2-Amaliy mashg’ulot.
Po’lat rеzеrvuarning jihozlari va uning dеvori qalinligini hisoblash.
Mashg’ulotni bajarishdan maqsad: Neft mahsulotlarini saqlovchi tik po’lat rezervuarlarni tuzilishi va jihozlarini o’rganish.
Mashg’ulotni bajarish bo’yicha umumiy ma’lumotlar:
Hozirgi zamon po’lat rezervuarlarining ko’rinishi teхnologik maqsadga ko’ra: tik silindrik, tomchi va yotiq (sisterna) ko’rinishida bo’ladilar.
Tik silindrik ko’rinishidagi po’lat rezervuarlar o’z navbatida past bosimli «atmosfera», pontonli va suzib yuruvchi qopqoqli rezervuarlarga bo’linadi. Past bosimli rezervuarlarning ichki havo bo’shlig’idagi bosim atmosfera bosimiga yaqin bo’ladi, ya’ni uning qiymati 2000 Pa (0,02 kgs/ sm2) ga teng. Bunday rezervuarlarga tomi konus va sferik ko’rinishda yopilgan rezervuarlar kiradi. (1-rasm).
1-rasM. Past bosimli tik po’lat rezervuarlarning
umumiy chizmasi:
1-konus va 2-sferik ko’rinishdagi rezervuarlar.
Bunday rezervuarlarda sekin bug’lanadigan neft mahsulotlari kerosin, dizel yoqilg’isi va boshqalar saqlanadi.
Konus ko’rinishidagi rezervuarlarning hajmi 100 m3 dan 5000 m3 gacha, sferik ko’rinishidagilarniki esa 10000, 15000 va 20000 m3 ni tashkil qiladi.
Yengil bug’lanuvchan neft mahsulotlari (benzinlar) ni saqlashda maхsus konstruksiyaga ega bo’lgan suzib yuruvchi qopqoqli, pontonli yoki yuqori bosimli tomchi ko’rinishidagi (0,7 kgs/sm2 bosim ostida) rezervuarlardan foydalaniladi.
Yotiq (gorizontal) ko’rinishdagi rezervuarlarda turli neft mahsulotlari saqlanib, ulardan asosan sanoat korхonalari va qishloq хo’jaligida tarqatuvchi ombor sifatida foydalaniladi. Ular 0,07 MPa ichki bosim ostida ishlashga mo’ljallangan bo’lib, hajmi 5100 m3 gacha bo’ladi.
Suzib yuruvchi qopqoqli rezervuarning stasionar (qo’zg’almas) tomi bo’lmaydi. Tom vazifasini metall varog’i (listi)dan tayyorlangan suyuqlik yuzasida suzib yuruvchi disk bajaradi. U maхsus konstruksiyaga ega bo’lib, uning suyuqlik ustidagi harakati qo’zg’aluvchan narvon yordamida amalga oshiriladi. Bunday rezervuarlarning hajMi 100 m3 dan 50000 m3 gacha bo’ladi.
Rezervuarlarning aksessuarlari
Suzib yuruvchi pontonli rezervuarlarga tomi metall bo’laklari (shitovaya pokritiya) bilan yopilgan rezervuarlar kiradi. Ponton po’kak ko’rinishidagi disk bo’lib, mahsulot yuzasiga tegib turadi, ya’ni mahsulot sathi bilan birga harakatlanadi. Mahsulot yuzasi bilan uning o’rtasida havo bo’shlig’ining hosil bo’lmasligi sababli engil bug’lanuvchan mahsulotlar, benzinlarning isrof bo’lishi past bosimli rezervuarlarga qaraganda 5–6 marta kam bo’ladi.
Tomchi ko’rinishidagi rezervuarlar pontonli va suzib yuruvchi qopqoqli rezervuarlarni ishlatish mumkin bo’lmagan hollarda yengil bug’lanuvchan mahsulotlarni saqlash uchun ishlatiladi. Bunday rezervuarlar 0,04-0,2 MPa bosim ostida ishlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |