Buxoro va Xiva xonliklarida soliqlar qiyosiy tahlili
I Kirish
II Asosiy qisim
1 Mavzuning o'rganilishi
2 Mavzuning ahamiyati
3 Ikki davlatdagi soliqlar turlari
IIIXulosa
Buxoro va Xiva xonliklar tarixini I. Mo’minov “ Xorazimning qadimgi davirdan hozigi kungacha bo’lgan tarixi” ( 1976 –yil ). G’ulomovning “ Xorozimning sug’orish tarixi” , D. Alemova “O’zbekiston tarixi “ , O’zbekiston Milliy ensklapediyasi , A. Sagdullayev O’zbekiston tarixi II , R. Shamsutdinov va boshqa ko’plab asarlardan o’rganish mumkin .
Biz tarixdan saboq chiqarib yashaymiz uni yodlab emas. Chunki tarix bu xatolarni takrorlamaslik uchun xizmat qiluvchi fan. O`zbekiston uchinchi renesans ostonasida turibdi bu renesans esa albatta yoshlar tomonidan amalga oshiriladi. Uchinchi renesan xonliklar davrida nega amalga oshmadi bunga sabab o`ta cheklangan doirada fikrlaydigan hukmdorlar davlatni parokanda holga olib kelgan edi. Ular o`z manfaatlarini o`ylab xalq ustiga ko`lab soliq va majburiyatlarni yuklagan. Tabiiyki ko`lab soliqlar, qirg inlar, nizolar sabab o`zini zo`rg`a boqadigan xalq renesans qila olmasdi. Biz Xiva va Buxoroning soliq va majburiyatlarini o`rganar ekanmiz ular naqadar ko`pligidan hayratga tushamiz. Soliqlar va majburiyatlar o`z davrida 60 turdan 90 turgacha bo`lgan. XIX asrda Xivada soliqlar bir muncha kamayib 25 turni tashkil etgan. Soliqlarni tartib bilan olinishi faqatgina Shayboniylar davrida qat`iy nazorat qilingan.
Buxoro va Xivadagi asosiy soliqlar.
Xiroj- barcha xonlik va amirlik davrida asosiy soliq bo`lgan. Bu soliq xosildan tushgan daromadni 1/3 yoki 30% hisobida olingan. Parokandalik davrida soliq miqdori 40-45% gacha oshgan . Bu soliq xivada solg’ut deb nomlanadi 20 % gacha kamayib turgan Buxoroda faqatgina Shoxmurot davrida bu soliq 20 % ni tashkil etgan Abdulazizxon davrida o’zoro urishlar Xiva xonligi bosqinchiligi ichki zidiyatlar sabab xirojning miqdori 45% ni tashkil etgan edi . Ubaydillaxon II davrida umimiy soliqlar miqdori 4 barovarga oshgan edi .
(Buxoroda soliq yig’ish jarayoni )
Zakot – chorvadorlar va savdogarlardan molning 2,5 % miqdorida olingan . Bu soliq arablar tomonidan qanday joriy qilingan bo’lsa xuddi shunday olingan va o’zgarmagan .
Tamg’a – hunarmand va do’kondorlardan olinadigan olinadiga olinadigan maxsus soliq .
Taxti joy ( tagjoy ) – dastlab Buxoroda XVI asr 2 yarmida olina boshlagan soliq bo’lib molning 1% miqdorini tashkil etgan . Xivada bu soliq Oloqulixon davrida ancha rivojlangan .
Jizya – arablar davrida maxalliy aholini islom diniga o’tgazish uchun tashkil qilingan soliq xonliklar davrida chet el savdagorlarini maxsulotini 1\5 qismida olingan soliq edi . Bu soliq Shaybonilar davrida deyarli olinmagan lekin xonliklarda pulga muxtoj davrlarda joriy qilib turilgan .
Ixrojat – saroy xarajatlarini taminlash uchun yig’lgan soliq bo’lib bu soliq Buxoro Shaybonilari davrida birinchi marotaba shu nom ostida yig’ila boshlagan . Bu soliq amir Abdulaxadxon davrida juda ko’payib ketadi bunga sabab Abdulaxadxoning Peterburkga imperator xuzuriga doimo qatnashi Qirim va Kavkazdan saroylar sotib olishi sabab bo’ldi . Bu amir davrida xiroj solig’I ham kopayib 50% gacha yetgan .
Zobitona – Shaybonilar davrida hukumdorlar uchun olinadigan maxsus soliq .
Madadilashkar- Harbiylar uchun olinadigan soliq edi .
Shoxmirod davrida ursh kelib chiqan davirda maxsus jul solig’i qo’shin harajatlari uchun olingan . Xiva xonligida bu soliq yig’ilmagan faqatgina boshqa soliqlar miqtori oshirilgan .
O’z davrida yuqoridagi soliqlardan tashqari Kapsan , Dorig’ayimuzd ( hirmonlarni hatga olganlik uchun ) , Tanobona ( bog’lar va polizlardan olingan) suv, tegirmon , tomarqa , bog’ , savdo puli , do’kon puli kabi ko’plab soliqlar bo’lgan . Bu soliqlarni o’z vaqtida yig’ilishiga doimo etibor qilingan Buxoro xongida Devonbegi barcha soliqlar uchun masul bo’lsa amirlik davriga kelib bu vazifa Qo’shbegi qoliga o’tgan . Joylarda soliqlarni belgilash Amlokdor vazifasi edi . Ularni o’z vaqtida yig’ish esa Aminga yuklangan Qo’shbegida assosiy masuliyat bo’lib qaysi viloyatga qancha yig’ilishini belgilab bergan bunda hatolika yo’l qo’yilishi ko’ngilsiz holatlarga olib kelgan. 1885- 1888 , 1889, 1711 – yillardagi qo’zg’olonlar aynan soliqlar sabab bo’lib o’tgan .Xiva xonligida soliqlar uchumn Mehtar javobgar edi .
(XX asr boshlari Xiva savdogarlari )
Xulosa:
Buxoro va Xiva xonliklarini jahon mamlakatlaridan orqada qolishiga assosiy sabablardan biri sifatida aynan soliqlarni olishimiz mumkin o’zini – o’zi ko’p soliqlar sababli zo’rg’a boqayotgan xalq yangilikga deyarli intilmagan . Hunarmandlar uchun yangi uskunalarni olib kelish uchun ortiqcha mablag’ bo’lmagan shu sabab xonliklar qoloq davlatlarga aylangan .
Foydalanilgan adabiyotlar.
1 Usmon Jo'rayev «O'zbekiston tarixi»
2 I . Mominovning «Xorazimning qadimgi davirdan hozirgi kungacha bo'lgan tarixi»
3 www.arxiv.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |