning borgan sari kuchayib borishi.
5.Milliy ishchi kuchi bozorining yo’qligi.
6.Tovar-pul munosabatlarining deformatsiyalashuvi, nobozor munosabatlarning ustunligi.
7.Samarali xo’jalik faoliyati yuritishga intilishning yo’qligi, barcha sub’ektlar iqtisodiy
manfaatlarining deformatsiyalashuvi va boshqalar bilan xarakterlanadi.
Natijada:
a)tovar taqchilligi kuchayadi;
b) iste’molchilarning tanlab olish imkoniyati tobora cheklana boradi;
v)«pinhoniy iqtisodiyot», chayqov bozori tobora gullab-yashnab boradi.
Bozor iqtisodiyoti deformatsiyalashuvini tugatish orqaligina, bozorning rivojlanishi
uchun normal sharoit yaratilgan taqdirdagina uning salbiy oqibatlarini tugatish mumkin.
Bozor iqtisodiyotining ibtidoiy hamda madaniylashgan bosqichlari o’rtasida katta farq
mavjud. Bozor iqtisodiyoti etuklik bos-qichiga ko’ra o’zining sifat belgilari bilan farq qiladi.
Bozor iqtisodiyotining mohiyati uning asosiy belgilarida namoyon bo’ladi. Ular
quyidagilar:
1.Bozor iqtisodiyoti mulkchilikning turli-tumanligiga asoslanadi. Xar qanday
jamiyatning iqtisodiy asosi, iqtisodiy tizimi mulkchilikdan boshlanadi. Mulk egasi bo’lish yoki
bo’lmaslikka qarab, jamiyatda har bir kishining mavqei, ya’ni sotsial maqomi yuzaga keladi.
Barcha mulk shakllari tengligini ta’minlash asosida mulk monopoliyasi (yakka
hokimligi)ga yo’l qo’yilmaydi. Mulk shakllari cheklanmagan holda rivojlanadi. Mulk shakllariga
xos tarzda xo’jalik yuritish usullari ham turli-tuman bo’lib, bu o’z navbatida birinchidan, har bir
insonning tabiat in’om etgan aql-zakovati, farosati va boshqa xislatlariga ko’ra faoliyat turini
erkin tanlash imkonini beradi. Mulkchilik turli shakllarining mavjudligi va ularning tengligi
iqtisodiy plyuralizmning asosidir. Ikkinchidan, mulkchilikning turli-tumanligi jamiyatda raqobat
kurashi bo’lishi uchun zarur muhit yaratadi. Bularsiz jamiyat taraqqiyotiga erishib bo’lmaydi (IB
bob).
2.Bozor iqtisodiyoti erkin iqtisodiyot. Iqtisodiy faoliyat erkinligining asosi ishlab
chiqarish omillari va yaratilgan tovarlarning mulk ob’ekti, mulk egalarining esa mustaqil
bo’lishidir.
Xar bir kishi mavjud qonunlarni buzmay xohlagan iqtisodiy faoliyati bilan shug’ullanishi
mumkin. Buning uchun asos mulkchilikning turli-tumanligi va teng huquqligi qonuniy ravishda
ta’minlangan.
3.Bozor iqtisodiyoti yakka hokimlik (monopolizm)ni inkor etuvchi iqtisod. Iqtisodiy
monopolizm — korporatsiya, firma, tashkilot yoki davlatning iqtisodiyotda yoki biror sohada
tanho hukmronlik qilishidir. Monopolizmning asosi iqtisodiyotda muayyan mulk shaklining
tanho hukmronligidir. Monopoliya o’z tabiatiga ko’ra turg’unlikni paydo qiladi, tashabbusni
chegaralaydi va hokazo. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyoti monopolizm bilan chiqisha
olmaydi. U antimonopol yo’nalishga ega.
4.Bozor iqtisodiyotida raqobat asosiy o’rin tutadi. Raqobat bozor iqtisodiyotini
harakatga keltiruvchi, tartibga soluvchi, nazorat qiluvchi kuch hisoblanadi. Raqobat kurashi
mehnat unumini oshirishga, ish sifatini yaxshilashga, yangi texnika, texnologiyani joriy qilishga,
iqtisodiy resurslarni kam sarflagan holda ularni samarali ishlatishga undaydi. Raqobat kurashida
g’olib chiqish uchun aholi talabiga mos tovarlar ishlab chiqarishga, talabning o’zgarishiga tez
moslashish zarur. Natijada raqobat kurashi iqtisodiyotni olg’a qarab rivojlanishiga olib keladi.
