O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq tizimining yagonaligi printsipi



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

12-modda. Soliq tizimining yagonaligi printsipi 
Soliq tizimi O’zbekiston Respublikasining butun hududida yagonadir. 
O’zbekiston Respublikasining yagona iqtisodiy makonini buzuvchi, xususan, 
O’zbekiston Respublikasining hududi doirasida tovarlarning (xizmatlarning) yoki 
moliyaviy mablag’larning erkin muomalada bo’lishini bevosita yoki bilvosita 
cheklab qo’yadigan soliqlar belgilanishiga yo’l qo’yilmaydi. 
13-modda. 
Soliq 
to’g’risidagi qonun hujjatlarining 
oshkoraligi printsipi 
Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari rasmiy e’lon qilinishi shart. 
Rasmiy e’lon qilinmagan soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari kuchga 
kiritilmagan hujjat sifatida huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi. 
14-modda. 
Bartaraf 
etib 
bo’lmaydigan qarama-qarshiliklar va 
noaniqliklar
Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlaridagi barcha bartaraf etib bo’lmaydigan 
qarama-qarshiliklar va noaniqliklar soliq to’lovchining foydasiga talqin etiladi. 
15-modda. Iqtisodiy mazmun va yuridik shakl 
 



Soliq solish maqsadida barcha bitimlar va soliq to’lovchi kirishadigan boshqa 
iqtisodiy munosabatlar, ularni yuridik jihatdan rasmiylashtirish usulidan yoki 
shartnomaning nomlanishidan qat’i nazar, ularning haqiqiy iqtisodiy mazmunidan 
kelib chiqqan holda hisobga olinishi kerak. 
Soliq solish maqsadlarida soxta va qalbaki bitimlar hisobga olinmaydi. Agar 
bunday bitimlar boshqa bitimlarni niqoblasa, soliqlarni hisoblash uchun haqiqiy 
bitimlarning iqtisodiy natijalari hisobga olinadi.
Agar bitimlarning yoki boshqa iqtisodiy munosabatlarning barcha 
ishtirokchilari o’zlari tuzgan bitimlarning barcha shartlari va talablarini bajarsa, 
soliqqa oid bo’lmagan munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy 
hujjatlarda nazarda tutilgan qoidalarning ayrim buzilishlari soliq to’lovchi 
tomonidan olingan daromadlarni yoki ularning xarajatlarini (ko’rgan zararlarini) 
soliq solish maqsadida e’tirof etishni rad etish uchun asos bo’lib xizmat qilishi 
mumkin emas. 
Agar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan talablar bajarilmasa, 
soliq organlari soliq to’lovchi tuzgan bitimlarning yuridik jihatdan tavsiflanishini 
soliq to’lovchining maqomini hamda uning iqtisodiy faoliyati xususiyatini soliq 
solish maqsadlarida o’zgartirishga haqli. 
Agar soliq to’lovchining yagona maqsadi yoki ustuvor maqsadi soliq 
to’lamaslik tarzidagi asossiz soliq nafi olishdan yoki o’zi to’laydigan soliqlarning 
summasini kamaytirishdan iborat bo’lgan operatsiyalarni yoki operatsiyalar ketma-
ketligini amalga oshirsa, uning bunday harakatlari ushbu Kodeks maqsadlarida 
huquqni suiiste’mol qilish deb e’tirof etiladi. 
Soliqlarning summalarini kamaytirishga oid sxema ham huquqni suiiste’mol 
qilish deb e’tirof etiladi, bunda ushbu kamaytirish bevosita yoki bilvosita maqsad 
yoxud oqibat bo’ladi yoki maqsadlardan yoxud oqibatlardan biri bo’ladi hamda bu 
maqsad yoki oqibat ikkinchi darajali bo’lmaydi. Soliqlarning summalarini 
kamaytirish soliq solish qamrovini bevosita yoki bilvosita o’zgartirishni, soliq 
imtiyozlaridan foydalanishni yoki to’lanishi lozim bo’lgan soliq summalarini 
boshqacha tarzda kamaytirishni o’z ichiga oladi. 
Huquq suiiste’mol qilingan hollarda, soliq organlari soliq to’lovchi to’lashi 
lozim bo’lgan soliqlarning summalarini aniqlashda huquqni suiiste’mol qilish 
alomatlariga ega bo’lgan ayrim operatsiyalarni yoki operatsiyalar ketma-ketligini 
e’tiborga olmaslikka va (yoki) to’lanishi lozim bo’lgan soliqlar summalarini bunday 
suiiste’mollikning ta’sirini istisno etadigan tarzda o’zgartirishga haqli. 
Soliq to’lovchi soliq bazasini va (yoki) to’lanishi lozim bo’lgan soliq 
summasini mazkur Kodeksning Maxsus qismi tegishli bo’limlari qoidalariga 
muvofiq bir vaqtning o’zida quyidagi shartlarga rioya etgan holda kamaytirish 
huquqiga ega: 
1) soliq summasini to’lamaslik (to’liq to’lamaslik) va (yoki) hisobga olish 
(qaytarish) bitimni (operatsiyani) amalga oshirishning asosiy maqsadi bo’lmasa; 
2) bitim (operatsiya) bo’yicha majburiyat soliq to’lovchi bilan tuzilgan 
shartnomaning tomoni bo’lgan shaxs va (yoki) bitimni ijro etish majburiyati 
shartnoma yoki qonun bilan berilgan shaxs tomonidan ijro etilgan bo’lsa. 




Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish