Mundarija kirish 3-7



Download 1,07 Mb.
bet14/19
Sana31.12.2021
Hajmi1,07 Mb.
#198974
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
diplom ishi -2

Qurilish materiallaridan konstruksiya hosil qilish. Jamoa bo‘lib bir necha qurilish guruhini yagona mazmunga birlashtirish. Qurish ishlarini amalga oshirishda bir vaqtning o‘zida bir nechta shart-sharoitni hisobga olish (uch qavatli turar-joy binosini ikki pod’ezdli qilib yasash, piyodalar va transport uchun ko‘prik yasashda muayyan miqdordagi hajm kengligini nazarda tutish).

Qo‘l mehnati. Bolaga qog‘ozdan, tabiiy va qo‘shimcha materiallardan konstruksiya ishlarini bajarishni o‘rgatishni davom ettirish lozim.

Qog‘oz bilan ishlash ko‘nikma va malakalarini oshirish. Qog‘ozlarni farqlash va rangli qog‘oz tasmalardan turli narsalar yasash (kitob uchun xatcho‘p, gilamcha) ko‘nikmasini mashq orqali mustahkamlash zarur.

Andoza tayyorlashga o‘rgatish (qog‘oz ustiga tayyor bargni qo‘yib, qalam bilan atrofini chizish va qaychi bilan qirqish).

Bolaning kvadrat shaklidagi qog‘ozni 16 ta teng bo‘lakka buklash yo‘li bilan narsalarni (savat, quti) yasashga oid malakalarini mustahkamlash lozim.

Origami usulida qog‘ozni turlicha buklash yo‘li bilan kapalak, gullar, qurbaqa, qayiqcha, samolyot, elpig‘ich, charxpalak kabilarni tayyorlashni; elim idishlardan gullar, qalamdon, o‘yinchoqlar yasashni o‘rgatish kerak.

Tabiiy material (yong‘oq po‘chog‘i, novda, gullar, barglar, somon)larni umumiy kompozitsiyaga mustaqil birlashtirib, qo‘lda yasaladigan buyumlar

tayyorlash. Odam, hayvon va qushlarning shaklini dub daraxtining mevasi hamda turli meva danaklaridan tayyorlash, alohida qismlarini plastilin, elim vositasida birlashtirish, tasvirda ifodaviylik va harakatni tarkib toptirishga (“CHo‘pon bola”, “Tovus”) o‘rgatish lozim.

Butoq, o‘simliklar ildizidan qo‘lbola narsalar yasashga o‘rgatish. Mazkur qo‘lbola narsalarning qismlarini birlashtirishning usullarini (elimlash, plastilin yoki ingichka sim bilan birlashtirish) mustaqil ravishda topishga yo‘naltirish. Ish jarayonida bolada tasavvur va ijodkorlikni rivojlantirish kerak.

Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida bolani mustaqil holda o‘z ish joyini tayyorlash, saranjom-sarishta, tartib bilan ishlash, toza tutish, yig‘ishtirishga, ishdan so‘ng qo‘llarini sovun bilan tozalab yuvishga odatlantirish.

Applikatsiya uchun rangli qog‘ozdan foydalangan ma’qul. Daftar muqovasidan foydalanish ham mumkin. Eng muhimi bola ishiga xurmat bilan qarash kerak. Bola rasm chizayotgan vaqtda unga xalaqit qilishi, xatosini to‘g‘rilash, e’tiborini boshqa narsalarga qaratish kerak emas. Bola diqqatini tez-tez boshqa narsalarga qaratish undagi psixik jarayonlarni buzadi.

Tasviriy faoliyat natijasi bola tomonidan bajarilgan materiallarda (rasm, applikatsiya, yasalgan figuralar) namoyon bo‘ladi.

IKKINCHI BOB BO‘YICHA XULOSA

Davlat talablarining maqsadi, maktabgacha ta’lim tizimi faoliyatini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, fan- texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlariga asosan yo‘lga qo‘yish, sifatli ta’lim xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish, sifatli kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish, bola shaxsi asoslarini shakllantirish hamda uning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish, bolaning intellektual va jismoniy rivojlanishini ta’minlash, bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashdan iboratdir.

Maktabgacha ta`lim muassasasida olib boriladigan tasvirlash faoliyati mashg‘ulotlari bilan uzviy ravishda olib boriladi. Bolalarni maktabga tayyorlash maktabgacha ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasalari katta guruhdagi kuzatishlar bo‘yicha rasm chizishga katta e’tibor beriladi, chunki bu narsa bolalarni naturaga qarab rasm chizishga tayerlashda etap hisoblanadi. Bu narsa bolalarda ko‘rish xotirasini rivojlantiradi, ba’zida predmet bolalarda natura sifatida to‘g‘ri tasvirlashga yordam beradi. Bolalar guruxdagi olib boriladigan tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida, qalamdan, mo‘yqalamdan erkin foydalanishga o‘z harakterini va qo‘l kuchini idora etishga o‘rganadilar.

Bu malakani egallash, bolalarda qo‘lini engil, erkin bir tekisdagi harakat qilish xususiyatlarini rivojlantiradi. Bolalar turli shakldagi, kattalikdagi, turli proporsiyadagi predmetlarni chizish jarayonida predmetning ish xususiyatiga qarab yo‘nalishni saqlash zarurligiga, harakatini, predmetning uzunligiga mos ravishda harakatlanishga o‘rganadilar. Maktabgacha ta`lim muassasasida olib boriladigan tasviriy faoliyat materialdan toza va tartibli foydalanishga o‘rganadilar ularni toza saqlashga faqat zarur materiallardan foydalanishga, ularni ishlatish yo‘llarini rejalashtirishga o‘rganadilar. Bu mashg‘ulot bolalarda diqqatni, ko‘rish xotirasini rivojlantiradi. Maktabgacha ta`lim muassasasining tayyorlov guruhida naturaga qarab rasm chizish yoki tasvirlashga nisbatan talablar oshadi va bu talablar maktab talabiga yaqinlashadi . Bolalar naturani analiz `ilishga butun umumiy formani

xomaki qog‘ozga tushirib olishga, rasmni naturaga solishtirishga, xato va kamchiliklarini to‘g‘rilashga, naturaga o‘xshatishga urinadilar. Naturaga qarab tasvirlashda ishning ketma-ketligini ko‘rsatib, bolalar bog‘chasining tayyorlov va katta guruhida o‘rganishning boshlang‘ich bosqichidagina amalga oshiriladi. Ko‘rsatishda doimo foydalanish, bolalarni rasmni mexanik ravishda ishlashga odatlantirib qo‘yadi. Bolalar naturaga qarab tasvirlash bularning barchasi bolalarni barcha darslarda ayniqsa mehnat darslarida o‘quv faoliyatining muvaffaqiyatli bo‘lishiga ta’sir etadi.

Narsalar, tabiat xodisalari, odamlarning o‘ziga xos, tipik va umumiy xossalari haqida tushunchaga ega bulish, amaliy ishda tevarak – atrofdagi narsalar obrazini aks ettira olish, o‘xshash va farq qiluvchi tomonlarini ko‘ra olish, shakl, rang, o‘lcham, holatini to‘g‘ri aks ettirish.

Rasm mashg‘ulotini xaftasiga 1-2 marta o‘tkazish kerak. Loy ishi ham xuddi shunday fakat applikatsiyani haftasiga bir marta o‘tkazgan ma’qul. Agar bolada mashg‘ulotdan tashkari rasm chizish, kirkish, yasash istagi tug‘ilsa, unga imkoniyat yaratib berish lozim.

Mashg‘ulot vaqti 25-30 daqiqadan oshmasligi lozim. SHunday paytlar bo‘ladiki, bola o‘z ishini oxirigacha etkaza olmaydi. Agar bunga vaqt sabab bo‘lsa, albatta bolaga o‘z ishini tugatishi uchun vaqt ajratish kerak. Bola bajarayotgan ish uchun ancha vaqt sarf bo‘lsa, unday xolda bolaga ishni boshqa payt tugatish kerakligini sekin va mayin oxangda tushuntirish lozim

Tasviriy faoliyat mashg‘ulotiga nisbatan bola qiziqishini oshirib borish uchun ularni o‘rab turgan olam, tabiat, odamlar, jamiyat hayotidagi hodisalar haqidagi ko‘pgina ma’lumotlarni berib borish kerak

Bola bilan suxbat qilish, sayr va ekskursiya uyushtirish, tabiat hodisalari, xayvon va qushlarni kuzatish, rasmli ko‘rgazmalar va qiziqarl kitoblar o‘qish bola tasavvurini boyitadi. Kattalar bolani atrofga nisbatan qiziqishini va mehr- muhabbatini oshirishlari kerak.


      1. BOB MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDATASVIRIY FAOLIYAT MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETILISHINING AMALIY SHART – SHAROITLARI.

    1. TAYYORLOV GURUHDA APPLIKATSIYA MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH

Tadqiq etilayotgan muammoni amaliyotdagi holatini aniqlash maqsadida aniqlovchi tajriba-sinov ishlari olib borildi. Termiz shahar 24- sonli MTM da tadqiqot ishlari olib borildi. Tajriba-sinov ishida tayyorlov guruhdan 26 ta tarbiyalanuvchi ishtirok etdi.

Tajriba ishi 2017 yilning noyabr oyidan 2018 yil aprel oyigacha olib borildi. Tajribaning maqsadi: “Maktabga tayyorlov yoshda applikatsiya mashg‘ulotlari orqali kompozitsion xislarni shakllantirish”.

Maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi materiallar tayyorlandi:


      1. Pedagogik jarayonni kuzatish .

      2. Applikatsiya mashg‘ulotlarini ishlanmalari va vositalari.

Tayyorlov guruhda tasviriy faoliyat mashg‘uloti bir haftada ikki marta, chorshanba va juma kunlariga rejalashtirilgan.Tarbiyachining yillik ish rejasida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari, olib boriladigan mavzular bilan tanishib chiqdim. Birinchi yarim yillikda 8 ta hamda ikkinchi yarim yillikda 10 ta mashg‘ulot rejalashtirilgan.

Quyidagi mashg`ulot ishlanmalar asosida mashg`ulotlar olib bordim.

Tayyorlov guruhda tasviriy faoliyat mashg`ulotlari “Bolajon” dasturida quyidagicha belgilangan.





Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish