II.3.Tadqiqotning vazifalari.
1. "Baykal-EM-1" mikrobiologik oʼgʼit tuproqqa solinganda tuproqda agrokimyoviy xususiyatlarini oʼzgarishiga taʼsirini aniqlash.
2. Mikrobiologik oʼgʼit mineral oʼgʼitlar fonida qoʼllanilganda gʼoʼza boʼlaklarida oziqa unsurlarini miqdor oʼzgarishiga va ularni oʼzlashtirilishiga taʼsirini aniqlash.
3. Mikrobiologik oʼgʼit mineral oʼgʼitlar fonida qoʼllanilganda 1 tonna paxta hosiliga sarf boʼlgan NPK miqdorlariga taʼsirini aniqlash.
4. Mikrobiologik oʼgʼitni gʼoʼzani oʼsishi, rivojlanishi, quruq massaga, hosil toʼplashiga va paxta hosilining sifatiga taʼsirini aniqlash.
5. Mikrobiologik oʼgʼit mineral oʼgʼitlar bilan birgalikda va mineral oʼgʼitlarsiz qoʼllanilganda gʼoʼzadagi iqtisodiy samaradorligini aniqlashdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |