amallarning ma`nosini tushunib, qaysi holda qaysi amalni qo‟llash mumkinligini bilib
oladilar. Arifmetik amallarni qo‟llashda murakkab masalalarni yechishga asta-sekin
Arifmetik masalalarni yechish orqali qurilishni, xo‟jalik va madaniyatini,
mamlakatning qurilish madaniyati, qishloq xo‟jaligi, ishlab chiqarish sohasidagi
Masalalar yechish orqali o`quvchilar yozma va og‟zaki hisoblash qobiliyatini,
murakkab masalalarni yechish orqali esa sonli formulalarni o‟zlashtirish qobiliyatini
16
Masala yechish ketma-ketligida quyidagilarni amalga oshirish lozim:
1. Masalani tanlashni o‟rganish va uni mustaqil o‟qiy olish.
2. Masalani dastlabki tahlil qilish, ma`lum noma`lumdan, muhimni
nomuhimdan ajratish, berilgan bilan izlanayotganlar orasida bog‟lanish o‟rnatish.
3. Masalani qisqa yozish malakasi.
4. Sodda masalalarni yechishda amal tanlashni asoslab berish va murakkab
masala tahlilini amalga oshirish, so‟ngra yechish rejasini tuzish.
5. Yechimni bajarish, uni o‟qituvchi talabiga mos qilib daftarga yoki doskaga
yozib masala savoliga javob berish.
6. Masala yechimini tekshira olish.
Masalan, 2-sinfda masalalarni turli xil yo‟l bilan yechish tavsiya etiladi. "Ikki
qishloqdan bir-biriga qarama-qarshi ikki o‟quvchi chiqdi. Birinchi o‟quvchi 4 km/s
bilan, ikkinchi esa 3 km/s bilan yurdi. Agar ikki o‟quvchi uchrashgunga 2 soat vaqt
o‟tgan bo‟lsa, bu qishloqlar orasidagi masofa qancha?" Bu masalani ikkita sonli
formula yozuvida berish mumkin.
x=(4+3)*2 va x=4*2+3*2
ikkalasini yechish orqali ko‟paytirishning qo‟shishga nisbatan qonuni
to‟g‟riligiga ishonch hosil qiladi.
"Nechta ko‟p va necha marta ko‟p", "Nechta kam va necha marta kam" kabi
gaplarning ma`nosini arifmetik amallarda qo‟llaydilar.
Masalalar yechishda eng avvalo berilganlar va izlanayotgan sonlar va ular
orasidagi bog‟lanishni aniqlash kerak.
Sodda masalalar yig‟indi, ayirma va qoldiqni topishga doir bo‟lishi mumkin.
1.Predmetlar to‟plamning yig‟indisini topishga doir.
2.Bir
narsadan
ikkinchisini
ayirganda
qancha
qolishga
doir.
3-4. Ayirmani bilishga doir.
17
a) bir narsa ikkinchisidan qancha katta;
b) biri ikkinchisidan qanchaga kam.
Sodda masalalarda berilganlar orqali izlanayotganini topish, aksincha izlangan
son orqali berilganini topish mumkn. Bunday amallar bajarishni o‟zaro teskari
amallar deyiladi.
1. O‟quvchi 4 ta qizil va 3 ta ko‟k bayroq tayyorladi. O‟quvchi qancha bayroq
tayyorlagan.
Masalada yig‟indini topish talab qilinadi.
1. O‟quvchi 7 ta bayroq, shundan 3 tasi ko‟k bayroq tayyorladi. Nechta qizil
bayroq tayyorlagan?
Masalada 1 -qo‟shiluvchini topish talab qilinadi.
2. O‟quvchi 7 ta bayroq tayyorladi, shundan 4 tasi qizil, bir nechtasi ko‟k
bayroq, qancha ko‟k bayroq tayyorlandi.
Masalada ikkinchi qo‟shiluvchini topish talab qilinadi.
Ko‟paytirishga va bo‟lishga doir ham o‟zaro teskari masalalar tuzish mumkin.
Sodda masalalarni yechishda murakkabligiga qarab quyidagilarga bo‟lish mumkin.
a) masalalarni o‟zlarining malakalari bilan yechiladigan masalalar;
b) sodda fikrlash bilan yechiladigan masalalar;
v) mazmunida "nechta ko‟p", "nechta kam" savollarini o‟z ichiga oladigan
masalalar.
Do'stlaringiz bilan baham: