Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana27.10.2019
Hajmi1,2 Mb.
#24372
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
maktabgacha talim muassasalarida mashgulotlar jarayonida kompyuter slaydlaridan foydalanishning ilmiy metodik asoslari


Pedagogik 
jixatlari. 
Pedagogika 
nuqtai 
iazaridan, 
multimedia 

28 
 
texnologiyasining  MTMlari  ta‘lim-tarbiya  jarayoniga  tatbigi,  ularga  kompyuter 
asosida  yangicha  texnologik  yondashuv  xisoblanadi.  Shuning  uchun,  multimediali 
kompyuter  texnologiyasining  о‗ziga  xos  belgilari,  xususiyatlari  va  tamoyillari 
mavjud:  asosiy  belgilari  -  texnik  vositalardan  foydalanish,  tarbiyalanuvchilarning 
bilimini aniqlash mezonlarini ishlab chikish, ta‘lim samaradorligini oshirish, monitor 
ekraniga  karab  va  undagi  materiallar  dan  foydalanib  bilim  olishdan  iborat. 
Multimediali  kompyuter  texnologiyasidan  ta‘lim-tarbiya  jarayonida  foydalanish  bir 
vaqtning  о‗zida  bolalarning  kompyuter  savodxonligini  shakllanishiga  ham  olib 
keladi. 
Masalan,  an‘anaviy  ta‘lim  texnologiyasida  kompyuter  faqat  texnik  vosita 
sifatida  karaladi,  multimediali  kompyuter  texnologiyasida  esa  u  kо‗rgazmali 
vositadan  tashkari  ―ta‘lim  manbai‖  sifatida  mujassamlanadi,  ya‘ni  о‗rganiladigan 
material  oldindan  kompyuter  xotirasiga  kiritilgan  bо‗ladi.  Ushbu  material 
tarbiyachining  an‘anaviy  metod  bilan  mashgulot  о‗tkazish  bо‗yicha  tuzgan 
ishlanmasiga uxshaydi. 
MTM  tarbiyalanuvchilari  monitor  ekranida  namoyish  etiladigan  materiallarni 
о‗rgana  borsalar  va  kompioterdan  foydalanish  bо‗yicha  yetarlicha  kunikma  xosil 
qilsalar,  maktabda  boshlag‗ich  sinfda  informatika  fanini  о‗rganishga,  kelajakda  esa 
litsey  yoki  oliy  о‗quv  yurtida  kompyuterdan  foydalana  olish  malakasiga  tulik  ega 
bо‗ladilar.  Shu  bilan  birga,  tarbiyalanuvchilarning  kompyuterdan  foydalanish 
jarayonida  mantikiy  tafakkurlari  rivojlanadi,  bilim  olishga  xavaslari  va  ishtiyoklari 
ortadi, dunyokarashlari shakllanadi. 
Psixologik  jixatlari.  Bolalarning  yoshini  va  fikrlash  darajasini,  ta‘lim 
materialini  xotirasida  saklash  imkoniyatini  xisobga  olish,  kompyuter  bilan 
ishlaganda  kо‗z  tolikishining  oldini  olish,  bolalarning  xotirasini  rivojlantirish, 
diqqatini  barkarorlashtirish,  ta‘lim  materiallariga  qiziqishini  orttirish,  xis-xayajonli 
xissiyot uyg‗otish, kompyuterda ishlash kobiliyatini ustirish kabilar ham multimedia 
texnologiyasini  ta‘limda  kullanishning  psixologik  jixatlarini  tashkil  etadi  [92]. 
Monitor ekranida tasvirni kо‗rganda hamda tovushni eshitayotganda bola miyasining 
ikkala yarim shari bir vakgda ishlaydi va obyekt obrazi bir vaqtda kabul kilib olinadi. 

29 
 
Animatsiyali  ma‘lumotlarning  insonga  ta‘siri  katta  bulib,  undan  MTMlari 
ta‘lim-tarbiya  jarayonida  foydalanish  bolalar  diqqatini  kuprok  jalb  qilish 
xususiyatiga  ega.  Multimediali  ta‘lim  bir  vaqtning  о‗zida  ham  kurish.  ham  eshitish 
orqali bil im olish uchun samarali ekanligi xayotiy tajribada allakachon isbotlangan. 
Zero,  xalkimizda  ―yuz  marta  eshitgandan,  bir  marta  kо‗rgan  yaxshi‖  degan  makol 
bor.  Psixologiyada  ham  bir  vaqtning  о‗zida  bolaning  ham  kurish,  ham  eshitish 
organlaridan  foydalanish  orqali  bilim  berish,  ular  tomonidan  materiallarni 
о‗zlashtirishning  yukori  bulishi  uchun  kafolatli  ekanligi  ta‘kidlanadi.  Bu  borada 
akademik  S.S.Gulomov  va  boshkalar  quyidagilarni  ta‘kidlaydi:  ―Agar  о‗quvchilar 
berilayotgan  materiallarni  kurish  (video)  asosida  kabul  qilsa,  axborotning  xotirada 
saklab  kolinishi  25-30  %  ga  oshadi.  Bunga  qо‗shimcha  sifatida  о‗quv  material  lari 
audio,  video  va  grafika  kо‗rinishida  mujassamlashgan  xolda  berilsa,  materiallarni 
xotirada saklab kolish 75 % ga ortadi ‖ [119]. 
Psixologlarning  ta‘kidlashicha,  bolalar  asbob-uskunalarga,  texnik  kurilma  va 
transport  vositalarining  modellariga,  о‗yinchoklarga  juda  qiziquvchan  bо‗ladi.  Shu 
bilan  birgalikda,  о‗rganilayotgan  о‗quv  materialiga  bо‗lgan  qiziqishlarini  ham 
orttiradi.  Bolalarning'  bilim  olishlarga  ishtiyoklari  kuchayadi,  fikrlash  doiralari 
oshadi. 
Tamoyillari.  Asosiy  tamoyili,  kafolatlangan  yakuniy  natija,  ta‘limning 
maxsuldorligi,  tо‗g‗ri  va  teskari  alokaning  mavjudligi,  ta‘lim  maksadining  aniq 
shakllanishidan  iborat.  Shuningdek,  pedagogik  tajriba  natijalari  multimedia 
vositalaridan 
MTMlari 
ta‘lim-tarbiya  jarayonida  foydalanishning  didaktik 
tamoyillari 
qatoriga: 
dasturlashtirish, 
ilmiylik, 
moslik, 
jadallik, 
ta‘lim 
maksadlarining о‗zaro boglikligi, kо‗rgazmalilik, tizimiylik, materialning tushunarli 
bulishi,  faollik  va  mustakillik,  rivojlantiruvchi  va  tarbiyalovchi  omillari,  vosita 
(kompioter)ning  ixchamligi  va  umumiyligi  (barcha  turdagi  didaktik  vositalarning 
о‗rnini bosa olishi) kiradi. 
Bundan  tashkari,  multimediali  kompyuter  texnologiyasida  izchillik,  ketma-
ketlik  va  yoshiga  moslik  tamoyillari  ham  amalga  oshadi.  Ta‘lim  materialining 
tushunarli  bulish  tamoyili  kompyuter  xotirasiga  kiritilgan  va  о‗rganishga  taallukli 

30 
 
materiallarni  monitor  ekraniga  chiqarish  va  namoyish  etish  asosida  amalga 
oshiriladi. Tarbiyachi bolaga ta‘lim berish jarayonida о‗quv materialining tushunarli 
bulish tamoyiliga aloxida e‘tibor berishi kerak. Tanlangan о‗quv materiali murakkab 
bо‗lmasligi, tarbiyalanuvchilarga tushunarli bulishi lozim. 
О„ziga  xos  xususiyatlari.  Tarbiyalanuvchilarning  faolligini  oshirishda, 
о‗rganiladigan  о‗quv  materiallarining  xajmini  kupaytirishda,  ta‘lim  jarayonini 
oldindan  loyixalashda,  natijani  kafolatlashda,  ta‘lim  shaklini  kulaylashtirishda, 
shuningdek,  ta‘lim  mazmunida,  tuzilishida,  metodlari  va  shakllarida  namoyon 
bо‗ladi.  Tarbiyalanuvchilar  olgan  bilimlarni  xotiralarida  uzoq  vaqt  saklash 
imkoniyati  yaratiladi.  Bolalarning  о‗rganiladigan  materialga  va  kompyuterga 
qiziqishini  orttiradigan  о‗ziga  xos  metod  multimediali  kompyuter  texnologiyasidan 
foydalanishdir.  Multimedia  vositalari  tarbiyalanuvchining  psixikasini  rivojlantirish 
va fikrlash kobiliyatini shakllantirishda katta rol о‗ynaydi. Yakingacha bosma nashr 
(kitob,  risola va sh.k.)lar  axborotning  asosiy  an‘anaviy  manbai bulib  keldi. Ulardan 
foydalanib,  bolalarning  fikrlash  kobiliyati  shakllantirildi;  multimediali  kompyuter 
texnologiyasidan foydalanishda esa matn bilan tanishish bilan bir qatorda animatsiya 
xususiyatlarini  oshirib,  bolaning  fikrlash  saloxiyatini  ham  shakllantiriladi. 
Kompyuterli  ta‘limning  о‗ziga  xos  xususiyatlaridan  biri  kompioterni  bolalar 
organizmiga  salbiy  ta‘sir  etishidir.  Shuning  uchun,  tarbiyalanuvchilar  mashgulot 
mobaynida kompioterdan uzluksiz 15 daqiqadan ortiq foydalanmasliklari lozim. 
Kompyuterli  va  an‟anaviy  ta‟limiy  о„yinlar  nazariyasi  va  pedagogik-
isixologik  jixatlari.  Ixtiyoriy  ta‘lim  muassasasida  о‗qitish  jarayonini  boshqarish 
bilim  berishga  ta‘sir  etadi.  Uni  muvaffaqiyatli  amalga  oshirish  uchun  pedagogik 
tizimlarda  muqobil  boshqarishni  ta‘minlaydigan  modellar  ishlab  chikilmokda. 
Bunday  modellar  qatoriga  maxsus  о‗qitish  texnologiyalarini  kiritish  mumkin. 
V.P.Bespalko  [35]  pedagogik  texnologiyaning  quyidagi  ta‘rifini beradi:  ―Pedagogik 
texnologiya  -  bu  avvaldan  loyixalashtirilgan  о‗quv-tarbiya  jarayonini  amaliyotga 
tizimli  singdirishdir.  Pedagogik  texnologiyalarning  boshka  uslublardan  farqi, 
ularning tarbiyalanuvchilarda о‗rganilayotgan materialga nisbatan qiziqish ortirish va 
motivatsiyalarining  kо‗tarilishi  xisobiga  samaralirok  ta‘lim  berishni  ta‘minlashidan 

31 
 
iborat‖. 
Axborot  texnologiyalarini  katta  tezlikda  rivojlanishi  bilan  ta‘lim  tizimiga 
masofali о‗qitish - Internet tarmogi orqali о‗qitish texnologiyasi kirib kelmokda. Bu 
esa,  о‗z  navbatida  ta‘lim  tizimiga  zamonaviy  psixologik-pedagogik  uslublarni 
kullash uchun keng imkoniyatlar ochib bermokda. 
Xozirgi  kun  ta‘lim  tizimida,  shu  jumladan,  MTMlarining  ta‘lim-  tarbiya 
jarayonida ta‘limga oid о‗yinlar va masofali ta‘lim texnologiya- laridan foydalanish 
aloxida  о‗rin  tutayotganligi  uchun  ushbu  masalalarni  kengrok  о‗rganib  chikish 
maksad kilib olindi. 
A.  Ta‘limiy  о‗yinlar:  vazifalari,  xususiyatlari  va  asosiy  turlari.  Ta‘limga  oid 
о‗yinlar ta‘lim  berishning zamonaviy psixologik-pedagogik texnologiyasida muhim 
о‗rin  egallaydi.  Ta‘limiy  о‗yinlarni  о‗tkazish  usul  sifatida  XX-asrning  70-yillarida 
keng  tarkalgan.  Xozirgi  vaqtda  kullanilish  soxasiga  mos  ravishda  ta‘limiy 
о‗yinlarning har xil turlari mavjud. Masalan, zobitlarni tayyorlashda harbiy о‗yinlar, 
aktyorlar  uchun  syujet-rolli  о‗yinlar,  tijoratchilar  va  raxbarlar  uchun  maxsus 
treninglar mavjud. 
Ta‘limga oid о‗yinlar uch asosiy vazifani bajaradi: 
• 
vositali: aniq bir kunikma va malakalarni shakllantirish; 
•gnostik: о‗quvchilar bilimini shakllantirish va fikrlashini rivojlantirish; 
•ijtimoiy-psixologik: kommunikativ kunikmalarni rivojlantirish. 
Har  bir  vazifaga  о‗yinning  aniq  bir  turi  mos  keladi:  instrumental  vazifa  о‗yin 
mashklarida,  gnostik-didaktik,  ijtimoiy-psixologik  vazifalar  esa  rolli  о‗yinlarda 
ifodalanishi mumkin. 
Ta‘limiy о‗yinlar samarador bulishi uchun: 
• 
о‗yin ta‘lim maksadlariga mos bulishi; 
• 
imitatsion-rolli  о‗yinning  amaliy  pedagogik  (psixologik)  vaziyatga  ta‘sir 
etishi; 
• 
о‗yin  qatnashchilarining  о‗yin  mazmuniga  mos  keladigan  maxsus 
psixologik tayyorgarligi; 
• 
о‗yinda ijodiy elementlardan foydalanish imkoniyatlari; 

32 
 
• 
tarbiyachi  (psixolog)  nafaqat  raxbar  sifatida,  balki  о‗yin  jarayonida 
―tо‗g‗rilovchi‖ va maslaxatchi sifatida ham ishtirok etishi kabi talablarga buysunishi 
kerak. 
Ixtiyoriy ta‘lim berish о‗yini bir necha bosqichdan iborat bulishi mumkin: 
1) 
о‗yin  muxitini  yaratish.  Bu  bosqichda  о‗yinning  mazmuni  va  asosiy 
vazifasi  aniqlanadi,  о‗yin  qatnashchilarining  psixologik  tayyorgarligi  amalga 
oshiriladi; 
2) 
о‗yin  jarayonini  tashkil  etish.  Bu  bosqichda  о‗yinning  qoida  va  shartlari 
qatnashchilarga tushuntiriladi va ular orasida rollar taksimlanadi. 
3) 
о‗yinni о‗tkazish. Bunda kuyilgan maksad xal qilinadi; 
4)  yakun  yasash.  Bu  bosqichda  qatnashchilarning  о‗zlari  ham,  maxsus 
ekspertlar  (psixolog,  pedagog)  tomonidan  ham  о‗yin  borishi  va  natijalari  taxlil 
etiladi. 
Shuni  ta‘kidlash  kerakki,  ta‘limiy  о‗yinlarda  faqat  oddiy  о‗yin  uslubidan 
foydalanilmaydi.  О‗yin  jarayonida  guruxiy,  yakkama-yakka  ish,  birgalikda 
muxokama,  test  о‗tkazish  va  sо‗rov,  rolli  vaziyat  yaratishlardan  foydalanish 
mumkin.  Boshkacha  kilib  aytganda,  anketa  о‗tkazish,  sotsiometriya,  ―akliy  xujum‖ 
va  boshka  uslublarni  cheklangan  mikdorda  birga  olib  borish  va  foydalanish 
imkoniyatini  beradi.  Shu  bilan  birga,  о‗yin  uslubi  pedagogikada  kandaydir 
maxsuslikka ega. Ta‘lim berish jarayonida о‗yin yordamchi element sifatida kisman 
nazariy materialga qо‗shimcha sifatida foydalaniladi va u asosiy uslub sifatida chika 
olmaydi. 
Ta‘limiy  о‗yinlarning  uslubi  va  xueusiyatidan  kelib  chiqqan  xolda,  ularni 
quyidagi turlarga ajratish mumkin: 
• 
imitatsion  о„yinlar  aniq  ishlab  chiqarish  kunikmalarni  shakllan-  tirishga 
muljallangan  kasbiy  о‗qitishda  foydalaniladi.  Masalan,  ―Impod‖  о‗yinida  shartli 
tikuv  ishlab  chiqarishining  tashkiliy-iktisodiy  faoliyati  imitatsiya  qilinadi, 
shuningdek,  maxsulotlarni  modellashtirish  va  tikish  bо‗yicha  olingan  amaliy 
kunikmalarni kullaydilar; 
• 
mazmunli-rolli о„yinlar asosida aniq xayotiy, ishchan yoki boshka vaziyat 

33 
 
yotadi. Bunday xolda, о‗yin har bir qatnashchi aniq rolni bajaradigan (о‗ynaydigan) 
teagrni  eslatadi.  Bunday  xolda  о‗yin  mazmunan  intellektual  faoliyat  shaklli  ijodiy 
о‗yindir,  shuning  uchun  qatnashchilarni  tayyorlash  va  о‗yin  ssenariysini  ishlab 
chikish katta ahamiyatga ega; 
• 
innovatsion  о‗yinlarning  boshka  о‗yin  turlaridan  ajralib  turadigan  farqi, 
harakatli  tuzilishga  ega  ekanligi  va  о‗yinni  bir  necha  о‗qitish-rivojlantiruvchi 
―fazolarda,  masalan,  kompyuter  dasturlaridan  foydalanib  о‗tkazishdir.  Innovatsion 
о‗yinlar  zamonaviy  pedagogik  va  axborot  texnologiyalaridan  foydalangan  xolda 
sifatli bilim olishga karatilgan. 
Yuqorida  keltirilgan  dastlabki  о‗yinlar  uslub  jixatdan  farq  qilsa,  keyingilarida 
ajratish  tamoyili  -  aniq  vaziyatni  boshqarish  kunikmasini  shakllantirishdan  iborat 
bо‗lgan maksadning mо‗ljallanishi bilan farqlanadi. 
• 
tashkiliy-faoliyatli  о„yinlar.  Bu  о‗yinlarda  vaziyatni  tashxis  qilish  va 
muammoni  yechish variantlarini tanlash asosiy  maksad kilib kuyiladi.  Uslub nuqtai 
nazarilan, qatnashchilarning muloqotiga, munosabatiga va guruxiy ishlarning boshka 
shakllariga kо‗proq e‘tibor karatiladi; 
• 
ishchan  treninglar.  Bu  eng  samarali  о‗yin  turidir.  Uni  modellash-  tirish 
jarayonida  muammoli  vaziyat  aniqlanadi,  о‗yinning  maksadi,  uni  yechish  yullari 
izlanadi.  Ishchanlik  о‗yinlari  ta‘lim  soxasida  ham,  ishlab  chiqarish  soxasida  ham 
qо‗llaniladi. Ishchanlik о‗yinida tarbiyalanuvchilarda muammoning yechimini izlash 
mexanizmi 
shakllantiriladi 
va 
mustaxkam- 
lanadi. 
Bundan 
tashkari, 
tarbiyalanuvchilar psixologiyasini shakllantirishda ham о‗z ta‘sirini kо‗rsatadi. 
Treningning  har  bir  о‗yin  yoki  psixologik  uslubiyoti  bosqichi  yukori  malakali 
psixolog-boshlovchining  taxlili  bilan  birga  olib  boriladi.  Bu  va  boshka 
texnologiyalardan foydalanish nazariya va amaliyotni meyor darajada birgalikda olib 
borish imkoniyatini beradi. 
Natijada,  trening  tinglovchilar  о‗zlari  va  boshkalarni  tо‗g‗ri  baxolashga, 
boshkalar  bilan  kundalik  xayotda  ham,  ish  jarayonida  ham  samarali  munosabat 
о‗rnatishga yordam beradi. 
Shunday kilib, ishchanlik о‗yinlarida tarbiyalanuvchilar: 

34 
 
• 
о‗z fikrini boshkalar fikri bilan takkoslash; 
• 
о‗z nafsoniyati va imkoniyatlarini, obrusini tо‗g‗ri baxolash; 
• 
ishchanlik soxasida va shaxslararo munosabatlar nizoli vaziyatlardan chiqib 
ketish yо‗lini topish; 
• 
uzining xulkiy va psixologik karorini anglash. 
Ta‘limga  oid  о‗yinlarining  ta‘limdagi  о‗rni  nixoyatda  muhim.  Pedagogikada 
ular  tarbiyalanuvchilarning  faolligi,  tashabbuskorligi,  mustakilligini  rivojlantirishga 
asoslangan  rivojlantiruvchi  ta‘limning  ajralmas  tarkibiy  kismidan  iboratdir. 
Ishchanlik 
о‗yinlarining  ahamiyati  tо‗g‗risida  kozonlik  pedagog-psixolog 
M.I.Maxmutov ushbu texnologiyaning axdmiyati о‗quvchilarning bilish. ijtimoiy va 
kasbiy  faolligini  rivojlantirishdan,  ularda  ishchanlik  о‗yinlarida  qatnashish 
kunikmalarini shakllantirishdan iborat deb takidlagan edi. Ta‘limiy о‗yinlarni ta‘lim- 
tarbiya  jarayoniga  kullash  bо‗yicha  olib  borilgan  tadkikot  natijalari  ushbu 
texnologiya,  umuman  olganda,  ta‘limning  samaradorligini  kо‗tarish  imkoniyatini 
berishini  kо‗rsatdi.  Ta‘limga  oid  va  ishchanlik  о‗yinlari  psixologik  ahamiyat  kasb 
etadi, kasbiy va shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga samarali ta‘sir etadi. 
Shuni  ta‘kidlash  kerakki,  ta‘limiy  о‗yinlar  turli-tumanligi  bilan  farq  qiladi.  Bu 
о‗yinlar birgalikda о‗tkazilishi ham mumkin. О‗yinlar bir- birini tuldiradi. Masalan, 
rolli ishchan о‗yin, innovatsion-imitatsion va boshka xollari bulishi mumkin. 
Rivojlantiruvchi  о‗yin,  faoliyat  sifatida  bolada  bosqichma-bosqich  yoshiga 
boglik  bо‗lgan  harakat  tо‗rining,  о‗xshash  fikrlash  tarzining  rivojlanishini, 
kо‗rgazmali-shaklli  fikrlashga  utishni,  tushuncha  turidagi  nutkiy  fikrlashning 
shakllanishini  ta‘minlaydi.  Shuning  uchun,  bola  tomonidan  turli  an‘anaviy 
о‗yinlarning о‗rganilishi kompyuter о‗yinlarini egallash uchun zarur bо‗lgan asosni 
yaratadi. MTM bolalarining о‗yinli faoliyatiga kompyuter dasturlarini kiritish, tо‗g‗ri 
dasturiy  maxsulot  tanlash  va  ulardan  tо‗g‗ri  foydalanish,  kompyuter  о‗yinini 
bolalarning о‗yinli faoliyatidagi haqiqiy vositasiga aylanatiradi. 
Shundagina  bolaning  о‗yin  muxiti  yetarlicha  boyiydi  va  kompyuter  bolaning 
psixikasi va intellektini rivojlantirishning kudratli omiliga aylanadi. 
Xozirgi  kunda  bolalar  о‗yinini  tashkil  etish  va  о‗yinchoklarni  yangi 

35 
 
texnologiyalar  bilan  boyitish,  kompyuterli  rivojlantiruvchi  dasturlarni  maktabgacha 
ta‘lim muassasalariga joriy qilish bilan boglik bо‗lgan qator muammolar mavjud. 
Respublikamiz (Qarshi, Samarkand va Toshkent)da mavjud bolalar bogchalari, 
shu  jumladan,  xususiy  bogchalarida  faoliyat  kо‗rsatayotgan  37  ta  maktabgacha 
ta‘lim  muassasalarining  tarbiyachi-pedagoglari  orasida  ―Maktabgacha  ta‘lim 
muassasalariga  kompyuter  texnologiyasini,  jumladan  multimediali  kompyuter 
о‗yinlaridan  foydalanishni  joriy  etishda  kanday  kamchilik  va  yutuqlarni  kurasiz?‖ 
savoli bо‗yicha о‗tkazilgan anketa natijalarida respondentlarning 67 foizi MTMlarida 
multimediali о‗yinlardan foydalanishni ma‘kulladilar (7-ilova). 
Pedagogik jixatlari. Kompyuterli didaktik о‗yinlarning pedagogik jixatlaridan 
biri  ularning  ta‘limiyligidir.  Tarbiyalanuvchi  о‗yin  davomida  bir  vaqtning  о‗zida 
ham о‗yinda ishtirok etadi, ham ma‘lum bir darajada ta‘lim oladi. Ayrim о‗yinlarda 
bilimlar  mashklar  orqali  namoyish  qilinadi.  Masalan,  shakllarni  ustma-ust  kuyish 
о‗yinida,  birinchidan,  о‗yin  vazifasi  bо‗yicha  bola  shakllarni  ustma-ust  kuyish 
natijasida  kanday  shakl  xosil  bulishini  topsa,  ikkinchidan,  tarbiyachining  topshirigi 
bо‗yicha  shakllar  sonini  sanab  berishni,  shakllar  kanday  kо‗rinishda  ekanligini  va 
ularning  nomlarini  aytishni,  ranglarni  ajratib  berish  vazifalarini  bajaradi  (ta‘limiy 
jixati).  Bundan  tashkari,  tarbiyalanuvchi  ―Sichqoncha"dan  foydalanib  kompyuterda 
ishlash malakasini xosil qiladi va kompyuter savodxonligini oshiradi. 
Sxemadan  kо‗rinib  turibdiki,  tarbiyachi  dastlab  о‗yin  obyekta  (turi  va 
yunalishi)ni tanlaydi, sо‗ngra о‗yin qoidalarini, sharglarini va vazifalarini aniqlaydi. 
Navbagdagi  ish  о‗yinning  mazmunini  va  kanday  maksadda  amalga  oshirilishi, 
ta‘limiy  va  rivojlantiruvchi  jixatlarini  belgilashdan  iborat.  Shundan  keyin,  о‗yin 
о‗tkazilib, natijalar taxlil etiladi va о‗yin goliblari aniqlanadi. Kompyuterli о‗yinlar 
va mashklar asosan tarbiyachining nazorati ostida о‗tkaziladi. 
Demak,  kompyuter  va  uning  xotirasidagi  ta‘limiy  о‗yinlar  birgalikda, 
multimedia texnologiyasi (kompyuterli ta‘lim)ning о‗yinlar bо‗yicha asosiy didaktik 
vositasi  xisoblanadi.  Kompyuter  xotirasidagi  о‗yinlardan  tashkari  qо‗shimcha 
didaktik  о‗yinlar  tayyorlash  mumkin.  Buning  uchun  maxsus  dasturlardan  (Power 
Point va Macromedia Flash) foydalaniladi. 

36 
 
Kompyuterli ta‘limiy va rivojlantiruvchi о‗yinlarning afzalliklari va pedagogik 
jixatlaridan  yana  biri  -  tarbiyalanuvchilar  tomonidan  har  15  daqiqadan  sо‗ng, 
relaksatsiya vaqtini о‗ta, о‗ynalishi lozimligidir. Bolalar kompyuterdan foydalanishni 
о‗rganib  olganlaridan  sо‗ng,  bunday  о‗yinlardan  mustakil  ravishda  foydalanishlari 
mumkin. 
Psixologik jixatlari. MTMlarining turli gurux tarbiyalanuvchilari kompyuterni 
va  kompyuter  о‗yinlarini  turlicha  kabul  qilishlari  mumkin.  Masalan,  kichik  gurux 
tarbiyalanuvchilari  shaxsiy  kompioterlar  va  ularning  kurilmalarini  kimmatbaxo  va 
katta  о‗yinchok  deb  kabul  qilishlari  mumkin.  Uning  ―Sichqoncha‖sini  xakikiy 
Sichqoncha,  monitor  ekranini  esa  televizor  ekrani  bilan  takkoslay  oladilar. 
Psixologik  nukgai  nazardan,  kompyuter  (monitor)  ekranidagi  multimediali  tasvirlar 
yosh  bolalarda  xis-tuyguni  shakllantiradi.  Yosh  bolalar  turli  xil  buyumlarga, 
kurilmalar  va  transport  vositalarining  modellariga  juda  qiziquvchan  bо‗lganliklari 
uchun kompioterning psixologik ga‘siri buyumlarga Karaganda kuchlirok bо‗ladi. 
Kompyuter  о‗yinlari  yosh  bolalarga  dinamik  (jonli)  ravishda  psixologik  ta‘sir 
etadi.  Didaktik  о‗yinlar  jarayonida  psixik  bilish  jarayonlarining  takomillashuvi  yuz 
beradi,  ya‘ni  bolalar  buyumlarning  soni,  katta-kichikligi,  shakli,  xajmi,  ranglarini 
idrok  qila  boshlaydi.  Kompyuter  о‗yinlarining  psixologik  ta‘siri  ayniksa,  passiv 
tarbiyalanuvchilarga  sezilarli  bо‗ladi.  Ular  birinchi  muvaffakiyatli  о‗yindan  keyin 
faollashib topshirikni mustakil bajarishga kirishib ketadilar. 
Dastlabki  tadkikot  natijalari,  MTMlarida  kompyuter  о‗yinlarini  oddiydan 
bonllash  lozimligini,  sо‗ngra  esa  tarbiyalanuvchilarda  malaka  va  qiziqish  osha 
borishi  bilan  о‗yinlar  murakkablashtirib  borilishi  zarurligini  kо‗rsatdi.  Bunda 
kobiliyatli  bolalar  kompioterda  mustakil  ishlash  (о‗ynash)  darajasiga  erishadilar. 
Masalan, ‘‘Svetofor-labirint‖ о‗yini о‗rta gurux bolalariga muljallangan bulib, oddiy 
kompyuter  о‗yinlari  turiga  kiradi.  Quyonchaning  kup  tusiklar  (ovchi,  bо‗ri,  daryo, 
odamlar va x.k.)ni chetlab, о‗z о‗yiga borishi murakkab kompyuterli labirint о‗yiniga 
kiradi. 
Kompyuter  о‗yinlari  tarbiyalanuvchi  (bola)larni  о‗rganiladigan  materialga  va 
о‗yin mazmuniga diqqatlarini jalb qilishda samarali vosita xisoblanadi. 

37 
 
Psixolog  N.Boymurodovning  [26]  ta‘kidlashicha,  materialni  muvaffakiyatli 
о‗zlashtirishda,  avvalo,  diqqat  kuchi  belgilanadi,  ba‘zi  tarbiyalanuvchilarning 
urtokdaridan orqada kolib ketishi, ularning akl- idrok yoki xotirasi zaifligidan emas, 
balki  diqqati  bushligidan  kelib chikadi.  Kompyuter о‗yinlari  esa barcha bolalarning 
diqqatining  о‗ziga  turgun  jalb  qiladi.  N.Boymurodov  yosh  bolalarning  idroki 
tо‗g‗risida  quyidagilarni  yozgan:  ‘‘Maktabgacha  yoshdagi  bolaning  xayotida  о‗yin 
xukmronlik  qiladi  va  о‗yin  tufayli  bolaning  idroki  ham  rivojlanadi,  chunki  bola 
о‗yinga  alokasi  bо‗lgan  buyumga  kuprok  e‘tibor  berib  karaydi  va  о‗z  о‗yinida 
atrofdagi xayotni aks ettiradi. О‗yin, rasm chizish va shunga о‗xshash mashgulotlar 
tufayli bolada kuzata bilish kobiliyati ham rivojlanadi‖ . 
Darxakikat,  kompyuter  о‗yinlarida  tarbiyalanuvchilarning  idroki  va  kuzata 
bilish  kobiliyati  rivojlanib,  tarakkiy  eta  boshlaydi.  Idrok  etishning  bir  nechta  turi 
bulib,  shulardan  harakatni  idrok  etish  turi  kompyuter  о‗yinlarida  ham  namoyon 
bulib,  kuprok  jangarilik  о‗yinlarida  kuzatiladi.  Bu  xolda  kompyuter  ekranida  uk 
(snaryad)ning  harakati,  nishonga  tegishi,  portlash  jarayonini  kurish  mumkin. 
Avtopoyga о‗yinlari ham idrokning harakat turiga kiradi. 
Kompyuterli ta‘limiy va rivojlantiruvchi о‗yinlarda ham idrokning harakat turi 
uchratiladi.  Masalan,  ‘‘shakllarni  ustma-ust  kuyish‖,  ―bush  о‗rinni  tuldir‖, 
―svetoforlabirint‖ о‗yinlarida kompyuter (monitor) ekranida obyektlar harakatlanadi. 
Idrok  etish  jarayonining  faol  kо‗rinishlaridan  biri  kuzatishdir.  Kompyuterli 
о‗yinlarni  tarbiyalanuvchilar  ekranda  kuzatadilar.  Ammo  о‗yinni  bajarish  kul 
harakati  asosida  amalga  oshiriladi,  ya‘ni  ―Sichqoncha‖  va  klaviaturadan 
foydalaniladi. 
Yosh  bolalar  tevarak-atrofga,  vokea  va  xodisalarga,  narsa  va  buyumlarga 
qiziquvchan bо‗ladi. Hamma  narsani ushlab, paypaslab,  yurgizib, harakatga keltirib 
kurishni 
yoktiradilar. 
Kompyuter 
о‗yinlari  tarbiyalanuvchilarning  ushbu 
qiziquvchanlik  xususiyatini  oshiradi.  Natijada,  ularning  akliy  rivojlanishi  shakllana 
boradi. 
Multimediali  kompyuter  о‗yinlari  tarbiyalanuvchilarning  qiziquv-  chanlik 
xususiyatini oshirishi quyidagilar asosida nomoyon bо‗ladi: 

38 
 
1) Ekranda kо‗rsatiladigan о‗yin obyektiga animatsiya samarasi berilgan bulishi 
va  ular  doimiy  ravishda  harakatlanib,  jilolanib  turishida;  2)  tovushda;  3)  musikada; 
4) animatsiyada; 5) multifikatsiyada va sh.k. 
О‗yin  davomidagi  ushbu  ―kompyuterli‖  psixologik-pedagogik  tasirlar  yosh 
bolalarning  faqat  qiziquvchanlik  xususiyatini  oshiribgina  kolmasdan,  balki  bil  im 
olishga bо‗lgan ishtiyokini ham oshiradi. 
Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish