O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish kontseptsiyasi


Ikkinchi eng muhim vazifa



Download 118 Kb.
bet2/2
Sana10.06.2017
Hajmi118 Kb.
#10858
1   2

Ikkinchi eng muhim vazifa — ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va

makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash ham korxonalar, tarmoqlarning, ham umuman

davlatning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligiga erishish.

Uchinchi muhim vazifa — milliy valyuta — so’mni yana ham mus-tahkamlashdan

iborat.


To’rtinchi strategik vazifa — iqtisodiyotimiz strukturasini tubdan o’zgartirish, xom

ashyo etkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o’tish.

Xozirgi paytda bu qo’yilgan vazifalar muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirilmoqda.

Mulkni chinakam mulkdorlar qo’liga topshirish tezlashtirilib, ularning egalarida haqiqiy

xo’jayinlik tuyg’usi shakllanib bormoqda. Davlat mulkini xususiylashtirish, tadbirkorlik

faoliyatini keng qo’llab-quvvatlash, kichik korxonalar tashkil qilishni rag’batlantirish uchun

zaruriy huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilinib chora-tadbirlar belgilanmoqda. Natijada

davlatga qarashli bo’lmagan sektorning ulushi tobora ortib borib, hozirgi payt-da mamlakat

miqyosida yaratilgan milliy daromadning 70%, sanoat mahsulotining 53,5%, qishloq xo’jalik

mahsulotining 97,7% ini tashkil etmoqda.

Diqqat-e’tibor iqtisodiyotda ishlab chiqarishni pasaytirishga barham berish,

barqarorlashtirish va yuksaltirish uchun qaratilgani tufayli O’zbekiston iqtisodiyotning barcha

ko’rsatkichlari bo’yicha hamdo’stlik davlatlari orasida eng kam pasayishi yuz berdi. Ular orasida

1 Karimov I. A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. T.,«O’zbekiston» 1995y., 119-bet

2 O’sha asar 121-122, 175-betlar

3 Karimov I. A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. T.,«O’zbekiston» 1995y., 175-bet

birinchi bo’lib, 1996 yildan boshlab asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar bo’yicha barqaror

o’sish ta’minlanmoqda.

«O’zbekiston modeli»da e’tibor respublikada ishlab chiqarishni tiklamay, iqtisodiyotni

yuksaltirmay, tsivilizatsiyalashgan bozor sari amalda ilgarilab borish, mustaqillikni, suverenitetni

iqtisodiy jihatdan himoya qilish, aholi uchun ishonchli ijtimoiy kafolatlarni vujudga keltirish,

munosib turmush darajasini ta’minlash mumkin emasligiga qaratilgan. Bu jihati bilan

barqarorlashtirish siyosatini amalga oshirishda printsip jihatdan bir-biridan farq qiluvchi boshqa

yondashuvlardan ajralib turadi.

Iqtisodiyot barqarorligini o’ziga xos ko’rsatkichi, belgilangan islohotlarni muvaffaqiyatli

amalga oshirishning mezoni bo’lgan milliy valyutani mustahkamlashga qaratilgan to’rtta

yo’nalishda alohida dastur ishlab chiqildi:

1.So’mni tovar bilan barqaror ta’minlashni amalga oshirish.

2.So’mni barqaror amal qilishi, erkin almashinuvini ta’minlash, buning uchun etarli

valyuta zaxirasiga ega bo’lish.

3.Xar bir kishi, har bir tashkilotni ishlab topgan so’mini qadrlashga o’rgatish, milliy

valyutani aniq to’lov vositasiga aylantirish.

4.Milliy valyutani mustahkamlash uchun inflyatsiyaga qarshi baquvvat, puxta o’ylangan

siyosat o’tkazish.

Xozirgi paytda bu dasturlarni izchillik bilan hayotga tatbiq etish, butun milliy

iqtisodiyotda strukturaviy o’zgarishlarni amalga oshirish bilan birgalikda olib borilyapti.

Sobiq Ittifoq davrida sanoat tizimida engil sanoatning, aniqrog’i paxta tozalash

sanoatining mavqei juda yuqori bo’lgan. Ayrim regionlar sanoatida uning salmog’i 70—80 %

gacha etgan. Katta xom ashyo resurslariga ega bo’lgan hududlarda tayyor mahsulotlar ishlab

chiqarish yo’lga qo’yilmagan edi.

Og’ir sanoat korxonalarining hammasi sobiq markazga bo’ysungandi. Ishlab chiqarilgan

sanoat mahsuloti tarkibida xalq iste’mol mollarining hissasi atigi 37,1% bo’lgan.

Shunday og’ir vaziyatda sanoatni tiklash, tarkibiy o’zgarishlari bo’yicha chora-tadbirlar

ko’rilmaganda ishlab chiqarishni keskin tushib ketishi, sanoatda band aholining katta qismi

ishsiz qolishi mumkin edi. O’z navbatida u boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin

edi. Ushbu salbiy jarayonni oldini olish maqsadida chet el sarmoyalarini jalb qilish orqali

raqobatbardosh, import o’rnini bosadigan, eksportga mo’ljallangan mahsulotlar ishlab

chiqariladigan yangi korxonalar tashkil qilish, eskilarini yangi zamonaviy texnologik jihozlar

o’rnatish yo’li bilan xaridorgir mollar ishlab chiqarishga ixtisoslashuviga alohida e’tibor berildi.

Qulay investitsion muhit yaratilganligi xorijiy sarmoyalarning kirib kelishiga keng yo’l

ochilgani iqtisodiyotda tub strukturaviy o’zgarishlar sodir bo’lishining muhim omillaridan biri

bo’ldi.


Islohotlarning dastlabki bosqichidanoq yoqilg’i-energetika majmuasini yuqori sur’atlar

bilan rivojlanishini ta’minlash, neft va tabiiy gaz ishlab chiqarish hamda ularni qayta ishlash

hajmlarini ortib borishi hisobiga energetika mustaqilligiga erishildi. Agarda 80- yillarda har yili

6 mln. tonna atrofida chetdan neft tashib kelingan bo’lsa, endilikda yoqilg’i mahsulotlarini

eksport qilinayapti. Qisqa muddat ichida Buxoro neftni qayta ish-lash zavodi ishga tushirildi.

1998 yilda eksport qilingan mahsulotlarning 7,9% ini elektr-energiya manbalari tashkil qildi.

Mamlakatimiz sanoatida mashinasozlik va metallni qayta ishlash tarmog’ining mavqei

kun sayin ortib boryapti. Ayniqsa, avtomobilsozlikning tashkil topishi jiddiy tarkibiy

o’zgarishlar sodir bo’lishiga olib keldi. U sanoatda barqaror o’sishni ta’minlashning muhim

omili bo’lmoqda. O’zbekiston O’rta Osiyo davlatlari orasida birinchi, dunyoda 28- bo’lib

avtomobil ishlab chiqaradigan mamlakatga aylandi.

Xozir yangi tarmoq tizimida quvvati 200000 engil avtomobil bo’lgan «UzDEUAvto»,

avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «SamKochAvto» qo’shma

korxonalari faoliyat ko’rsatmoqda.

Xalq iste’moli mollari ishlab chiqarishga alohida ahamiyat berilib, qator qo’shma

korxonalar vujudga keltirildi. Xozirgi kunda oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari ishlab

chiqarish kundan-kunga sifati va miqdori jihatdan aholi talabini qondiradigan darajaga etmoqda.

Xizmat ko’rsatish sohasiga diqqat qaratilishi bu sohaga uzoq yillardan beri e’tibor

berilmagani tufayli rivojlangan mamlakatlardan nihoyatda orqada qolib ketilgani, o’rtadagi katta

farqni borgan sari yo’qotib borishga qaratilgan. Xozirgi paytda iqtisodiy faol aholining bu

sohada band bo’lishi milliy iqtisodiyotdagi muhim o’zgarishlar yuz berayotganidan dalolat

beradi.


Ikkinchi bosqichda narxlarni ustidan davlat nazoratini minimallashtirish, ommaviy

privatizatsiya tufayli davlat mulki hissasi kamayib, bozor sektori ulushi tez o’sib bordi. Qishloq

xo’jaligi isloh qilinib xo’jalik yuritishning turli shakllari vujudga keldi. Fermer xo’jaligi tobora

rivojlanib bormoqda.

Bank tizimida ham katta o’zgarishlar yuz berdi. Markaziy bank

umummilliy rezerv tizimi sifatida davlat ixtiyorida qolib, bosh-qa banklar nodavlat tijorat

banklariga aylantirildi. Buning natijasida davlatning bevosita xo’jalik yuritish vazifasi

iqtisodiyotni tartibga solishga aylanib ketdi.

«O’zbekiston modeli»ning diqqatga sazovor tomoni shundaki, jamiyatni isloh qilish va

yangilash bo’yicha ko’p qirrali faoliyatning markazida inson turadi. Islohotlarning mazmuni

aynan har bir fuqaro o’z qobiliyatini, iste’dodini namoyon etishiga, shaxs sifatida o’zini

ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lishiga qaratilgan. Siyosiy, ijtimoiy hayotdagi barcha o’zgarishlar

oliy maqsadga erishish — har bir kishining hayotini yaxshiroq, munosibroq, ma’naviy jihatdan

boyroq qilishga qaratilgan.

Boshqa tomondan qaraganda, isloh qilishning natijasi shu insonlarning o’ziga bog’liq.

Shuni hisobga olib, birinchi navbatda ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratilib

kelingan g’oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklashga qaratildi.

Bir vaqtlar asrimizning buyuk iqtisodchisi J. M. Keyns iqtisodiyot tanazzulga yuz tutgan

paytda ishsizlikni kamaytirish uchun davlat ehrom quradimi, chuqur kavlab ko’mdiradimi, nima

qilsa ham ishsiz aholini band bo’lishini ta’minlashi zarur deb ko’rsatgan edi.

Mamlakatimizning aynan ana shunday o’tish davrining qiyinchiliklari mavjud paytda

ma’naviyat ehromlari barpo qilindi. Qadimiy obidalarni ta’mirlash, Imom at-Termiziy, Imom al-

Buxoriy kabi allomalarimiz, Bobur, al-Farg’oniy, Mashrab va boshqa ajdodlarimiz sharafiga

bunyod qilingan bog’lar, Xotira xiyobonlari yosh avlodni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalashga

yordam beribgina qolmay, mamlakatimiz tarixi bilan qiziqadigan, obidalarini ko’rmoqchi

bo’lgan sayyohlarni ko’payishiga olib keladi.

Inson omilining kuchi va ta’siri, uning ma’naviyati, jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy

rivojlanishi darajasi bilan belgilanadi. U aholining bilimdonlik darajasi, ish bilan bandlikning

kasbiy-malaka tuzilmasi va boshqa ko’pgina shart-sharoitlar orqali shakllanadi.

Shuning uchun ham mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik va iqtisodiy

o’zgarishlarni hisobga olgan holda kadrlar tayyorlashni isloh qilishning «Milliy dasturi» ishlab

chiqildi. U «Ta’lim to’g’risida» va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» to’g’risidagi qonunlarning

qabul qilinishi va amalga oshirilishida xalqimizning qudratli salohiyatini yuzaga

chiqarishga xizmat qiladi.

«O’zbekiston modeli» bozor iqtisodiyotiga o’tishda xorij yordamiga ko’z tikib o’tirmay,

ko’proq mamlakat iqtisodiy potentsialiga tayanishga qaratilgan bo’lib, bu chetdan beriladigan

madadni rad etish emas, balki unga iqtisodiy taraqqiyotning yordamchi manbai sifatida qarashni

ifodalaydi.

Xullas, O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’ziga xos xususiyatlariga mos yo’lni

tanladi.


Bu modelning yana bir o’ziga xos tomoni shundaki, boshqa mamlakatlarda bozor

iqtisodiyoti modellari nazariy jihatdan olimlar tomonidan ishlab chiqilib, davlat arboblari

tomonidan hayotga tatbiq qilingan bo’lsa, «O’zbekiston modeli» esa Prezidentimiz

I. A. Karimov olim sifatida nazariy jihatdan ishlab chiqib, davlat arbobi, prezident sifatida

hayotda amalga oshirilishiga rahbarlik qilish, ya’ni ham nazariyotchi, ham amaliyotchining

yagona shaxs bo’lishi jihatidan ham boshqa modellardan ajralib turadi.

Albatta, demokratik islohotlarni amalga oshirishda kamchilik va nuqsonlar ham bor.

Lekin ularni chuqur tahlil qilib, tugatish yo’llari ishlab chiqilib, islohotlarni chuqurlashtirish

orqali ko’zlangan maqsad sari olg’a qadam tashlanadi. Buni Prezidentimizning birinchi chaqiriq

Oliy Majlisning XIVsessiyasida, 1999 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish

yakunlari va 2000 yilda iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirishni ustuvor

yo’nalishlariga, 2000 yilning birinchi yarim yilligida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish

yakunlari va iqtisodiy islohotlarning borishiga bag’ishlangan majlislaridagi nutqi ham tasdiqlab

turibdi.


Xulosa

*Bozor iqtisodiyotining afzalligi barcha mamlakatlarni bozor iqtisodiyotini tanlashga olib

keldi va unga o’tishni umumiqtisodiy jarayonga aylantirdi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish murakkab

jarayon. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning barcha mamlakatlar uchun umumiy jihatlari bo’lishi

bilan birga har bir mamlakatning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chikib, o’ziga xos o’tish yo’li

bor.


*Bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarga xos bo’lgan ayrim jihatlarni umumiy

ekanligi ni hisobga olib, ularni 3 guruhga bo’linadi:

1. Rivojlangan mamlakatlar yo’li. yoki klassik yo’l.

2. Mustamlakachilikdan ozod bo’lgan, rivojlanayotgan yosh mamlakatlar yo’li.

3. Sobiq sotsialistik mamlakatlar yoki rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tish

yo’li.


*Klassik yo’l evolyutsion yo’l bo’lib, aralash iqtisodiyotga transformatsiyalashuvni aks

ettirsa, rivojlanayotgan mamlakatlar mustamlakachilikdan qutilib, qoloq an’anaviy

iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tishdir. Uchinchi yo’l bozor iqtisodiyotiyo’lidan

borayotgan mamlakatlarni revolyutsiya(inqilob) tufayli bu yo’ldan to’xtatib, bozor

munosabatlarini cheklashdan bozor iqtisodiyotiga qaytish yo’li.

*Shu bilan birga bozor iqtisodiyotiga o’tishning har bir mamlakat uchun o’ziga xos

tomonlari borki, ular shu mamlakatga tegishli xususiyatlardan kelib chiqadi va mamlakatning

bozor iqtisodiyotiga o’tishida hisobga olinishi zarur. Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o’tar

ekan, yurtimizning o’ziga xos xususiyatlari «O’zbek modeli»da o’z aksini topgan.

ASOSIY TAYaNCh TUShUNChALARI

1. Uklad 2. Ijtimoiy – iqtisodiy uklad

3. Ko’p ukladli iqtisodiyot 4. Tamoyil

5. Kontseptsiya 6. Iqtisodiy isloxotlar.

7. o’tish davri

8. O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish kontseptsiyasi

a) mamlakatning iqtisodiy sektorida ishlab chiqarish omillariga mulkchilikning biron –

bir shakli, tartibga solish mexanizmiga muvofiq vujudga kelgan iqtisodiy munosabatlar xo’jalik

yuritish shakli.

b) Faoliyat uchun asos qilib olinadigan qonun – qoida, nuqtai nazar qarashlar

v) kishining xayot kechirishi, xo’jalik yuritish printsipida o’rnatilgan yoki joriy

qilinadigan tartib.

g) Turli mulk shakillari va xar xil xo’jalik turlari yaxlitligidan tashkil topgan iqtisodiyot.

d) Iqtisodiyotda o’tkazilgan, amalga oshirilgan tub o’zgartirishlar

e) Qarashlar, fikr yuritish, dunyoni anglash usuli.

yo) Markaziy rejalashtiriladigan ma’muriy – buyruqbozlikka asoslangan totalitar iqtisodiy

tizimdan bozor iqtisodiyotiga o’tishning qonun – qoidalari va uning O’zbekistondagi o’ziga xos

xususiyatlariga

oid ilmiy qarashlar majmui.

j) Ma’muriy buyruqbozlik tizimi o’rniga bozor iqtisodiyotiga xos mexanizmni

shakllantirish uchun zarur vaqt yoki postsotsializm, postkommunizmning bozor iqtisodiyotiga

transformatsiyasi davri.



Takrorlash va munozara uchun savollar

1. Bozor iqtisodiyotiga o’tish nima sababdan umumiqtisodiy jarayonga aylanadi?

2. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’ziga xos yo’li qanday omillarga bog’liq. Turli

modellarning umumiy tomoni-chi?

3. Bozor iqtisodiyotiga o’tish uchun islohotlar o’tkazishning ikki yo’li qanday farqlanadi?

4. Jahon iqtisodiyoti taraqqiyoti tarixiga kirgan qanday modellarni bilasiz?

5. Bozor iqtisodiyotiga o’tishda e’tiborga olish zarur bo’lgan O’zbekis-tonning qanday

o’ziga xos xususiyatlari bor?

6. O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish kontseptsiyasining bosh-qa modellaridan

farqini ko’rsating?

7. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning birinchi bosqichi yakunlari va ikkinchi bosqichda

amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish jarayonini

izohlang.

Masala va mashqlar

Quyidagilarni o’qing, diqqat qiling: bu o’zgarishlar iqtisodiy islohotlarning qaysi

sohalariga xos.

1. Mahalladagi sartaroshxona, do’koncha, poyafzal tuzatish ustaxonasi

xususiylashtirildi.

2. Moliya Vazirligi va Markaziy bankning tizumi va vazifalari o’zgartirildi.

3. Kiyim – kechaklarga qat’iy narx belgilash bekor qilindi.

4. Yilni zarar bilan yakunlagan “Besh buloq” shirkati asosida fermer xo’jaliklari tashkil

etildi.

5. Respublikamizda 1995 yilga kelib shaxsiy tomorqa uchun ajratilgan er 700 ming



gektarga etdi.

6. Respublika tovar, xom ashyo birjasi tashkil etildi.

7. Xom ashyo narxlarini davlat tomonidan tartibga solish to’xtatildi.

8. Toshkent to’qimachilik kombinati aktsionerlik jamiyatiga aylantirildi.

9. Respublika fond birjasi tashkil etildi.

10. Uy – joy fondi xususiylashtirildi.

11. Bojxona tarmoqlari ishlab chiqildi.

12. Ruxsatnoma asosida chetga chiqariladigan maxsulot turlari 1994 yilning o’zidayoq 74

tadan 11 taga kamaytirildi.

13. Ish xaqi va pensiyalarning eng kam miqdori bir necha marta oshirildi.

14. 2000 yili O’zbekiston Respublikasi monopoliyadan chiqarish va raqobatni

rivojlantirish davlat qo’mitasi tashkil qilindi.

15. Respublikamizda non va non maxsulotlariga dotatsiyalar saqlab qolindi.

16. Valyuta birjasi tashkil etildi.

17. O’zbekiston 1994 yili “Tarmoqlar va savdo” bosh bitimi (GATT)da kuzatuvchi

maqomini oldi

18. Ayollarga 54 yoshdan pensiyaga chiqish joriy qilindi.

19. Respublika ko’chmas mulk birjasi tashkil etildi.



T/H

1.Bozor iqtisodiyotiga o’tishning klassik modelining o’zi 3 guruhga bo’linib, uning

mezonlari qilib:

a) davlat dasturlarining maqsadi;

b) iqtisodiyotni tartibgasolish usullari;

v) iqtisodiyotda davlat sektorining ulushi;

g) ish xaqidagi farqlar olingan;

2.Sotsial bozor iqtisodiyoti modeli guruxiga kiruvchi mamlakatlarda mulkda davlat ulushi

nisbatan pastligi jamiyatning tabaqalanishini kuchayishi;

3.Aralash yoki erkin bozor iqtisodiyoti modeli davlat tadbirkorlikni rivojlantirishga

aloxida axamiyat berishi; iqtisodiyotda davlat mulki xissasining kamligi, ish xaqi farqi kattaligi

va axolii tabaqalanishi kuchliligi bilan ajralib turadi.

4.Korporativ iqtisodiyot modeli davlatning yirik biznesmanfaatini ximoya qilish, asosiy

ustuvor tarmoqlarni aniqlab, ularning rivojlanishiga yordam berishi, davlat mulki xissasi pastligi

ish xaqidagi farq katta emasligi bilan xarakterlanadi

5.Bozor iqtisodiyotiga o’tishning tarixiynuqtai nazardan iqtisodchilar ikki guruxga

bo’ladilar:

1) G’arbiyo Evropa va boshqa rivojlangan mamlakatlar yo’li;

2) Sobiq sotsialistik mamlakatlar yo’li;

6.Bozor iqtisodiyotiga o’tishning Janubiy Korea modelining boshqa modellardan

davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi sa’sirining nixoyatda kuchliligi Bilan ajralib turadi.

7.Xitoy modeli iqtisodiy qurishni qishloq xo’jaligini islox qilishdan boshlanishi Bilan

xarakterlanadi.

8.Bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’zbek modeli xam bir tomondan bozor iqtisodiyoti

modellarining umumiy jixatlariga asoslanadi, shu Bilan birga boshqa mamlakatlardan ajratib

turuvchi o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi.

9.O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chikarishda boshqa mamlakatlar yo’lidan

borildi.


10.Iqtisodiy isloxatlarning ikkinchi bosqichidagi amalga oshirilishi. Shu lozim bo’lgan

birinchi va extimolni asosiy vazifa davlat mulklarini xususiylashtirish yo’lida boshlangan ishni

oxiriga etkazishdir.

Testlar

1. O’zbekiston modelining o’ziga xos tomonlari bozor iqtisodiyotiga o’tishning quyidagi

tomoyillarida o’z aksini topgan.

a)Iqtisodiyotning mafkuradan xoli, siyosatdan ustivorligi; Davlat – bosh isloxatchi;

Qonunlar ustivorligi; Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosati yuritish;

Bozor iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich o’tish.

b)Iqtisodiyotning mafkuradan xoli siyosatdan ustivorligi; Davlat – bosh isloxatchi; Erkin

narxlar ustivorligi; Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosati yuritish; Bozor

iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich o’tish.

v)Iqtisodni siyosatdan ustivorligi; Davlat – bosh islohotchi; Qonunlar ustivorligi; Bozor

iqtisodiyotiga o’tish jarayonida erkin narxlar siyosatini yuritish; Bozor iqtisodiyotiga bosqichma

– bosqich o’tish.

g)Siyosatning iqtisodiyotdan ustivorligi; Qonunlar ustivorligi; Bozor iqtisodiyotiga o’tish

jarayonida kuchli ijtimoiy siyosati yuritish; Bozor iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich o’tish.

d)Siyosatning iqtisodiyotdan ustivorligi; Qonunlar qabul qilish ustivorligi; Bozor

iqtisodiyotiga o’tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosati yuritish; Bozor iqtisodiyotiga bosqichma

– bosqich o’tish.

2. Iqtisodiy faoliyatni ijtimoiy xayotning birlamchi asosi ekanligi qaysi tamoyilda o’z

aksini topgan ?

a) Iqtisodni siyosatdan ustivorligi;

b) Davlat – bosh isloxatchi;

v) Qonunlar ustivorligi;

g) Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosati yuritish;

d) Bozor iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich o’tish.

3. Nima sababdan O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida aholini ijtimoiy

himoya qilishga alohida ahamiyat beriladi ?

a) Ishsiz qolgan axolini daromad bilan ta’minlash maqsadida;

b) Ko’p bolali oilalarga yordam berish maqsadida;

v) Axolii turmushi darajasini xaddan tashqari pasayib ketishiga yo’l qo’ymaslik uchun;

g) Bozor iqtisodiyotiga o’tishda kuchli ijtimoiy siyosat yuritish tamoyilini amalga

oshirish uchun;

d) Qariyalarni inflyatsiya oqibatlaridan himoya qilish uchun;

4. Bozor iqtisodiyotiga o’tishni amalga oshiruvchi bosh islohotchi.

a) Jamoat tashkilotlari;

b) Siyosiy partiyalar;

v) Kasaba uyushmalari;

g) Davlat

d) Xotin – qizlar tashkiloti.

5. Prezidentimiz I.A.Karimov “Besh tamoyilning hammasi ham demokratik va iqtisodiy

o’zgarishlarni muvoffaqiyatli isloh qilib borishda birday muhim ahamiyatga egadir, shu bilan

birga …

a) Iqtisodiyotning siyosatdan ustivorligi;



b) Davlatning bosh islohotchi bo’lishi;

v) Iqtisodiyotni mafkuradan batamom holi qilish ustivorligi;

g) Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosat yuritishi;

d) Bozorga bosqichma – bosqich o’tish;

tamoyili alohida e’tiborga loyiq. Bu etakchi tamoyillardan biridir. U iqtisodiy

islohotlarning butun ichki mantiqini rivojlanib borishi va harakatlarni belgilab beradi”, – deb

ta’kidlaydi.

6. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning birinchi bosqichida ikkita xal qiluvchi vazifani

birdaniga amalga oshirildi. Birinchisi, ma’muriy buyruqbozlik tizimi oqibatlarini engish;

tanglikka barxam berish; iqtisodiyotni barqarorlashtirish; ikkinchisi respublikaning o’ziga xos

sharoit va xususiyatlarini hisobga olgan holda …

a) Institutsional o’zgarishlarni amalga oshirish;

b) Bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish;

v) Agrar islohotlarni amalga oshirish;

g) Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish;

d) o’tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish.

7. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning rivojlangan mamlakatlar yo’li yoki klassik yo’li:

a) 3 guruxga;

b) 2 guruxga;

v) 4 guruxga;

g) 5 guruxga;

d) 6 guruxga; bo’linadi.

8. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning klassik yo’li:

a) sotsial bozor iqtisodiyoti modeli, neoklassik modeli, korporativ iqtisodiyot modeli;

b) Aralash yoki erkin bozor iqtisodiyoti modeli, korporativ iqtisodiyot modeli;

v) Sotsial bozor iqtisodiyoti modeli, aralash yoki erkin bozor iqtisodiyoti modeli,

korporativ iqtisodiyot modeli;

g) Sotsial bozor iqtisodiyoti modeli, aralash yoki erkin bozor iqtisodiyoti modeli;

d) Sotsial bozor iqtisodiyoti modeli, aralash yoki erkin bozor iqtisodiyoti modeli,

neoklassik modeli.



Tarqatma materiallardan namunalar:

1-tarqatma material



Bozor (aralash) iqtisodiyotiga o’tish modelini ishlab chiqishda xisobga olingan

O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlari.

O’zbekis-tonning o’ziga xos xususiyatlari

O’zbekistonning qadimdan taraqqiti evalyutsion tarzda rivojlanishi, Osiyoda

ishlab chiqarishning an’analari saqlanib qolishi;

• Dexqonsilik asosan sugoriladigan erlarda olib boriladi;

• Kup ishlar jamoa bilan xashar yordamida bajarilishi;

• O’z – o’zini boshqarishning maxala tizimi mavjud;

• Mayda ishlab chiqarish, mayda savdo – sotiqqa moyillik;

• Mayda dexqon xo’jaligini yuksak darajada tovar xo’jaligi bo’lishi va banklar.

Qator xususiyatlar bir tomondan, sotsialistik iqtisodiy tizim va ikkinchi tomondan

sovet imperiyasi tarkibida rivojlanish bilan bogliq.

O’ziga xos demografik vaziyat mavjud:

• Axolining asosiy qismiqishloqlarda yashaydi. Axo-liining tarkibida yoshlar

ko’p.


• Axolii milliy urf – odat, an’analarni xurmat qiladi, ular xayot tarziga ko’chli

ta’sir ko’rsatadi.

O’zbekiston tabiiy resurslarga boy mamlakat.

2-tarqatma material

3-tarqatma material

MDX mamlakatlarida yalpi ichki

mahsulot (1991 yilga nisbatan % hisobida)

YaIM 1991 yilga nisbatan o’sishi

bo’yicha O’zbekiston MDX

mamlakatlari orasida etakchilikni

saqlab kelmoqda.

Jadval ma’lumotlari asosida yana

qanday xulosalar chiqarish mumkin?

Manba: MDX statistika qo’mitasi

ma’lumotlari va muallif xisob-kitoblari

4-tarqatma material

1999 2000 2001 2002 2003

O’zbekiston 94,0 98,6 102,7 107,0 111,4

Ozarbayjon 53,3 59,3 65,1 72,0 80,1

Armaniston 72,5 76,8 84,2 95,0 108,2

Belorusiya 84,8 89,7 94,0 98,7 105,4

Gurjiston 46,7 47,6 49,8 52,5 57,1

Qozog’iston 71,0 78,0 88,5 97,2 106,1

Qirg’iziston 68,5 72,2 76,1 76,1 81,2

Moldova 41,0 42,0 45,0 48,5 51,6

Rossiya 64,4 70,8 74,3 77,8 83,3

Tojikiston 38,0 41,0 45,0 49,3 54,3

Ukraina 44,7 47,4 51,7 54,2 58,8



Bozor iqti-sodiyoti (aralash) o’tishi-ning

o’ziga xos yo’lini tanlashga ta’sir

ko’rsatuv-chi omil-lar

Raqobat kurashga asoslanganligi

Monopolizm, yakka Џokimlikni inkor etilishi

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishning

ma’lum tizimi mavjudligi kabilar.

Daromad topishning cheklanmaganligi

Tovar va xizmatlarga ------- narx ustunligi

Bozor iqtisodiyoti (aralash)ning turli – tuman mulkchilikka

va ularning qonun oldida asoslanganligi

Bozor iqti-sodiyoti (aralash) otishi-ning

barcha mamla-katlar uchun umumiy

jixat-lari

Tabiiy resurslarning mavjudligi va ularning zaxirasi.

Ishlab chiqarish resurslari, texnika, texnologiya kapitalining

Jamiyatning ijtimoiy yo‘nalishi.

Axolining an’analari va urf odatlari.

Tariziy taraqqiyot darajasi.

Har bir mamlakatning geografik o‘rni.

Javoblar:

Asosiy tayanch tushunchalar:

1v); 2a); 3g); 4b); 5e); 6d); 7j); 8yo);

Masala va mashqlar:

1,8,10 Mulkiy munosabatlarini isloh qilishga.

4,5 Agrar isloxotlar

3,7 Moliya – kredit va narx – navo islohati

2,6,9,14,16,19 Boshqarish tizimini islox qilish va bozor

infrastrukturasini yaratish

11,12,17 Tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti

13,15,18 Ijtimoiy islohotlar.



T/N

1T; 2N; 3T; ;T; 5N; 6T; 7T; 8T; 9N; 10T;



Testlar:

1a); 2a); 3v); 4g); 5d); 6b); 7a); 8v);



Aim.uz

Download 118 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish