O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 429,26 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana27.02.2021
Hajmi429,26 Kb.
#60527
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
bank tizimi

                                                        6-jadval 

O’zbekiston Respublikasida soliqlar  tizimi tarkibi 

Umumdavlat soliqlari. 

Mahalliy soliqlar  va yig’imlar 

1.Yuridik 

shaxslar 

daromadiga 

(foydasiga) soliq.. 

2.Jismoniy 

shaxslar 

daromadiga 

soliq.. 

3.Qo’shilgan kiymat solig’i. 

4.Aktsiz solig’i. 

5.Er  osti  boyliklaridan  foydalanish 

solig’i. 

6.Suv  resurslaridan  foydalanganlik 

uchun soliq.. 

7.Savdo  va  umumiy  ovkatlanish 

tashkilotlaridan 

yalpi 


  daromad  

solig’i. 

1.Mol-mulk solig’i. 

2.Er solig’i. 

3.Yagona soliq.. 

4.Infratuzilmani 

rivojlantirish 

solig’i. 

5.Jismoniy  shaxslarning  transport 

yoqilg’isi uchun iste’mol solig’i. 

6.Jismoniy 

shaxslar 

chetdan 

tovarlar  olib  kelganligi  uchun 

yagona bojxona to’lovi. 

7.Savdo 


huquq 

yig’imi, 

shu 

jumladan 



alohida 

tovarlarni 

turlarini sotish litsenziya yig’imi. 



8.Bojxona boji. 

9..Davlat boji. 

10.Kimmatli  qog’ozlarni  ruyxatdan 

o’tkazish yig’imi. 

11.Boshqa daromadlar. 

8. 


Ishbilarmonlik 

bilan 


shug’ullanuvchi.huquqiy 

hamda 


jismoniy 

shaxslarni 

ruyxatdan 

o’tkazish yig’imi. 

9.Boshqa to’lovlar.  

 

1-jadvalda  ko’rinib  turibdiki,  xozirgi  kunda    soliqlar    kodeksda  7  ta 



umumdavlat (respublika) soliqlari va 5 ta mahalliy soliqlar kiradi 

Soliqlarni  ob’ekti  va  iqtisodiy  mohiyati  bo’yicha  guruhlanadi.  Soliqlarni 

guruhlash  iqtisodiyotga  ijobiy  va  salbiy  ta’sirlarni  o’rganishning  ilmiy  va  amaliy 

uslubidir.  

Soliqlar  soliqqa tortish ob’ektiga karab to’rt guruhga bulinadi: 

-oborotdan olinadigan soliqlar; 

-daromaddan olinadigan soliqlar; 

-mol-mulk  kiymatidan olinadigan soliqlar; 

-er maydoniga karab olinadigan soliqlar.. 

Oborotdan  olinadigan  soliqlar  ga  kushilgan  kiymat  solig’i,  aktsiz  solig’i, 

bojxona  va  er  osti  boyliklari  kiymatidan  olinadigan  soliqlar    kiradi.  Lekin  oborot 

(aylanma)  tushunchasi  bizning  qonunchiligimiz  bo’yicha  ilgaridek  mahsulot 

realizatsiyasi  oborotidan  emas,  balki  maxsulotlarni  yuklab  yuborgan  kiymat  bilan 

ulchanadi  Yalpi  tushumdan  olinadigan  yagona  soliq  ham  oborotdan  olinadigan 

soliqlarga kiradi.  

Daromaddan  olinadigan  soliqlarga  huquqiy  shaxslarning  daromadiga 

(foydasiga),  jismoniy  shaxslarning  daromadiga  solinadigan  soliq,  savdo 



tashkilotlarining yalpi daromadidan soliqlar i kiradi. Bu guruh soliqlarga  ijtimoiy 

infratuzilmani  rivojlantirish solig’i ham kiradi. 

Mol-mulk  qiymatidan  olinadigan  soliqlarga  mol-mulk  solig’i,  ekologiya, 

avtomobil mashinalarini qayta sotish solig’i va boshqalar kiradi. 

Er  maydonlaridan  olinadigan  soliqlarga  qishlok  xo’jalik  tovar  ishlab 

chikaruvchilarning  yagona  er  solig’i  va  yuridik  (noqishloqxo’jalik)  va  jismoniy 

shaaxslarning er soliqlari kiradi.  

Iqtisodiy mohiyatiga karab soliqlar  egri va to’g’ri soliqlarga yoki bevosita va 

bilvosta bulinadi. 

 To’g’ri  soliqlarni    bevosita  soliq  to’lovchilarning  o’zi  tulaydi,  ya’ni  soliqni 

huquqiy to’lovchisi ham, hakikiy to’lovchisi ham bitta shaxs bo’ladi. TO’gri soliq 

yukini  boshqalarga  ortish  Holati  bu  erda  bO’lmaydi.  Bu  soliqlarga  hamma 

daromaddan tulanadigan va barcha mulk soliqlar i kiradi. 

“To’gri  soliqlardan  to’gridan-to’gri  daromaddan  soliq  to’langanligi  uchun 

soliqlar  stavkasining kamaytirilishi korxonalar  daromadining ko’p qismini ularga 

koldirib, investitsiya faoliyatini kengaytirish imkonini yaratib, bozor iqtisodiyotini 

rivojlantiradi. Bu soliqlar ning stavkalari kupaytirilsa, biznes imkoniyatlari kamaya 

borib,  iqtisodiy  rivojlanishni  susaytiradi.  Demak  bu  guruh  soliqlarning  stavkalari 

to’gridan-to’gri bozor iqtisodiyoti bilan chambarchas bog’langandir”

*



Egri  soliqlar  ni  huquqiy  to’lovchilari  mahsulot  (ish,  xizmatni)  yuklab 

yuboruvchilardir  (xizmat  ko’rsatuvchilardir).    Lekin  soliq  og’irligini  haqiqatdan 

ham  byudjetga  to’lovchilari  tovar  (ish,  xizmat)  ni  iste’mol  qiluvchilardir,  ya’ni 

xakikiy  soliq  to’lovchilar  bu  erda  yashiringan.  Bu  soliqlar    tovar  (ish,  xizmat) 

kiymati ustiga ustama ravishda qo’yiladi. 

                                                           

*Маликов  Т.С. Солиқ ва солиққа тортишнинг долзарб масалалари. Т.: “Академия”, 2002, 

56-б. 



Bu soliqlarning ijobiy tomoni mamlakatda ishlab chikarilgan tovarlarni chetga 

chiqib  ketishini  chegaralaydi,  mamlakat  ichida  tovarlar  ko’p  bo’lishiga  yordam 

beradi.  Egri  soliqlar    orkali  tovarlar  kiymati  oshirilmasa,  bozorlarda  ularning 

taqchilligi ortadi. Egri soliqlar   stavkasining  asosli  ravishda oshirilishi korxonalar 

faoliyatining moliyaviy yakuniga to’gridan to’gri ta’sir etmaydi, ya’ni investitsion 

faoliyatini  qiskartirmaydi.  Ammo  soliq  stavkasi  tahlil  kilinmasdan  oshirib 

yuborilsa  korxonalar  mahsulotlarini  sotishda    qiyinchilikka  uchrab,  foydasi  va  

byudjetga to’lovlari kamayishi mumkin. 

Bu  soliqlarning  yana  bir  tomoni  muomaladagi  ortiqcha  pul  massasini 

kamaytirib, inqirozni jilovlab boradi. Birok bu soliqlar  mehnat bilan band bo’lgan 

aholining  real  daromadini  pasaytiradi.  Korxonalarda  to’gri  soliqlar    stavkasini 

kamaytirish  hisobiga  berilgan  imkoniyat  ko’prok  mahsulot  ishlab  chiqarishni 

ko’paytirib, tovarlar assortimentining oshishini ta’minlashi kerak.  

Jaxon  soliq  amaliyotida  to’g’ri  va  egri  soliqlar    nisbatiga  karab  u  yoki  bu 

mamlakat  iqtisodiyotini  rivojlanishi  yoki  iqtisodiy  kiyinchiliklarni  borligini  tahlil 

qilib  berish  mumkin.    Masalan.  AQShda  to’g’ri  soliqlar    salmog’ining  byudjet 

daromadida  90  foizga  yakin  bO’lishi  bu  erda  rivojlangan  bozor  iqtisodiyoti 

mavjudligidan darak beradi. 

Egri soliqlar  tarkibiga QQS, aktsiz solig’i, bojxona boji, er osti boyliklaridan 

foydalanish  soliqlari  kiradi.  Yuqorida  aytib  utilganidek,  to’gri  va  egri  soliqlar  

yagona  soliq  tizimini  tashkil  etib  bir-biri  bilan  o’zaro  bog’langan.  Umumiy  soliq 

summasi o’zgarmagan holda birining stavkasini kamaytirish ikkinchisini stavkasini 

oshirishni talab etadi. 

Soliqlarning umudavlat (respublika) va mahalliy soliqlarga bulinishi xukumat 

idoralarining  respublika  xukumati  va  mahalliy  xukumatlarga  bo’linishi  asosida 

kelib  chiqadi.  Har  bir  xokimiyat  idoralari  O’zlarining  bajaradigan  muhim 

vazifalaridan  kelib  chiqib,  O’z  byudjetiga  va  uni  ta’minlaydigan  soliqlar  ga  ega 

bO’lishi  kerak.  Respublika  xukumati  umumdavlat  mikyosida  katta  vazifalarni 




mudofaa,  xavfsizlikni  saqlash,  tartib  intizom  infrastrukturasini  yaratish, 

mexnatkashlarga  ijtimoiy  ximoyasini  tashkil  etish  va  boshqa  bir  kator  yirik 

vazifalarni  bajaradi.  Shuning  uchun  uning  byudjeti  ham  soliqlar  i  ham  salmokli 

bo’lishi  shart.  QQS,  aktsiz  solihi,  yuridik  shaxslarning  daromadi  (foydasi)dan, 

fuqarolar  daromadidan  olingan  soliqlar    respublika  byudjetiga  tushadi. 

Umumdavlat  soliqlar  ining  muhim  xususiyati  shundaki,  respublika  byudjetiga 

tushadigan  soliqlar  dan  mahalliy  byudjetlarni  boshqarib  borish  uchun  ajratma 

sifatida  tushushi  mumkin.  Bordi-yu,  ajratma  etmasa  subventsiya  yoki  subsidiya 

beriladi.  Agar  kelgusi  yil  mahalliy  byudjetlarning  o’z  manbalari  (soliqlar  i) 

kupayib  kolsa,  respublika  soliqlar  dan  ajratma  berishning  xojati  kolmaydi. 

Respublika  va  mahalliy  soliqlar    yagona  mohiyatiga  ega  bo’ladi,  byudjetga 

tulanishi lozim bo’lgan to’lovlardir. 

Mahalliy  soliqlar    xukumatlar  bajaradigan  vazifalariga  karab  belgilanib, 

ularga  doimiy  va  to’liq  biriktirib  beriladi.  Mahalliy  hukumatlar  asosan 

mexnatkashlarga  yakin  bo’lganligidan  ularga  ijtimoiy  masalalarni  maktab, 

sog’likni  saqlash,  madaniyat,  maorif,  shahar  va  kishloklar  obodonchiligi  kabi 

vazifalarni  bajaradi.  Lekin  bu  soliqlar    va  yig’imlar  ularning  byudjet 

Harajatlarining  30-40  foizini  koplaydi,  holos.  Keyingi  vaktlarda  mahalliy 

byudjetlar  daromadlari  salmog’ini  50-60  foizga  etkazish  kabi  xukumat  karorlari 

mavjud.  Mahalliy  byudjetlar  daromadlarini  kupaytirish  eng  dolzarb  masalalardan 

biridir.  Fakat  o’z  daromad  manbaiga  to’liq  ega  bo’lgan  mahalliy  xukumatlar  o’z 

faoliyatlarini  to’liq  amalga  oshirishlari  mumkin.  Aks  holda,  har  xil  moliyaviy 

kamchiliklarga  yo’l  qhyish  zhtimoli  bor.  Mahalliy  soliqlarning  muhim  xususiyati 

shundaki  ular  fag’at  shu  xududning  byudjetiga  tushadi.  Boshqa  byudjetlarga 

ajratmalar berilmaydi.  

Mahalliy  byudjetlarning  soliq  va  yig’imlari  kam  bO’lganligidan  bu 

byudjetlarning  daromadlar  va  xarajatlarini  barqarorlashtirish  (balanslashtirish) 

ancha  murakkabdir.  Bu  masalani  echishda  ilgari  ko’rsatganimizdek  xududdan 

respublika  byudjetiga  tushadigan  soliqlardan  ajratmalar  beriladi.  (masalan,  QQS, 



daromad solig’i va boshqalar). Amaliyotda shu soliqlardan mahalliy byudjetlarga 

ular  byudjetini  barqarorlashtirish  uchun  100  foizgacha  ajratma  bermasdan  turib 

subventsiya  (maksadli  yordam)  berish  hollari  uchraydi.  Vaholanki,  mahalliy 

hukumatlarni  o’z  xududlaridan  tushadigan  soliqlarni  undirishga  qiziktirish  uchun 

100 foizgacha ajratmalar berish maqsadga muvofiqdir. 

Subventsiya yoki subsidiya uslublari esa mahalliy hukumatlarning respublika 

hukumatiga  murojaat  etish  lozimligini  bildirib,  ularni  o’z  xududlaridagi  soliqlar  

to’liq undirilishini qiziktirmaydi, ulardagi boqi beg’amlik kayfiyatini kuchaytiradi. 

Soliq  tizimining  takomilashganliligi  soliq  turlari,  stavkalari,  soliqlarning 

davlat  byudjeti  tarkibidagi  daromadining  nisbati  mamlakatning  iqtisodiy 

rivojlanish  darajasiga  qay  darajada    mos  kelishi,  iqtisodiy  islohotlarni  amalga 

oshirish,  mamlakat  iqtisodiyotini  yuksaltirish  maqsadlariga  mutanosibligi  bilan 

belgilanadi.  

        Egri  soliqlar  davlat  byudjeti  jami  daromadlarining  yarmidan  ko’p  qismini 

ta’minlab  beradi.    Agar  ushbu  soliqlar  tarkibini  qarab  chiqadigan  bo’lsak, 

qo’shilgan  

        Soliq  stavkalarini  pasaytirish,  iqtisodiyotga  soliq  yukini  kamaytirish, 

soliqlarning  rag’batlantiruvchi  funktsiyasini  kuchaytirish  borasida    amalga 

oshirilgan chora tadbirlar natijasida  umumiy soliq yuki kamaygani holda, byudjet 

daolmadlari  ortib  bordi,    ularning  tarkibida  ijobiy  siljishlar  ro’y  berdi.        Davlat 

byudjetiga  soliq  tushumlarining  ko’payishi    hukumatimiza  ijtimoiy-iqtisodiy 

dasturlarni  moliyalashtirish,  aholini  ijtimoiy  himoya  qilish  borasidagi  tadbirlarni 

amalga oshirishiga xizmat qildi.  

 


Download 429,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish