14.Porfiritlarni tashkil qiluvchi minerallar asosan plagioklaz, rogovaya
obmanka, piroksenlardan iborat. Rangi qoramtir, kulrang, ba’zan
yashilroq bo‘lib, tashkil qiluvchi minerallar nisbatiga qarab ular andezit
yoki diabaz porfiritiga ham ajralishi mumkin.
15.Porfirlar asosan kvars, dala shpati minerallaridan tuzilgan. Undagi
kvars, dala shpati mineral donalari katta-katta holatda bo‘ladi. Bunda
kvars kristallari ko‘p bo‘lib, ko‘zga yaxshi tashlanib tursa, kvarsli porfirlar
deb ataladi. Bu jinsning rangi qo‘shimcha qoramtir-qizg‘ish, och kulrang
ko‘rinishda bo‘ladi.
16.Andezitlar dala shpati, rogovaya obmanka va boshqa qoramtir minerallardan,
xlorit hamda vulqon oynasidan iborat.
Terregan-vulqon jinslari:
17.Tuflar mayda (0,01—15 mm) vulqon otqindilaridan yuqori harorat
ostida qizishi va o‘zgarib magma bilan birikib qotishi natijasida hosil
bo‘lgan g‘ovak vulqon jinsidir. Bu jinsning mineralogik tarkibini asosan
vulqon oynasi, qisman dala shpati, boshqa mineral kristallari hamda
biriktiruvchi massa tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |