organlarining yangi tizimini yaratishdir.
organlarining faoliyati ham takomillashib bordi.
organlaridan iborat bo`lib, ular o`z faoliyatlarini o`zaro hamkorlik asosida tashkil
etadilar.
shaxsi bo`lib, ayni bir vaqtda tegishli hududdagi vakillik va ijroiya hokimiyatini
boshqaradi.
13
aholisi manfaatdor bo`lishi lozim. Ma`lumki, respublikamizda bozor
munosabatlariga o`tish jarayoni yangi-yangi ijtimoiy munosabatlarning, ayniqsa,
mulk munosabatlarining vujudga kelishiga sabab bo`ldi. O`zini-o`zi mablag` bilan
ta`minlash tamoyili joriy etilib, xo`jalik yuritishning mutlaqo yangi usullari
vujudga keldiki, bularga eskicha usul bilan, eski organlar bilan rahbarlik qilib
bo`lmay qoldi. Shu munosabat bilan yangicha ishlash qobiliyatiga ega bo`lgan,
ya`ni mas`uliyatni o`z zimmasiga olib, masalalarni tezkorlik bilan hal qila oladigan
davlat organlari zarur bo`lib qoldi. Bu zarurat mahalliy boshqaruv amaliyotida
mavjud bo`lgan organlarni vakillikka asoslangan va yakka boshchilik tamoyili
asosida ish yurituvchi organlar bilan almashtirishni taqozo etdi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan mahalliy hokimiyat
organlari vakolatiga quyidagilar kiradi:
-qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta`minlash;
-hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;
-mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar,
yig`imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg`armalarni hosil qilish;
-mahalliy kommunal xo`jalikka rahbarlik qilish;
-atrof-muhitni muhofaza qilish;
-fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta`minlash;
-normativ xujjatlarni qabul qilish hamda O`zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasiga va qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga
oshirish.
Yuqoridagilar mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati organlarining
birgalikda amalga oshiradigan vazifalari bo`lib, ularning vakolati shu vazifalardan
kelib chiqadi.
Bozor munosabatlarining rivojlanishi xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning
moliya-xo`jalik mustaqilligini kengayib borishini taqozo etadi. Bu o`z navbatida
ularning gorizontal xo`jalik aloqalarining rivojlanishiga olib keladi. Natijada
markaziy boshqaruv organlarining vakolatlari torayib boradi.
Hozirga qadar saqlanib qolgan tarmoq boshqaruv organlari
mamlakatimizning strategik iqtisodiy siyosatidan kelib chiqqan holda quyidagi
vazifalarni hal etish bilan shug`ullanadi:
-tarmoq rivojlanishining umumiy yo`nalishlarini
aniqlash;
-ilmiy-texnikaviy siyosatni o`tkazish;
-chet el investitsiyalarini jalb etish;
-ekologik muammolarni hal qilish.
14
Shuni ham aytib o`tish kerakki, mamlakat miqyosida makroiqtisodiy
barqarorlik va rivojlanishga oid vazifalarni bajarishda O`zbekiston Respublikasi
Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Moliya vazirligi o`zlarining alohida
o`rniga ega bo`lib, bozor munosabatlarining rivojlanishi ularning maqsadiga salbiy
ta`sir ko`rsata olmaydi.
Respublikamiz milliy iqtisodiyotida o`nlab tarmoqlar, minglab korxonalar
faoliyat ko`rsatadi. Ularni bir-biri bilan muvofiqlashtirish, mamlakatimiz hududida
joylashtirish va mahsulot (xizmat)ga bo`lgan talabni aniqlash har bir tarmoq oldida
turgan keng qamrovli masalalar hisoblanadi. Bularni samarali va oqilona hal qilish
boshqarishning tarmoq organlari hisoblanuvchi vazirliklar, davlat qo`mitalari,
kontsernlar, kontsortsiumlar, assotsiatsiyalar va xolding kompaniyalari zimmasiga
yuklatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: