Test variyanti (I, II, iii-kurslar uchun uslubiy ko‘rsatma) Navoiy – 2017



Download 1,17 Mb.
bet2/38
Sana10.02.2022
Hajmi1,17 Mb.
#439989
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
2 5465676837159966092

Muallif: M. Sh. Qurbonovainformatika fani o‘qituvchisi.

Mazkur test varianti Navoiy pedagogika va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining «Informatika» kafedrasi 2015 yil «_______» dagi ___ sonli yig‘ilishida ko‘rib chiqildi va tasdiqlash uchun tavsiya etildi.


Mazkur test varianti Navoiy pedagogika va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining 2015 yil «___________» dagi _____ sonli uslubiy kengashida ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi.


Kirish
Hozirgi zamonda biror-bir sohada ishni boshlash va uni boshqarishni kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. XXI asr savodxon kishisi bo‘lish, axborot texnologiyalarini puxta egallamoq lozim. Har bir mutaxassis, u qaysi sohada ishlashidan qat’iy nazar, o‘z vazifasini zamon talabi darajasida bajarishi uchun axborotga ishlov beruvchi vositalarni, ularni ishlatish uslubiyotini bilishi va ularda ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi zarur. Shu sababli bugungi kunda mustaqil Respublikamizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohatlarning mazmun-mohiyati, maqsadi va vazifalari aniq belgilab olingan. Jumladan, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da «Kadrlar tayyorlash tizim va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarining zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish nazarda tutiladi» deb belgilab qo‘yilgan.
Ta’lim tizimi butunlay yangi kasb etayotgan hozirgi davrda har bir fanning mazmunini qayta tahlildan o‘tkazish ta’lim bosqichlari bo‘yicha uning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash asosida tubdan isloh qilish va hayot bilan bog‘lash nuqtai nazaridan yondashuv zarur bo‘ladi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quv rejasida umumta’lim predmeti sifatida kiritilgan «Informatika va axborot texnologiyalari» predmeti ham bundan mustasno emas.
«Informatika va axborot texnologiyalari» fanining asosiy maqsadi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilarga informatikaning amaliy jihatlari haqida bilim berish, zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minoti, shu jumladan, amaliy va xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar bilan ishlash malakasini hosil qilish, zamonaviy axborot texnologiyalari haqida umumiy ma’lumot berishdan iborat.
Elektrоn hisоblаsh mаshinаlаrining yarаtilishi vа ulаrning keskin rivоjlаnib bоrishi insоn оngining imkоniyatlаrini to‘ldiribginа qоlmаy, uning turli-tumаn mа’lumоtlаrni tаhlil qilish vа o‘zining ish fаоliyatidа uchrоvchi mаsаlаlаr yechimini qаbul qilish tezligini hаm jаdаl sur’аtdа o‘stirаdi.
Hisoblarni bajarish, shu jumladan elеktron shakldagi axborotni oldindan bеlgilangan algoritm bo‘yicha qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va ishlov bеrish uchun mo‘ljallangan elеktron mashina. Shaxsiy elektron hisoblash mashinalari mikroelektronikaning yutuqlari asosida yaratiladi. Arzon, kichik hajmdagi avtonom mikroprotsessorli hisoblash sistemasi EHMlarining ommaviy ravishda ishlatilishi ko‘plab dasturli vositalar, ya’ni amaliy dasturlar paketi, operatsion sistemalar, translyatorlar va boshqalarni yaratishga olib keldi.
IBM firmasi shaxsiy kompyuterlarining jozibadorligi uning arxitekturasini ochiqligidir. Bu jumla bunday kompyuterlar modul tamoyilida yig‘ilgan belgini bildiradi, ya’ni uning asosiy qismlari va bo‘laklari, bloklari alohida modullar shaklida ishlab chiqilgan. Bunday tarzda yig‘ilganda kompyuter tarkibiga kiruvchi yangi uskunalarni o‘rnatish yoki eskirganlarini yangilariga almashtirish uncha qiyinchilik tug‘dirmaydi. Bunday kompyuterlarni takomillashtirish ulardan foydalanuvchilarning ham imkoniyatlari darajasidadir.
Shaxsiy kompyuterlar tarkibini uchta asosiy qismga ajratib ko‘rsatish mumkin. Bular tizimli blok, monitor va klaviaturadir. Kompyuter ishini boshqarishni ta’minlaydigan asosiy qism – tizimli qism hisoblanadi. Tizimli qism kompyuterning asosiy tavsiflarini belgilaydi va y quyidagilardan ya’ni sistema platasi, protsessor, tezkor xotira, videoadapter, ovoz platasi, yumshoq magnit disk uchun uya, qattiq magnit diskga yig‘uvchi, kompakt – disk yig‘uvchiardan tashkil topgan. Tizimli qismga axborot kirituvchi-chiqaruvchi turli xil uskunalarni ulash mumkin.
Ushbu test variantida «Informatika va axborot texnologiyalari», «Dasturiy ta’minot», «Hisoblash va mikroprotssesor texnikasi asoslari», «Tarmoqlarni rejalashtirish va qurish», «Dasturlash» fanining o‘quv dasturi mavzulari asosida test topshiriqlari tuzilgan.


Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish