O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq to’lovchilarning huquqlari



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

22-modda. Soliq to’lovchilarning huquqlari 
 
Soliq to’lovchilar: 
1) soliq organlaridan va boshqa vakolatli organlardan (ularning vakolatlari 
doirasida) amaldagi soliqlar to’g’risida, soliq to’g’risidagi qonun hujjatlaridagi 
o’zgarishlar haqida, soliqlarni hisoblab chiqarish va to’lash tartibi to’g’risida 
axborot olish, shuningdek, soliq hisobotining va arizalarning shakllarini, ularni 
to’ldirish tartibi haqida tushuntirishlarni bepul olish; 
2) o’z soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan soliq organlaridagi va boshqa 
vakolatli organlardagi mavjud ma’lumotlarni olish; 
3) ushbu Kodeksda belgilangan asoslar mavjud bo’lganda va tartibda soliq 
imtiyozlaridan foydalanish yoxud ulardan foydalanishni rad etish; 
4) soliqlar, penyalar va jarimalarning ortiqcha to’langan yoki ortiqcha 
undirilgan summalarini o’z vaqtida hisobga o’tkazish yoki qaytarish; 
5) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va shartlarda soliqlarni to’lashni 
kechiktirish va (yoki) bo’lib-bo’lib to’lash; 
6) soliq solish ob’ektlarini hisobga olishda, soliqlarni hisoblab chiqarish va 
to’lashda o’zlari yo’l qo’ygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish; 
7) ushbu Kodeksga muvofiq o’zlarining hududlarida o’tkaziladigan sayyor 
soliq tekshiruvi va soliq auditida ishtirok etish; 
8) sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi materiallari bilan tanishish, 
shuningdek ushbu tekshiruvlarning dalolatnomalarini olish; 
9) soliq tekshiruvini amalga oshiruvchi soliq organlariga soliq to’g’risidagi 
qonun hujjatlarining ijrosiga taalluqli masalalar bo’yicha tushuntirishlar berish; 
10) soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning hamda ularning mansabdor 
shaxslarining ushbu Kodeksga va (yoki) soliq to’g’risidagi boshqa qonun 
hujjatlariga muvofiq bo’lmagan talablarini bajarmaslik; 
11) soliq organlari va boshqa vakolatli organlarining normativ tusga ega 
bo’lmagan hujjatlari va qarorlari ular mansabdor shaxslarining harakatlari 
(harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish; 
12) soliq organlari va boshqa vakolatli organlarining qonunga xilof qarorlari 
yoki ular mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) tufayli 
etkazilgan zararlarning o’rni qoplanishini belgilangan tartibda talab qilish; 


12 
13) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, soliq tekshiruvi materiallarini 
yoki soliq organlarining boshqa hujjatlarini ko’rib chiqish jarayonida ishtirok etish; 
14) soliq munosabatlari masalalariga oid o’z manfaatlarini shaxsan yoki o’z 
vakili orqali, shu jumladan soliq maslahatchilari tashkiloti orqali ifodalash; 
15) soliq siriga rioya etish va uni saqlash huquqiga ega. 
Soliq to’lovchilar ushbu Kodeksda va soliq to’g’risidagi boshqa qonun 
hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ham egadir. 
Soliq to’lovchining soliq munosabatlarida shaxsan ishtirok etishi uni vakilga 
ega bo’lish huquqidan mahrum etmaydi, xuddi shuningdek vakilning ishtirok etishi 
soliq to’lovchini bunday munosabatlarda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum 
etmaydi. 
Soliq to’lovchilarning huquqlari soliq organlari va boshqa vakolatli organlar 
mansabdor shaxslarining tegishli majburiyatlari bilan ta’minlanadi. 
Soliq to’lovchilarning huquqlarini ta’minlashga oid majburiyatlarni 
bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik O’zbekiston Respublikasining 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo’ladi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish