III. MUSTAQIL TA'LIMNI BAHOLASH TARTIBI
Talabalarning reyting asosida baholash tizimida mustaqil ta'limning bajarilishi yakuniy sinov sifatida xizmat qiladi. Mustaqil ta'lim natijalari amaldagi "Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to'g'risidagi Nizom"ga asosan baholab boriladi. Albatta, mustaqil ta'limning talabalar tomonidan bajarilish muddati, yozma yoki Ilmiy loyiha ishlariga qo’yilgan talabga qay darajada javob berilishi, tavsiya etilgan adabiyotlardan qanday foydalanganligi baholash me’zonida nazarda tutiladi.
Mustaqil ta'limning bajarilishini nazorat qilish va baholash tizimi o’quv guruhi darajasida tashkil etilayotgan ilmiy seminarda, amaliy mashg’ulotlarda, joriy va oraliq nazoratlarda olib boriladi. Mustaqil ta'limlarning baholash me’zoni quyidagicha tashkil etish mumkin: barcha ta’lim yo’nalishidagi talabalar uchun - mustaqil ta’lim soatlarida bajargan ishlari, qilgan taqdimoti hamda iqtisodiy tahlil bo’yicha berilgan qo’shimcha topshiriqlarni bajarishi uchun maksimal 5 baho ajartilgan. Bu maksimal oraliq nazorat o'tkaziladigan vaqtlarda ikki marta maksimal 5 bahoda rasmiylashtiriladi.
MUSTAQIL TA'LIM BO’YICHA TALABANING BALLARDA IFODALANGAN O’ZLASHTIRISHI QUYIDAGI MEZONLARGA ASOSAN ANIQLANADI:
Do'stlaringiz bilan baham: |