2. Globalizm va oqsil globalizm.
Hozirgi dazon globallashuv jarayoni o`ta murakkab hodisa. Uning turli
mamlakatlar iqtisodi, siyosati va ma`naviyatiga o`tkazayotgan ta`siri yana
ham murakkab bo`lgani sababli unga nisbatan ham jahonda bir-biriga
3
Milliy istiqlol g’oyasi O`zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim bakalavriat bosqichi uchun darslik. T.: “Akademiya”,
2005, 81-b.
29
nisbatan raqobatda bo`lgan ishni guruh, globallistlar va aksilglobalimtlar
guruhlari vujudga keldi.
Globallashuv tarafdorlari globalistlar deb ataladi. Ular orasida davlat
arboblari siyosatdonlar, sanoatchi va biznesmenlar ko`proq uchraydi.
Globallashuv muxoliflari esa oksilglobalistlar nomini olgan bo`lib, ular
orasida ko`proq so`l kuchlar, kasaba uyushmalari va yoshlar tashkilotining
vakillari bor. MDH hududida oksilglobalistlar Rossiya federaciyasi
hududida faol harakat olib bormoqda. Bu erda ular turli anjumanlar
seminarlar o`tkazish uchun to`planib turadilar. Globallashuvning
tezlashishi va kuchayishiga javob sifatida aksilglobalistlarning faoliyati
ham kuchaydi. Ular globallashuvning faqat salbiy oqibatlariga emas,
umuman uning o`ziga qarshi chiqa boshladilar. Masalan, Rossiyalik
faylasuf va yozuvchi A.Zinov`yav “Aksilglobalizm vektorlari” nomli
anjumanda so`zlagan nutqida shunday deydi; Globallashuv yangi jahon
urushidir. U yangi tipdagi jahon urushi. Bu urushda tirik qolishning
qarshilik ko`rsatishdan boshqa yo`lni ko`rmayapman, faqat qarshilik degan
edi.
Aksilglobalizm vektorlari anjumanidagi yana bir ma`ruzachi
A.Porshev esa globallashuvga quyidagicha ta`rif beradi. Aslida,
globallashuvning
asosiy
mazmuni
boshqa
mamlakatlarda
ishlab
chiqarilgan mahsulotning qo`shimcha qiymatini dunyodagi asosiy
zahiralarini o`zlashtirishdan iborat.
Tahlil shuni ko`rsatdiki, globallizm tarafdorlri ham, dushmanlari ham
asosiy
e`tiborini iqtisodiy
sohasiga qaratiladi.
Globallashuvning
ma`naviyatga ta`siri va ma`naviy globallashuvi masalalari sociologiya,
30
falsafa, madaniy antropologiya fanlarida o`zining aksini etarli darajada
topishi kerak.
3. Globallashuv va milliy ma`naviyat.
Albatta, globallashuvning hatto eng asosiy jihatlari va yo`nalishlarini
ham to`liq qamrab olish qiyin. Shuning uchun mazkur bo`limda
globallashuvning milliy ma`naviyatga o`tkazayotgan va o`tkazishi mumkin
bo`lgan ta`siri haqida fikr yuritamiz, xalos.
Ma`naviyatni ham bir uyga to`plangan boylikka qiyoslasak
tashqaridan kirayotgan shamol uy ichidagi narsalarni ostin-ustin qilib
tashlashini hech bir xonadaon sohibi istamaydi. Xuddi shu kabi biz ham
yot g’oyalar, oqimlar va mafkuralar ma`naviyatimizga vayronkor ta`sir
o`tkazishiga qarshi himoya choralari ko`rishimiz tabiiy. Chetdan
o`tkaziladigan mafkuraviy ta`sirga qarshi himoya chegaralari ko`rishdan
avval qanday ta`sirlarni ma`qullash lozimu, qandaylarini rad etish
kerakligini aniqlab olish lozim. Hozirgi kunda birorta ham milliy
ma`naviyat yo`qki, u boshqa xalqlar ma`naviyatidan to`la ihotalangan
bo`lsa, hatto Avestraliya chakalakzorlari, Afrika savanalari va janubiy
Amerika changalakzorlarida turmush kechirayotgan qabilalar ham qo`shni
qabilalar va zamonaviy tamaddun ta`sirini o`zida his qilib turadi.
Qolaversa tarixni tahlil qilish boshqa xalqlar ma`naviyatidan bahramand
bo`lgan xalqlar ma`naviyati yuksakliklarga ko`tarilganidan guvohlik
beradi.
Ajdodlarimiz tarixi jahon xalqlar ma`naviyatiga hurmat bilan qarash,
kerakli joylarni o`rganib, ijodiy rivojlantirish orqaligina ma`naviyat
cho`qqisiga erishish mumkinligidan guvohlik beradi. Bizga ta`sir
31
o`tkazayotgan yoki ta`sir o`tkazmoqchi bo`layotgan g’oyalarning qay
birini qabul qilish va qay birini rad etish lozimligini aniqlash uchun jiddiy
tahlil lozim. Ana shunday tahlilni o`tkazish uchun esa ba`zan
erinchoqligimizni, ba`zan o`quvsizligimiz xalaqit bermoqda.
Sho`rolar davrida Milliy qadriyatlarimizni dunyoga yoyish u yoqda
tursin, o`z yurtimizda qadrlash uchun ham yo`l berilmadi, ko`pchilik
qadriyatlarimiz esa toptaldi. Mustaqillikka erishganimizdan keyin o`sha
toptalgan qadriyatlarimizni tiklash, milliy qadriyatlarimizni targ’ib qilish
imkoniga ega bo`ldik. O`zbek milliy kurashini dunyoga yoyish bo`yicha
qilingan ishlar, dunyoning ko`pchilik mamlakatlarida O`zbek kurashi
federaciyalarning tuzilishi buning yaqqol misoli. Dunyo bugun
O`zbekistonni milliy-madaniy merosi, boy tarixi, tili madaniyati, urf-odat
va an`analarining umuminsoniy g’oyalar bilan mujassamlash, san`at va
arxetektura, fan va madaniyat sohasida erishayotgan yutuqlari orqali ham
kashf etmoqda. Demak, biz globallashuv jarayonida passiv qabul qiluvchi
tomongina bo`lmay, faol targ’ib qiluvchilarga ham aylanishimiz mumkin.
4. Globallashuv va milliy g’oyaga ehtiyoj.
Milliy ma`navyatimizni va ma`naviy o`zligimizni tahdidlardan himoya
qilish uchun milliy istiqlol g’oyasidan samaraliroq va kuchliroq vosita
yo`q. Shu masalada milliy istiqlol g’oyasidan samaraliroq va kuchliroq
vositaning juda muhim funkciyasi, ya`ni Milliy va ma`naviy o`zlikni
himoyalash kabi muhim funkciyasi namoyon bo`ladi. Milliy istiqlol
g’oyasi ana shu funkciyani bajarish uchun esa yoshlar va aholini ongida
faqat bilim tasavvur sifatida emas, ishonch va e`tiqod sifatida shakllanishi
lozim.
32
Milliy istiqlol g’oyasini targ’ib qilishda, biznicha, ba`zan bir
tomonlamalikka yo`l qo`yilmoqda. Bu g’oyani targ’ib qilishda ishtirok
etayotgan murabbiy va o`qituvchilar, tadqiqotchilarning chiqishlarida,
maqola
va
risolalarida
ma`rifatchilik
bilan
cheklanish
ko`zga
tashlanmoqda. Holbuki ma`naviyatni rivojlantirishda asosiy yondashuv
ma`rifiy yondashuv bo`lsa ham milliy istiqlol g’oyasini targ’ib qilishda bu
yondashuv bilan cheklanib bo`lmaydi. Bu hol milliy istiqlol g’oyasining
xususiyatlari bilan bog’liq.
Milliy g’oya jamiyatni jipslashtiruvchi, uni ijtimoiy taraqqiyot
ko`ndalang qo`yayotgan masalalarni hal qilishga, chetdan bo`layotgan
g’oyaviy, manaviy taxdidlardan himoyalashga qaratilgan kuchdir.
Jahondagi globallashuv jarayonlari ana shu g’oyaga bo`lgan ehtiyojni
keskin kuchaytiradi. Aslini olganda, globallashuv jarayoni bo`lmasa,
milliy g’oyaga ham ehtiyoj oshmas edi. Chunki, globallashuv bo`lmaganda
har bir xalq va millatning ma`naviyati o`ziga mavjud bo`lar va imkoniyat
darajasida rivoj topardi. Tashqi ta`sir va taxdidning yo`qligi esa milliy
g’oyaga ehtiyojni ham dolzarblashtirmas edi. Milliy istiqlol g’oyasini
mohiyati shundaki, u odamlar ongida xotirasida g’oyaligiga qolmay
amaliyotga, hayotga aylangan taqdirdagina haqiqiy milliy va haqiqiy
istiqlol g’oyasi bo`lishi mumkin.
Shundagina u globallashuv sharoitida milliy ma`naviyatni va ma`naviy
o`zlikni tashqi nosog’lom g’oyaviy taxdidlardan himoya qiladigan kuchga
aylanadi.
5.Milliy istiqlol g’oyasi va shaxsiy e`tiqod.
33
Milliy istiqlol g’oyasining hayotimiz jarayoniga singib ketishini
ta`minlash uchun g’oyalar amaliy harakatlarga aylanishi jarayonini
sinchiklab o`rganish lozim. Buning uchun dastavval, g’oya bevosita
amaliyotga, amaliyot dasturiga aylanishi mumkinmi? Agar mumkin bo`lsa,
bu jarayon qanday yuz beradi? degan savollarga javob topish zarur.
Zamonaviy psixologiya, va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar nuqtai
nazaridan bu savolga “aylanmaydi” deb javob berish kerak. Chunki inson
ongida miyasida o`nlab, yuzlab va hatto minglab g’olar bo`ladi. Ularning
barchasi ham amaliyotga aylanavermaydi. Chunki, alohida inson ongida
ayni bir paytning o`zida o`nlab turli xil, jumladan, diniy, axloqiy, siyosiy,
ilmiy, badiiy va boshqa xil g’oyalar bo`lishi tabiiy. Ular bir-birlarini
to`lg’azishi va ko`pincha bir-birlariga to`la mos kelmasligi mumkin.
Natijada, shaxs bu g’oyalardan eng zarurlarini va o`zi eng to`g’ri, deb
bilganlarini ajratib hayotga tadbiq qiladi yoki unga amal qiladi. Ana shu
tanlash, ya`ni g’oyaning amaliyotga o`tishidagi muhim bosqichni to`laroq
va chuqurroq anglash uchun shu tanlash mezonlarini aniqlab olish zarur.
G’oyalarni saralashda shaxs foydalanadigan mezonlarning eng
muhimlaridan biri, saralab olinayotgan g’oyaning yoki maqsadning shaxs,
millat, xalq yoki jamiyat manfaatlariga, ehtiyojlariga, qurilmalariga,
e`tiqodiga mosligidir. Bu hodisalar, ya`ni manfaatlar, ehtiyojlar, e`tiqodlar
va ularning g’oyalar bilan o`zaro aloqadorligi murakkab. Buning ustiga b
muammo jahon fanida ham kam o`rganilgan. Mamlakatimiz psixolog
olimlari bu muammo ustida endi bosh qotira boshladlar.
Muammoning murakkabligini hisobga olib biz uning faqat bir jihati,
ya`ni g’oyalar va e`tiqod aloqadorligi to`g’risida fikr yuritmoqchimiz.
34
e`tiqod shaxs ongida juda muhim o`rin tutadi, insonning hayot yo`nalishi,
hayot tarzi, intilishlari uning shaxsiy e`tiqodi bilan belgilanadi.
Inson ongiga yo`l topayotgan g’olar ham mana shu e`tiqod
chig’irig’idan o`tkaziladi. e`tiqodga mos kelmaydigan g’oyalar rad etiladi.
Lekin, g’oya va e`tiqod aloadorligi faqat bir tomonlama jarayon emas.
Ularning aloqadorligi faqatgina e`tiqodning nazoratchiligi, g’oyalarni
o`tkazishi bilan cheklanmaydi. Shunday holatlar ham bo`ladiki, inson
ongiga kirib kelayotgan g’oya undagi e`tiqodni mustahkamlaydi yoki
bo`shashtiradi, ba`zan esa shu g’oyaning o`zi e`tiqodga aylanadi.
Mustaqillik qo`lga kiritilgach, mamlakatimizda keng qamrovli
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar boshlandi. Bu islohotlar jarayonida mulkni
davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, ijtimoiy-siyosiy hayotni
erkinlashtirish singari ko`plab tadbirlarni amalga oshirishga kirishildi.
Islohot ijtimoiy ruhiyat sohasida ham amalga oshirila boshladi. Bu
sohadagi eng muhim vazifa odamlarni mustaqil fikrlashga o`rgatish edi.
Buning uchun esa ularni sobiq sho`rolar tuzumi qoliplaridan,
boqimandalik, o`zibo`larchilik kayfiyatidan, yot va begona g’oyalarga
bo`lgan e`tiqoddan xalos qilish kerak edi. Bu yo`nalishda muayyanishlar
amalga oshirildi. Biroq bu jarayon mamlakatimizda milliy istiqlol
g’oyasining asosiy tushunchasi va tamoyillari shakllanishi bilan o`zining
yakunlovchi pallasiga kirdi. Chunki, tabiatda bo`lmagani singari inson
ongida ham mutlaq bo`shliq bo`lmaydi. Sobiq totalitar tuzum sarqitlarini
inson ongidan supurib tashlash uchun kuchli ma`naviy qurol kerak.
Bunday qurol vazifasini faqat milliy istiqlol g’oyasi bajarishi mumkin.
Chunki, hayotbaxsh g’oya bilan qurollanmay turib, eski g’oyalar ta`siridan
to`la qutilish mumkin emas. Shunisi ham borki, milliy istiqlol g’oyasidan
35
jamiyat a`zolarining ko`pchiligi xabardor bo`lishi eski tuzum sarqitlarini
supurib tashlash uchun kifoya qilmaydi. Milliy istiqlol g’oyasi ishonch va
e`tiqodgaaylangandagina eskilik sarqitlarini supurib tashlashi mumkin.
SAVOLLAR:
1. Sho`rolar davrida Milliy qadriyatlarimizga qanday munosabatda bo`ldi?
2. Globallashuv deganda nimani tushunasiz?
3. Globallashuvga berilgan ta`riflarga misollar keltiring.
4. Globallashuv jarayonini chetlab o`tish mumkinmi?
ADABIYoTLAR:
1. O`zbekiston Respublikasi Konstituciyasi. T.: “O`zbekiston”, 2003.
2. Karimov I.A. O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-
jild. T.: “O`zbekiston”, 1996.
3. Karimov I.A, Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi. 5-jild. T.:
“O`zbekiston”, 1997.
4. Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo`lida. 6-jild. T.:
“O`zbekiston”, 1997.
5. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T.:
“O`zbekiston”, 2001.
6. Milliy istiqlol g’oyasiga va mafkurasi: falsafiy va huquqiy jihatlar. T.,
2001.
7. Milliy istiqlol g’oyasini shakllantirishda tashkiliy – uslubiy
yondashuvlar. T.: “Akademiya”, 2002.
8. Milliy g’oya – bizning g’oya. T., 2001.
9. Milliy istiqlol g’oyasi targ’ibotining ilmiy asoslari. T., 2002.
36
4. MAVZU: G’OVIY IMMUNITETNI ShAKLLANTIRISh
XAVFSIZLIK VA BARQARORLIK OMILI.
REJA:
1. Mafkuraviy immunitet xavfsizlikning ma`naviy asosi.
2. Mafkuraviy immunitet.
3. G’oyaviy malikulyaciya.
4. Xavfsizlik va barqarorlik taxdidlar hamda mafkuraviy immunitet.
5. Mafkuraviy himoyaning xorij tajribasi namunalari.
1. Mafkuraviy immunitet xavfsizlikning ma`naviy asosi.
Mustaqillikning mustahkamlashning muhim shartlaridan biri bu
g’oyaviy tarbiyani kuchaytirishdan iboratdir. Bu borada kishilarimizda yot
va zararli g’oyalarga qarshi kurashish uchun mafkuraviy immunitetni
shakllantirish kishilar ongiga bir xil g’oyani zo`r berib tiqishtirish emas,
balki odamlarda oq-qorani ajratish zararli g’oyalarga qarshi hushyor va
ogoh bo`lish xususiyatlarini tarbiyalash demakdir. 1999 yil fevral`, 2004
yilning martidagi Buxoro va Toshkent shahrida sodir etilgan terroristik
voqealardan to`g’ri xulosa qilish muhim. Har bir davlat, jamiyatning
qudrati uning ichki xavfsizligi va barqarorligiga tayanadi. Ya`ni jamiyat,
millat o`z g’oyasida mustahkam tursa, ikkilanmasa, har qanday dushman
qo`llashi mumkin bo`lgan g’oyaviy tahdidlardan qo`rqmasa, bunday
millatni engish mumkin emas. Aksincha, jamiyat ichida g’oyaviy
parokandalik, bo`lishlar bo`lsa, dushmanlarga ularning yot mafkuralariga
yo`l ochib beradi. Bunday millatni engish mustamlaka qilish oson kechadi.
Mamlakatimizning
xavfsizligi
barqaror
taraqqiyoti
hech
bir
O`zbekistonlikni befarq qoldirmasligi kerak. Chunki ular o`z Vatanining
37
qanday mashaqqatli, azobli asrlarni o`tkazib, mustaqillikka erishganligini
yaxshi biladilar. Shunday ekan, har bir O`zbekistonlik millatidan, dinidan,
tug’ilgan joyidan kasbu yoshidan qat`iy nazar Vatan posboni bo`lishi
lozim. Demak, mamlakatimizning xavfsizligi uchun eng birinchi kafolat,
O`zbekistonliklarning milliy istiqlol g’oyasi atrofidagi jipsligidir. Ichki
tahdidlar o`z Vataniga, Vatandoshiga, Vatandoshlariga zarar etkazishga
qaratilgan. G’oya, fikr, xatti-harakatlardir. Nosog’lom mahalliychilik,
yondoshlarni mensimaslik, Vatandoshlarning haqqiga xiyonat qilish
ma`naviy elekraciya, odamlarni boy kambag’alga bo`lib muomala qilish
poraxo`rlik, korrupciya, qo`pollik, ashaddiy millatchilik, ortiqcha mol-
dunyoga hirs qo`yish, befarqlik, loqaydlik, o`zligini anglamaslik va boshqa
illatlar bilvosita ichki taxdidlar vazifasini bajaradi. Ular qancha keng
tarqalsa, O`zbekistonliklarning g’oyaviy birligiga shuncha ko`p zarar
etazadi, parokanda qiladi, hamjihatlik bo`lmaydi. G’oyaviy birligi mo`rt
millatning davlat xavfsizligi ham mo`rt bo`ladi.
Barcha zamon va makonlarda ma`naviyati kuchli ishonch va e`tiqodi
mustahkam millat bir jonu bir tan bo`lib, muamolarni tez va soz etgan
peshqadam bo`lgan. Mafkuraviy birligi ichidan yoki tashqaridagi buzilgan
millatlar esa, mag’lub bo`lib, mustamlaka aylangan. Mafkura bo`lmasa
odam, jamiyat, davlat o`z yo`lini yo`qotishi muqarrar ekanligini ko`rsatib
turadi.
2. Mafkuraviy immunitet
“Mafkuraviy immunitet” -falsafa; qomusiy lug’atida – ma`naviy
barkamol irodasi baquvvat, iymoni butun shaxsni tarbiyalashda, har
qanday reakcion, buzg’unchi xarakterdagi g’oyaviy tashabbuslarga
38
bardosh bera oladigan yoshlarni tarbiyalashda qo`l keladi, deyiladi.
Go`dak dunyoga kelganida, issiqdan, sovuqdan, tashqi lixonlik ta`sirlardan
o`zini xavfsiz qilish, saqlash, himoya qilishni bilmaydi.
O`zini o`zi himoya qilishning shartli reflekslari asta-sekin, ulg’ayish
davomida paydo bo`ladi. Natijada, balog’atga etgach, o`spirin o`zini
himoya qilishning barcha ko`nikmalariga ega bo`ladi.
“Immunitet” so`zining ma`nosi O`zbekiston milliy enciklopediyasida
quyidagicha berilgan: lot-biron narsadan xolos, ozod bo`lish, qutulish –
organizmning doimi ichki barqarorligi saqlash uning turli xususiyatlariga
va ta`siridan himoyalanishi, qarshilik ko`rsatishi, rezistentligi. Yot
omillarga bakteriya va ularning taksinlari, viruslar, zamburug’lar, sodda
jonivorlar, gel`mintlar, ko`chirib o`tkazilgan a`zo va to`qimalar,
organizmning o`zgargan o`z xo`jayralari va b.q. kiradi. Bu omillar
organizm uchun irsiy begona bo`lgan kimyoviy oinsylar – ontiginlarni
tutib qoladi.
Organizmni infekcion ogentlar va boshqa yot moddalardan himoya
qilish omillari tabiati bo`yicha uchga bo`linadi:
Birinchisi – filogenetik immunitet – anotomik va fizologik belgilar
bilan ta`minlanib, nasldan-naslga o`tadigan alohida himoya omillari yoki
organizmning alohida rezistentligi. Bu omillar potogen agentlar bilan
birinchi bo`lib aloqa qiladi, shuning uchun ularning faoliyati hisobiga
odam organizmning ko`pgina yuqumli kasallik qo`zg’atuvchilarga
chidamliligi ta`minlanadi.
Ikkinchidan Tug’ma immunitet – bir biologik turning ma`lum bir
agentga nisbatan chidamliliga bo`lib, nasldan-naslga o`tadi.
39
Uchinchidan orttirilgan immunitet – hayot davomida organizm
immun sistemasining yosh ontigenlar bilan ta`sirlashuvi hisobiga yuzaga
keladigan himoya bo`lib, nasldan naslga o`tmaydi. Mafkuraviy immunitet
ma`naviy-ma`rifiy, siyosiy, iqtisodiy bilimlarni oddiygina qabul qilib
olishini emas, balki ularni ongli ravishda tushunib etishni bu bilimlardan
zamonaviy ijtimoiy voqealarga mafkuraviy izdoshlar voqeligidan kelib
chiqib, munosabat bildirish ko`nikmalarni shakllantirish ayrim nosog’lom
g’oyalarga javob berish, uni qabul qilmaslik holatdir.
Milliy istiqlol g’oyalariga shaxsning ishonchi, mustahkam irodasi
uning mafkuraviy immuniteti manbai hisoblanadi. Bunday mafkuraviy
immunitetga ega bo`lgan, shaxs, yot mafkuralar ta`siriga berilmaydi,
chunki milliy istiqlol g’oyasi mafkuraviy immunitetni shakllantirishda
o`ziga xos imkoniyat va xususiyatlarga ega. Demak, mafkuraviy
immunitetni shakllantirish muayyan vaziyatda insonning o`zi xalqi, Vatan
manfaatlari birligidan kelib chiqib, yot g’oyalarga qarshi tura olish
malakalaridir.
3. G’oyaviy molikulyaciya.
Inson biror kasallikka chalinsa uni davolash mumkin. Millat
ma`naviyatining zaifligi, uning xarakteridagi xafsalasizlik, befarqlik,
g’ayrotsizlik, o`zaro ichki munosabatlarda aldamchilik, qo`pollik, johillik,
xudbinlik, yalqovlik va boshqa nuqsonlarda namoyon bo`ladi. Demak,
hozirgi o`zimizni barkaml qilishimizga to`sqinlik qilayotgan ma`naviy
jarohatlarimizni davolashimiz uchun masalaga aniq, ya`ni real milliy
xarakterni o`rganish va o`zgartirish omili sifatida yondashmog’imiz zarur.
G’oyaviy tortishuvlarda tahdid soluvchi ham, o`zini himoya qiluvchi ham
40
g’oyani ommalashtirish uslublaridan foydalanadi. Bu – mafkuraviy tarbiya
uslublaridir. Demak, qaysi tomonning engishini, pirovard natijada, ilmga
asoslangan targ’ibot engishini pirovard natijada, ilmga asoslangan
targ’ibot va tashviqot hal qiladi. Shu tariqa mafkuralar tortishuvi –
targ’ibot va tashviqotlar tortishuviga aylanadi, deyish mumkin.
Shu sababli – milliy istiqlol mafkurasi tom ma`nodagi milliy
mafkuraga aylanishi uchun qator talablarga javob berish zarur.
Shunday ekan, g’oyaviy manikulyaciyani mafkuraviy kurash, yot
mafkuralar tomonidan qo`llanilayotgan ta`sir texnologiyasining tarkibiy
qismi, deb atash mumkin. Ya`ni monikulyaciya odamni u yoki bu ishni
qilishga emas, balki shu ishni qilishga xohish istak uyg’otishga xizmat
qiladi.
G’oyaviy manikulyaciya jarayonlari qanday kechadi? Avvalo,
g’oyaviy manikulyator (da`vatchi) ta`sir o`tkazmoqchi bo`lgan odam,
tasavvurlarini o`zgartirishga olib keluvchi bilimlar bera boshlaydi.
Natijada, ob`ek (shaxs)ning dunyo qarashida qadriyatlari tizimida
da`vatchi monikulyator kutayotgan tartib paydo bo`ladi va etakchilik qila
boshlaydi. Bu esa shaxsning xulq-atvoriga ta`sir ko`rsatadi, shaxs o`z
xarakteridagi o`zgarishlarni sezmaydi va men to`g’ri yo`l tutayapman.
Chunki degan asosga ega bo`lib qoladi.
Shu o`rinda Preziden Islom Karimovning 80-yillarning oxirida
mamlakatimizda o`zini “do`st”, “dindosh” millatdosh qilib ko`rsatib,
go`yo islom dinining sofligi uchun kurashga da`vat etuvchi ayrim
kimsalar kirib keldi. Juda chiroyli da`vatlar bilan chiqib, ayrim yoshlarni
o`ziga mahliyo qilishga erishdi ham. Ular din niqobi ostida harakat
qilayotgan xalqaro terrorchilik harakatining bir to`dasi ekani oshkora
41
bo`ldi degan fikrlarini eslash o`rinlidir. Bu o`gitlar bizni nafaqat
ogohlikka, balki mafkuraviy kurash shaydosiga chorlamoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |