-


Diniy ekstremizm, fundamentalizmning mohiyati



Download 36,02 Kb.
bet2/2
Sana21.02.2022
Hajmi36,02 Kb.
#26938
1   2
Bog'liq
DEO

Diniy ekstremizm, fundamentalizmning mohiyati
Diniy ekstremizm - baʼzi diniy tashkilotlar yoki ayrim dindorlarning jamiyat qonun-qoidalariga mos kelmaydigan mafkurasi va faoliyati. Diniy ekstremizm koʻpchilik dinlarda mavjud boʻlib, uning tarafdorlari oʻz oldiga siyosiy maqsadlarni qoʻyadi. Islom ekstremizmining aqidasiga koʻra, birinchidan, goʻyo barcha hozirgi zamon musulmon jamoalari islomiy tuslarini yoʻqotganlar va "johiliya" asri jamiyatlariga aylanganlar. Bunday yondashuv hukumat va uning olib borayotgan siyosatini keskin tanqid qilish uchun "asos" boʻlib xizmat qiladi. Ikkinchidan, goʻyo faqat "haqiqiy" musulmonlar hokimiyatga kelgach, barpo bo’lajak "islomiy tartib"ni o’rnatish uchun keskin va agressiv harakat qilmoqlari lozim. Bunday harakatning qonunga muvofiqligi masalasi ular tomonidan umuman oʻrtaga qoʻyilmaydi, zero, ular fakat shariatga (bu ham ularning tor talqinida) tayanib ish koʻradilar va oʻzlarini islomdan chekingan hokimni agʻdarishga go’yo haqli deb biladilar. Islom ekstremizmining "nozik" tomoni uning "din"ga (haqiqiy dinga emas) asoslanganidadir. Guruh rahbarlari oʻz qoʻl ostidagi aʼzolarining ongiga shu darajada taʼsir oʻtkazadilarki, ular hatto oʻzlarini qurbon qilishga, muayyan maqsad yoʻlida "shahid" yoki "kamikadze" boʻlishga tayyor turadilar. "Musulmon birodarlar" harakati (Misr, 1928) dan yetishib chiqqan Sayyid Qutb (1906—1965 yy) hozirgi zamon islom ekstremizmining gʻoyaviy asoschisi sifatida tan olingan. Uning "nazariya"siga koʻra, oʻzini musulmon deb hisoblovchilarning koʻpchiligi aslida musulmon emas, va umuman, barcha davlatlar islomga qarshidirlar. Demak, maqsad — islom davlatini barpo qilish va jamiyatni toʻligʻicha islomlashtirishdir.
Xristian dinining baʼzi sektalariga asoslangan koʻplab diniy ekstremistik harakatlar ham mavjud. Ayniqsa, "yahvechilar", "pyatidesyatniklar", "tashabbuskor baptistlar" umuman qonuniy hokimiyat va dunyoviy qonunlarni tan olmaydilar. Ularning fikricha, goʻyo cherkov davlatdan yuqori. Pyatidesyatniklarning baʼzi guruhlari esa oʻz tobelarini oʻta shafqatsizlik bilan ado etiladigan ibodatlarga zoʻrlaydilar, dunyo neʼmatlaridan voz kechib, tarkidunyochilik bilan yashashga daʼvat etadilar.
Diniy ekstremizm yoki ashaddiy aqidaparastlik turli koʻrinishlarda namoyon boʻlishi mumkin. Masalan, Olsterdagi "ultra" protestantlar, Yaqin va Oʻrta Sharqdagi "musulmon-birodarlar", Markaziy Osiyo va Kavkazda paydo boʻlgan vahhobiylar . Ular jamiyatga va qonunlarga deyarli bir uslubda qarshi kurash olib boradilar.
Diniy ekstremizm muayyan koʻrinishda Oʻzbekistonda ham paydo boʻldi. Islom ekstremizmi guruhi faoliyati natijasida 1997 yil dekabrda Namangan shahrida bir necha qotilliklar yuz berdi. Oʻtish davriga xos iqtisodiy qiyinchiliklar, xalqning diniy qarashlarga taʼsirchanligi va diniy urf-odatlarga moyilligidan foydalanib, ekstremistlar ochiqdan-ochiq kuch bilan Fargʻona vodiysida ijro va sud hokimiyatining ayrim vazifalarini oʻzlashtirishga harakat qildilar. 1999 yil 16 fevralda Toshkent shahrida yuz bergan voqealar diniy aqidaparastlarning asl maqsadi konstitutsiyaviy tuzumga zarba berish va hokimiyat tepasiga kelish ekanini koʻrsatdi. Diniy ekstremizmning Oʻzbekistonga tahdidini aqidaparastlikni yoyish orqali mavjud davlatga ishonchni yoʻqqa chiqarishga urinishda kuzatish mumkin. Ekstremistlar jamiyatda erksiz, mute, faoliyatsiz kishilar safini orttirish, "soxta" va "haqiqiy" dindorlik belgilari boʻyicha qarama-qarshilikni keltirib chiqarishni koʻzlaydilar. Ular oʻz maqsadlariga erishish uchun jangarilarni tayyorlashga ham harakat qildilar. Oʻzbekistonni Gʻarbga "islomlashtirilgan", Sharqqa esa, aksincha, "dinsiz", "daxriy" shaklda koʻrsatib, respublikaning xalqaro obroʻsiga putur yetkazish niyatida boʻldilar. Ular umuman islom sivilizatsiyasi bilan noislomiy sivilizatsiyalar oʻrtasida yalpi qaramaqarshilikni kuchaytirish kabi yovuz rejalarni tuzishdan ham qaytmadilar.
2000 yilning kuzida ekstremistlarning Oʻzbekistonga qurolli hujum uyushtirgani ularning Afgʻonistonda in qurib olgan xalqaro terrorchilar va narkobiznes bilan uyushib ketganidan dalolat berdi. Shu munosabat bilan Prezident Islom Karimov: "Bugun dinimizni asrash kerak, moʻmin-musulmonlarni ximoya qilish kerak. Lekin dinimizni, birinchi galda, oʻzini "chin musulmon" deb daʼvo qilayotgan ana shu yovuz kuchlardan, har qadamda "jihod" deb ogʻiz koʻpirtirib, din nomidan buzgʻunchilik qilayotgan qonxoʻr va qotillardan asrash kerak",— degan edi.
Islomda diniy, ijtimoiy va siyosiy masalalarga Islomning munosabati haqida uch asosiy oqim mavjud:Islom fundamentalizmi oqimining nomi «fundament» (asos, negiz, poydevor) so'zidan olinganligi uchun shunday nomlangan.
Fundamentalizm- ma'lum din vujudga kelgan ilk davrga qaytish, bu yo'l bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin degan fikrni ilgari suruvchilarning yo'nalishi.Islom fundamentalizmi oqimining tarafdorlari shunday fikrlaydilar: Tamoyillarni hozirgi davr taqozosiga moslab qayta talqin qilish mumkin emas. Bu fikr Islom modernistlariga qarshi fikrdir.
Islom fundamentalizmi oqimi tarafdorlari traditsionistlariga o'xshab, din va siyosatni bir deb tushunadilar, faqat ulardan farqli o'laroq Islom bilan millat manfaatlarini bir yoki yaqin deb tushundilar.
2) Islom traditsionalizmi oqimining nomi «Traditsiya» (an'ana, urf-odat, rasm) so'zidan olingan.
Islom traditsionalizmi oqimining tarafdorlari Dinda «ijtihod eshiklari yopiq» deb hisoblaganlar (Ijtihod — arabcha intilish, g'ayrat qilish, diniy va huquqiy masalalar bo'yicha mustaqil fikr yuritish tamoyili). Ular O'rta asr diniy aqidalariga izchil amal qilib, dinni har qanday isloh qilinishiga qarshi chiqqanlar. Ummatlarning barisi teng huquqli, ularni bir biridan ajratish mumkin emas, deb hisoblaganlar.Ular sotsializmga xos tenglikni «notabiiy tenglik» deb hisoblaganlar. Shuningdek kapitalizmdagi tengsizlikni ham tanqid qilib «Islomga xos tenglik»ni targ'ib qilganlar.
3) Islom modernizmi oqimining nomi «modernizm» — (zamonaviylashtirish, hozirgi zamon sharoitlariga moslashtirish, yangilik kiritish) so'zidan olingan.
Islom modernizmi oqimining maqsadi: hozirgi ijtimoiy hayot va ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga Islom ta'limotlarini moslashtirish.
Islom modernizmi dinda «Ijtihod eshiklari ochiq» degan tamoyilga amal qiladi.Modernistlar «g'aayriislom» olami bilan ham hamkorlik qilishni, hatto Islom va «g'ayriislom» madaniyatlarini biriktirishni ham yoqlab chiqqanlar.
Diniy ekstremizm- muayyan diniy konfessiya va tashkilotlardagi ashaddiy mutaassib, fanatik unsurlarning faoliyati mafkurasi.Fanatizm – o'z aqidasining shak-shubhasiz to'g'riligiga ishonib, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etgan holda ularni tan olmaslik, ularga qarshi urush ochishga olib boruvchi omil. U diniy ekstremizm va terrorizmga zamin tayyorlaydi.
Diniy ekstremizm va terrorizmning jamiyat barqarorligiga ko’rsatgan salbiy ta’siri mintaqamizda faoliyati kuzatilgan
Mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, dinlararo bag’rikenglik, millatlararo totuvlik hamda hamjihatlik yurtimiz taraqqiyoti yo’lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning mustahkam asosi bo’lib xizmat qilmoqda. Lekin g’oyalar kurashi avj olgan XXI asrda dunyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo’lida hal etilishi zarur bo’lgan qator muammolarni yuzaga kelayotgani, kishilarning osuda hayotini izdan chiqarishga qaratilgan yangi shakldagi tahdidlarning kun sayin ko’payib payda bo’layotgani barchamizni ogohlik va hushyorlikka chorlaydi.
Markaziy Osiyo mintaqasi, xususan , O’zbekistonda asosan “ Hizb ut-tahrir ”, “ Turkiston islom harakati ” , “ Akromiylar ” , “ Nurchilar ” kabi diniy mutaassib guruhlarning faoliyati kuzatildi.
«Ҳизб ут-таҳрир» (Ҳизб ат-таҳрир ал-исломий – Ислом озодлик партияси) ташкилотига 1953 йили Тaқийиддин Набиҳоний (1909-1979) томонидан асос солинган. Оқим таълимотида демократия, конституция, сайлов инкор қилинган, сиёсий ҳокимиятни қўлга киритиш ҳамда халифаликка асосланган тузумни ўрнатиш баён этилган.
«Ҳизб ут-таҳрир» пирамида шаклида тузилган бўлиб, бу ташкилот фаолиятини конспиратив тарзда олиб бориш имконини беради. Ҳозирги кунда унга фаластинлик - Ато Абу Рушта (Абу Ёсин) етакчилик қилади. «Ҳизб ут-таҳрир» ташкилоти жиҳод ғояларини тарғиб қилиш баробарида, «ал-Қоида», «Ўзбекистон/Туркистон ислом ҳаракати» каби террорчи гуруҳлар учун «зомбилаштирилган» жангарилар етказиб бермоқда. 2004 йили Тошкент ва Бухорода амалга оширилган террорчилик ҳаракатларида «Ҳизб ут-таҳрир» аъзолари иштирок этгани амалда ўз тасдиғини топди.
«Ҳизбут-таҳрир» ташкилотининг фаолият услуби яширин гуруҳлар тузган ҳолда, тарафдорлар сонини кенгайтириш, диний-экстремистик мазмундаги варақалар тарқатиш бўлса, кейинги вақтда қўшни мамлакатларда «Ҳизб ут таҳрир» экстремистик ташкилоти аъзолари масжид ва аҳоли гавжум жойларда деярли очиқ тарзда халифалик қуриш ва конституциявий тузумни ағдариб ташлашга даъват билан шуғулланмоқда. Шунингдек, тарафдорлар сонини ошириш мақсадида ушбу экстремистик ташкилот хайрия тадбирлари ҳам ўтказмоқда.
« Туркистон ислом ҳаракати» 1996 йили ташкил топган. Ташкилотнинг ҳаракат дастури жиҳод йўли билан Марказий Осиёда «Буюк Ислом халифалигини» тиклаш, мазкур жараёнга Кавказ ва Россия Федерациясининг Волгабўйи республикаларини жалб қилишни назарда тутади. Гуруҳга Тоҳир Юлдашев (1967 йилда туғилган) етакчилик қилиб, «ал-Қоида» ва «Толибон ҳаракати» каби террорчи ташкилот раҳбарлари билан яқин алоқага эга.
«Туркистон ислом ҳаракати» гуруҳи жангарилари 1999 йили Тошкент шаҳри ва вилоятида, 2000 йили Тошкент ва Сурхондарё вилоятларида, 2004 йили Тошкент ва Бухорода, шунингдек, 1999, 2000 ва 2006 йиллари қўшни Қирғизистон, 2006 йили Тожикистон ҳудудида, 2005 ва 2009 йиллари Андижонда террорчилик ҳаракатлари амалга оширишда иштирок этган.
«Акромийлар» - 1996 йиллардан шаклланишни бошланган. Бу оқимга 1963 йилда Андижон шахрида туғилган Юлдашев Акром Сотволдиевич асос солган.
«Акромийлар» оқимининг асл ғояси – бу Исломий бошқарув шаклидаги давлат барпо этиш. Гарчи унинг ғоялари «Хизб ут-тахрир» ташкилотининг ғоялари билан ўхшаш бўлса-да, уларнинг фаолият йўналишлари ва услубларида кўплаб бир бирига тўғри келмайдиган холатлар мавжуд.
Жумладан, «Акромийлар» «Хизбут-тахрир» ёки «Жиходчилар» каби норасмий диний-экстремистик оқимларни бугунги кундаги мавжуд конституциявий тузумга қарши фаол харакатларини (варақалар тарқатиш, қўпорувчилик ёки шу кабиларни) қоралаб, уларни мақсадга етишишнинг нотўғри услубини танлаганликда ва амалга ошираётган ишлари ақлсиз равишда эканлигида айблашади. Уларнинг фикрига кўра, хокимиятга эришиш учун юқоридаги каби харакатларни амалга ошириш шарт эмас, балки босқичма-босқич ўз сафларини кенгайтириб, иқтисодий қудратини кучайтириб, хокимият, хуқуқни мухофаза қилувчи ва бошқа давлат идоралари ичига кириб, юқори лавозимларни тезроқ эгаллаш ва шу йўл билан ўз куч-қудратини ошириб бориш лозим
«Нурчилар» Туркиядаги диний оқимлардан бири бўлган “Нурчилар” жамоасининг асосчиси Туркиялик Саид Нурсий (1873-1960) ҳисобланади. “Нурчилар” ғоялари С.Нурсий томонидан ёзилган «Рисолаи нур» куллиётида ўз аксини топган. «Нурчилар»нинг асосий концепцияси қуйидагилардан иборат:
ислом давлат дини, деб эълон қилиниши ҳамда Қуръон Конституциянинг асоси бўлиши керак; дунёвий ҳукумат фақат ижро ва муҳофаза функцияси билан чегараланши лозим; ҳукуматнинг фаолиятини махсус диний уламолар кенгаши назорат қилиши лозим; давлат мусулмон дунёсининг таркибий қисмига айланиши ва христиан дунёси билан алоқаларини қатъий чегаралаши шарт. Бугунги кунда жамоа етакчиси Фатҳулла Гюлен исмли шахс ҳисобланади.
«Halifalik», «Islom davlati», «Jihod» kabi shiorlarni ko'tarib chiqayotgan, dastlabki davrlaridagi Islomiy tartib intizomga qaytarmoqchi bo'lib, tarix g'ildiragini teskari aylantirmoqchi bo'lib yurgan vahhobiylar, hizbchilar dinni niqob qilib olib, vatanimiz mustaqilligini ko'ra olmayotganlarning hamda dinimiz dushmanlarining siyosiy maqsadlarini amalga oshirishda «jonbozlik» ko'rsatib vatanimiz xalqlari o'rtasida diniy ixtiloflar, nizolar ko'rinmaydigan qonli fuqarolar urushi girdobiga tortmoqchi bo'lib yuribdilar. Biz buni to'g'ri tushunishimiz, qalban xis etishimiz va unga qarshi qat'iy kurash olib bormog'imiz kerak.
Imom Burxoniddin Rabboniy Afg'onistonni Islom Respublikasi deb e'lon qilgan bo'lsada, u yerda o'n yillardan beri hokimiyat uchun, yuqori lavozimlar uchun kurashib, hammalari musulmon bo'lgani holda bir-birlarini qonini to'kib, birodarkushlik qilmoqdalar. Xalqi bir burda nonga zor bo'lib, butun dunyoni afg'on qoradori bilan ta'minlab kelmoqda. Eron o'zini Islom davlati deb e'lon qilgandan pushaymon bo'lib hozirgi kunda orqaga qaytib davlatni yana dunyoviy davlatga aylantirish paytida yuribdi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, xalqaro terrorizm barcha mamlakatlar taraqqiyotiga raxna solmoqda. Shuning uchun unga qarshi ommaviy kurash olib borishimiz kerak.

XULOSA
Xozirgi globallashuv sharoitida tinch- totuv yashayotgan xalqalar o’rtasiga nifoq solish,diniy bag’rikenglik muhitini barbod qilish va davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligiga raxna solish maqsadida axborot xurujlaridan ham keng foydalanilmoqda. Afsuski, axborot har doim ham ezgulikka , bunyodkor g’oyalarga xizmat qilmay, ayrim vayronkor siyosiy kuchlar , ekstremist va terrorchilar qo’lidagi qurolga aylanib borayotgani ayni haqiqat. Shu bilan birga bunday axborot xurujlarida islom diniga oid ayrim tushunchalarni buzib talqin qilish va diniy qadriyatlarni salbiy ma’noda ommasiga singdirishga urinish holatlari ham kuzatilmoqda. Bunday holat esa mutaassib kayfiyatdagi kishilarni ekstremistik va terrorchi kuchlar safiga qo’shilib qolishiga turtki bo’lmoqda.


Mafkuraviy jang maydonida inson qalbi va ongini zabt etishda diniy omilning o’rni beqiyos. Afsuski, bu omildan o’z g’arazli maqsadlari yo’lida foydalanishga intilayotgan kuchlar turli mintaqalardan turib insonlar, ayniqsa yoshlar onggini zaharlashga , o’z domiga ilingan kishilar orqali tinch davlatlarda beqaror vaziyatlarni vujudga keltirishga intilmoqdalar.
Mafkuraviy kurashlar avj olgan hozirgi zamonda Vatan, millat, din,madaniyat, milliy urf odatlarni saqlash , himoya qilish, ajdodlardan bizlargacha yetib kelgan milliy va diniy qadriyatlarimizni kelajak avlodga sof holida yetkazish barchamizning burchimizdir. Inson qaysi sohada bo’lmasin, o’zining kasb- kori , mehnat faoliyatidan kelib chiqib, bu ma’suliyatli vazifani sidqidildan amalga oshirish lozim. Zero, Vatan tinchligi va ravnaqi yo’lida hamma bir tanu bir jon bo’lib kurashsagina, yurt obod, sarhadlarimiz daxlsiz bo’ladi.

ТАНГИРҚУЛОВ АБДУРАШИД АБДУШУКУР ЎҒЛИ


Мавзу : Хитой ташқи сиёсатининг Марказий Осиё йўналиши

АНДИЖОН 2019 й



ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР РЎЙХАТИ.
Download 36,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish