Bog'liq Namangan viloyati Iqtisodiyot bosh boshqarmasi tayyor
5. Iqtisodiyot bosh boshqarmasi faoliyatini tashkil etish Iqtisodiyot bosh boshqarmasiga bosh boshqarma boshlig‘i raxbarlik qiladi, uni viloyat hokimining tavsiyasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri tayinlaydi.
Iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshlig‘ining bitta birinchi o‘rinbosari va bitta o‘rinbosari bo‘ladi.
Viloyat Iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlarini viloyat hokimining tavsiyasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tayinlaydi.
Iqtisodiyot bosh boshqarmasining boshlig‘i:
Iqtisodiyot bosh boshqarmasi ishiga raxbarlik qiladi va boshqarma zimmasiga yuklangan vazifalar hamda o‘z zimmasidagi funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Iqtisodiyot bosh boshqarmasi mahkamasi, bo‘limlari raxbarlarining vazifasini va mas’uliyatini belgilaydi;
Iqtisodiyot bosh boshqarmasining mahkamasi va hududiy idoralari tizimiga belgilangan xodimlar soni va maosh fondi doirasida o‘zgartishlar kiritadi;
Iqtisodiyot bosh boshqarmasining mahkamasi bo‘limlari, tuman (shahar) iqtisodiyot bo‘limlari va qaram tashkilotlar bajarishi shart bo‘lgan buyruklar chiqaradi va ko‘rsatma beradi;
Iqtisodiyot bosh boshqarmasi bo‘limlarining nizomlarini tasdiklaydi;
Iqtisodiyot bosh boshqarmasi mahkamasi va tuman (shahar) iqtisodiyot bo‘limlarining lavozimlar ro‘yxatini tasdiklaydi;
tuman (shahar) hokimlarining tavsiyasiga binoan va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishib, tuman (shahar) iqtisodiyot bo‘limlarining boshliklarini tayinlaydi va ishdan ozod qiladi;
Iqtisodiyot bosh boshqarmasi mahkamasi xodimlarini ishga oladi va ishdan bo‘shatadi;
qonunlarda belgilangan xukuk doirasida boshqa vakolatlarni bajaradi.
Iqtisodiyot bosh boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga va tegishli viloyat hokimligiga bo‘ysunadi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va viloyat hokimligi uning faoliyatiga bevosita raxbarlik qiladi va muvofiqlashtiradi.
Iqtisodiyot bosh boshqarmasining asosiy tarkibiy bo‘linmalari bo‘lim boshlig‘i raxbarlik qiladigan bo‘limlardir.
Bosh boshqarma bo‘limlari boshliklarini Iqtisodiyot bosh boshqarmasining boshlig‘i tayinlaydi va ishdan oladi.
Iqtisodiyot bosh boshqarmasi Bosh boshqarma bo‘limlari va tuman (shahar) Iqtisodiyot bo‘limlari faoliyatiga raxbarlik qiladi.
Viloyat Iqtisodiyot bosh boshqarmasining mahkamasi va tuman (shahar) iqtisodiyot bo‘limlari xodimlarining sonini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiklangan ko‘rsatkichlarga binoan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tasdiklaydi.