Bu monopoliya mavjud bo’lgan taqdirda ham o’z bilganicha ish yuritishni bildirmaydi (X bob).
Chunki raqobatni davlat tartibga solib turadi. Antimonopol kuchlar vujudga keltirilib, bozor
iqtisodiyotining hamma sub’ektlari uchun bir xil imkoniyat yaratiladi. Ana shu imkoniyatdan
qay darajada foydalanish ishbilarmonlikka bog’liq.
Bozor iqtisodiyotida bir tomondan, manfaatlar to’qnashib raqobat yuz bersa, ikkinchi
tomondan, sub’ektlar o’z faoliyatini, demak, manfaatlarini bir-birlariga muvofiqlashtirishga
intiladilar. Chunki faqat raqobatlashsalar ularning ishi yurishmaydi. Bu iqtisodiyotda ikki bir-
biriga zid tomon. Iqtisodiy integratsiya ham iqtisodiy sub’ektlarning manfaatlarini
moslashtirishga, murosaga kelishiga undaydi. Ishlab chiqarishdagi o’zaro bog’liqlik kuchayishi
bilan integratsiyalashmay yaxshi foyda olish qiyin bo’lib qoladi. Ishlab chiqarish
ixtisoslashuvining kuchayishi firma, korxonalarning bir-biriga bog’liqligini kuchaytiradi.
Natijada ular o’rtasida doimiy ravishda tijorat aloqalari o’rnatiladiki, bunda sheriklariga pand
bermaslik muhim rol o’ynaydi.
5.Bozor iqtisodiyotida narxlar erkin, talab va taklif nisbati asosida shakllanadi. Narx
sotuvchi bilan xaridorning savdolashib kelishishi tufayli belgilanadi. Bunda sotuvchi sarflagan
xarajatlarini qoplab, foyda ko’rishni nazarda tutsa, xaridor eng yuqori naf ko’rishini o’ylaydi. Pul
iqtisodiy aloqalarning asosiy vositasi hisoblanadi. Liberallashgan narxlar sotuvchini ham,
xaridorni ham hamisha narxni hisobga olgan holda, foyda-zararni nazarda tutgan holda faoliyat
yuritishga olib keladi.
6.Bozor iqtisodiyoti sharoitida bozor xaridorning izmiga bo’ysunadi. Ishlab
chiqarish, xizmat ko’rsatish xaridorning talab va ehtiyojiga qarab moslashishga majbur. Agarda
moslashmasa, ya’ni talabga loyiq mahsulot ishlab chiqarmasa, xizmat ko’rsatmasa, u zarar
ko’rishi, hatto bor budidan ajralib qolishi mumkin. Bundan kelib chiqib tovar va xizmatlar
to’kinligiga erishiladi. Tovarlar to’kinligini ta’minlashda narxlarning erkinligi muhim rol
o’ynaydi.
7.Bozor iqtisodiyoti faoliyatlarni muvofiqlashtirish, boshqarishda ham o’ziga xos
xususiyatlarga ega. Unda o’z-o’zini boshqarish bilan davlat ta’sirini o’tkazishi qorishib ketadi.
Bozor iqtisodiyoti har qanday iqtisodiyot kabi iqtisodiy qonunlarning amal qilishi
natijasida rivojlanadi. Bu qonunlar bir tomondan, umumiqtisodiy qonunlardan iborat bo’lsa,
ikkinchi tomondan bozor iqtisodiyotining o’ziga xos qonunlaridan iborat.
Bozor iqtisodiyoti iqtisodiyotni tashkil etish, faoliyat yuritishning, uni tartibga solish va
boshqarishning murakkab shakli bo’lib, avvalo u tovar-pul munosabatlariga asoslanadi. Ishlab
chiqaruvchilar bilan iste’molchilar bozor orqali bog’lanadi, ularning hamkorligi ham bozor
orqali ta’minlanadi.
Bozor iqtisodiyoti har bir insonni o’z faoliyatining natijasini o’ylab, hisob-kitob qilib,
oqilona ish yuritishga undaydi.
Shunday qilib, bozor iqtisodiyotiga qisqacha ta’rif bermoqchi bo’lsak, uni quyidagicha
ifodalash mumkin: Bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlari, iqtisodiy faoliyat erkinligiga
asoslangan, har bir insonni o’z faoliyati natijasini o’ylab, oqilona xo’jalik yuritishga
undovchi demokratik iqtisodiyotdir.
Bozor iqtisodiyotining mohiyati va belgilarini umumiy tarzda ko’rib chiqdik. Kelgusi
boblarda yanada batafsilroq ko’ramiz. Bu bizga bozor iqtisodiyotini yanada chuqurroq
o’rganishga yordam beradi.
Bozor iqtisodiyotining Bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlariga,
ob’ektlari va sub’ektlari aloqalariga asoslanar ekan, uning ob’ekti hamda sub’ektlari mavjud.
Bozor iqtisodiyotining ob’ektlari — bu munosabatlar, aloqalar nimaga nisbatan yuz
berishini ifodalasa, sub’ektlari ana shu munosabatlar, aloqalar kimlar o’rtasida bo’lishini
ifodalaydi.
Bozor iqtisodiyotining ob’ekti tovar hamda puldir.
Bozor iqtisodiyoti tovar ishlab chiqarishga asoslangan iqtisodiyotdir. Shuning uchun ham
bozor iqtisodiyotining markaziy kategoriyasi tovar va pul.
Xozirgi paytda bozor iqtisodiyotining yana bir ob’ekti sifatida pul massasi yoki
agregatlari tushuniladi.
Bozor iqtisodiyotining sub’ektlari
Bozor iqtisodiyotining sub’ektlari tadbirkorlar, ishchilar, kapital, qimmatbaho qog’oz
egalari, tijoratchilar, iste’molchilar va hokazolardan iborat.
Bu sub’ektlar teng huquqli bo’lib, bir-biri bilan maqsadi, hamkorlikka undovchi
manfaatlari, tovar va xizmatlar harakatini tashkil etish shakli va xarakteri jihatidan bog’langan.
Bozor iqtisodiyotining asosiy sub’ektlari iqtisodiy adabiyotlarda to’rt guruhga bo’linadi:
uy xo’jaligi, firma (korxona), moliyaviy institut va davlat (hukumat).
1.Uy xo’jaligi. Uning tarkibi bir yoki bir necha kishidan iborat iqtisodiy birlik — oiladan
iborat.
Uy xo’jaligi:
a) ishlab chiqarishni mehnat resurslari bilan ta’minlaydi;
b) mustaqil qarorlar qabul qiladi;
v) ishlab chiqarish omillarining: kapital, er, mehnat, tadbirkorlikning egasi hisoblanadi;
g) o’z xo’jaligi ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishga intiladi.
2.Korxonalar (xo’jalik, firmalar) iqtisodiy faoliyat yurituvchi xo’jalik sub’ektlari bo’lib:
a) ishlab chiqarish omillaridan biron-bir mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish
maqsadida foydalanadilar;
b) maksimal darajada foyda olishga harakat qiladilar;
v) mustaqil ish yuritadilar.
3.Moliyaviy institutlar — bozorning, korxonalarning normal faoliyat yuritishini
ta’minlash uchun pul massasi, moliyaviy resurslar harakatini tartibga soluvchi moliya, kredit
tashkiloti hisoblanadi.
4.Davlat, aniqrog’i, davlatning barcha idora, mahkama, tashkilotlari. Ular umumiy
maqsadga erishish uchun huquqiy va siyosiy hokimiyat orqali xo’jalik sub’ektlari va bozorni
zarur darajada nazorat qiladi. Shu bilan birga ishlab chiqarish va iste’mol bilan ham
shug’ullanadi.
Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari o’zaro aloqaga kirishadilar. Ish kuchi, er, kapital va boshqa
vosita egalari ularni korxona, firmalarga sotadilar. Ular o’z navbatida ishlab chiqarish omillarini
ishlatib, tovar yaratadilar, xizmat ko’rsatadilar.
Ularning o’zaro ta’siri quyidagicha:
Umuman olganda, butun jamiyat a’zolari bir tomondan, ishlab chiqaruvchi (xizmat
ko’rsatuvchi), ikkinchi tomondan, iste’molchi. Bozorda esa sotuvchi hamda xaridor sifatida
namoyon bo’ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |