Hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi. Davlat hokimiyati bir qo‘lda to‘planib qolmasligi uchun hokimiyatning uchta tarmog‘i – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini ajratib qo‘yish kerak. Ushbu hokimiyat tarmoqlarining har biri o‘z vakolati doirasida amal qiladi;
Sudning mustaqilligi. Sud, davlat hokimiyatining boshqa ikki tarmog‘i kabi mustaqildir. Boshqacha aytganda, sud faoliyatiga hech kimning aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning samarali ishlashi. Agar inson huquqlari va erkinliklari poymol etilsa yoki bunga tahdid mavjud bo‘lsa, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar unga yordam berishlari kerak. Ular bu huquq va erkinliklarni himoya qilishlari kerak;
Huquqiy madaniyatning yuksak darajada ekanligi. Huquqiy madaniyatning eng muhim ko‘rsatkichi jamiyatdagi huquqiy ong darajasidadir. Huquqiy ong – huquqqa munosabat, qonun talablarini bajarish zarurligini anglash darajasini ifodalaydigan huquqiy qarashlar yig‘indisi. Huquqiy madaniyat amaldagi qonunlarni bilishda, huquqni hurmat qilishda, huquqiy qoidalarga rioya etishda namoyon bo‘ladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |